Ijtimoiy psixologiya



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Etologik yondashuv. 
Nobel mukofoti laureati mashhur etolog 
K. Lorens agressiyaga nisbatan evolutsion yondashuv tarafdoridan 
biri bo‘lgan va uning bu pozitsiyasi Freydning pozitsiyasi bilan 
o‘xshash ekanligini namoyish qilgan. K. Lorens ta’limotiga ko‘ra, 
agressiya insonlarga va boshqa tirik jonzotlarga xos bo‘lgan hayot 
uchun kurash tug‘ma instinktidan kelib chiqqan.
U bu instinkt uzoq evolutsiya davrida rivojlangan, deb taxmin 
qilgan bo‘lib, uning uchta muhim vazifasini ajratib ko‘rsatadi. 
Birinchisi, hayot uchun kurash instinkti turli xil biologik tur va- 
killarini dunyo bo‘ylab katta geografik kengliklarga tarqatib yu- 
boradi, bu esa oziq-ovqat resurslarining maksimal sarflanishini 
ta’minlaydi. Ikkinchidan, agressiya biologik turning genetik fondi 
yaxshilanishini ta’minlaydi, chunki faqat eng kuchli va quvvat- 
li individuumlargina o‘zidan avlod qoldira oladi. Uchinchidan
kuchli tur vakillarigina o‘zini himoya qila oladi va avlodining 
tirik qolishini ta’minlay oladi.
Freyd instinktiv agressiv energiyaning qanday yig‘ilishi va 
tarqab ketishi haqida aniq bir fikrga kelmay turgan bir palla- 
da, K. Lorens bu muammo yuzasidan aniq bir to‘xtamga kelib 
bo‘lgan edi. Uning fikricha, yashash uchun kurash instinkti bilan 
yo‘g‘rilgan agressiv energiya organizmda uzluksiz ravishda ay- 
lanib yuradi, borgan savin to‘planib boraveradi. Demak, agressiv


energiyaning hajmi qancha ko‘p boisa, uning tashqariga «otilib 
chiqishi» uchun shunchalik kam kuchga ega boigan stimul (ba- 
hona) kerak boiadi.
K. Lorens nazariyasining qiziqarli jihati shundaki, u o‘z naza- 
riyasida inson boshqa jonzotlardan farqli oiaroq o‘z turiga man- 
sublarga qarshi zulm o‘tkazishi holatlarining keng tarqalganli- 
gini ta’kidlab ko‘rsatadi. Uning fikricha, barcha tirik jonzotlarga 
yashash uchun kurash instinktidan tashqari o‘zining barcha 
xohish-istaklarini bosa olish imkoniyati berilgan; bu imkoniyat 
ularning oijalariga qay darajada jiddiy talofat yetkazish yoki yet- 
kazmaslik xohishlari bilan o‘zgarib turadi. Shunday qilib, tabiat 
tomonidan boshqa jonzotlarni oidirish uchun barcha zarur ash- 
yolar (epchillik, uzun tirnoq va o‘tkir tishlar) bilan ta’minlangan 
yirtqich sher va yoibarslar o‘z turi vakillariga tajovuz qilishning 
oldini oluvchi ushlab turuvchi omillarga egadir. Lekin ularga nis­
batan ancha zaif boigan insonlarning o‘z tug‘ma ehtiyojlarini 
ushlab turuvchi omillari yetarli darajada kuchli emas. lnsoniyat 
tarixining muqaddimasida erkak va ayollar o‘z qabiladoshlariga 
qarshi agressivlik ko‘rsata turib, tish va mushtlarini ishga sol- 
ganlar va bu hoi u qadar qo‘rqinchli tuyulmagan, chunki ular­
ning bir-biriga jiddiy jarohat yetkazish ehtimoli u darajada yuqori 
emas edi.
lnsoniyat taraqqiyoti texnik taraqqiyot bilan uyg‘unlashishi 
natijasida inson ommaviy qirg‘in qurollarini yaratdi, uning o‘z 
xohish-istaklarini qondirishga bunday holatda intilishi insonning 
tur sifatida yo‘qolib ketish xavfini vujudga keltirdi. K. Lorens 
tarixda jahonga hukmronlik qilish istagida boigan buyuklarning 
butun bir millatlarning qirilib ketishini istaganligini o‘z oldiga 
maqsad qilib qo‘yishi — aynan inson zo‘ravonligi agressiyaning 
oldini oluvchi tug'ma ushlab turuvchi omillardan ustunlik qila- 
yotganligi sifatida tushuntiradi.
K. Lorens ham xuddi Freyd kabi agressiyadan qutulib boimaydi 
deb hisoblasa-da, agressiyani susaytirish yoki nazorat qilish mum­
kin degan fikrni yoqlagan. U agressiv energiyaning xavfli dara-


jagacha yetishining oldini olish va bu orqali zo‘ravonlik holatlarini 
kamaytirishi mumkin, deb taxmin qilgan.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin