Ijtimoiy psixologiya


bujarayonda shaxslar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni o‘rganish



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

bujarayonda shaxslar o‘rtasida kechadigan munosabatlarni o‘rganish
ijtimoiy psixologiya uchun dolzarb muammolardan biri bo‘lib, bunday
munosabatlar sirasiga shaxs xulq-atvoriga tegishli bo‘lgan ...
a) 
altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, diskrimi­
natsiya kiradi


b) agressiya, tolerantlik, stigma, diskriminatsiya, manfaatni 
ko‘zlash, empatiya kiradi
c) altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma, ijtimoiy 
m e’yortivlar kiradi
d) manfaatni ko‘zlash, empatiya, ijtimoiy me’yortivlar tashkil 
etadi
2. Qaysi olim o‘zining kitobida yaxlit bir millatlar va xafqlar
taqdiriga aloqador bo‘lgan voqealarni, egoizmning jiddiy ta’sirini
ko‘rsatib o‘tadi?
a) Patrik Byukenen
b) V.G.Ananev
c) Djon Makleodlar
d) G.L. Bardiyer
3. Gedonizm — bu ...
a) insonning o‘z fikr-o‘ylari, manfaatlari doirasida qotib qol- 
ganligi, buning oqibatida atrof-muhitga va odamlarga oid bilim- 
larini hamda o‘zgalarga munosabatini o‘zgartira olmasligi
b) shaxslararo munosabatlar tizimida uchraydigan shaxsga te- 
gishli yana bir xulq-atvor turidir
c) shaxs va uning xulq-atvor motivlarida birgina istak — ni- 
madandir lazzatlanish, qoniqish olish va o‘zidagi ichki ruhiy iz- 
tiroblardan xoli bo‘lishga intilish ustuvorligi
d) o‘zgalarning xulq-atvori, e’tiqodlari va qadriyatlarini erkin 
qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o‘zgalarning 
turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ularini bildiradi


SH A X SLA R A R O M U N O SA BA T L A R D A SH A X S
A G R ESSIV LIG I M U A M M O S I
Agressiya tushunchasi
Shaxslararo munosabatlarda namoyon boiuvchi xulq-atvor 
tiplaridan biri, bu — agressiyadir. Inson agressiyasini o‘rganish 
serqirra mavzu boiib, u ushbu fenomenning asl mohiyatini 
ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini o‘ziga tortib 
keladi.
Oddiy kundalik hayotda agressiya — zo‘ravonlik yoki raqibni 
yengish uchun vosita sifatida qoilaniladi. Agressiya — kishilar 
o‘rtasidagi turli kelishmovchilik oqibatida kelib chiqadigan har 
qanday xulq-atvor modellaridan biri boiib, u shunday atama- 
ki, unga oid mulohazalar nafaqat psixologlarni, balki sotsiolog, 
huquqshunos, pedagog, faylasuf, qisqasi, ijtimoiy soha xodim- 
larining barchasini birdek qiziqtiradi. Agressiya tushunchasining 
o‘ziga izoh berish qator qiyinchiliklarni tug‘diradi, chunki, bu 
termin ko‘plab xatti-harakat shakllarini o‘zida qamrab olgan. 
Odamlar biron-bir kimsani agressiv shaxs sifatida tavsiflagan- 
larida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi, badfei, barcha narsani 
o‘zi istaganidek qilishni istaydigan, o‘z g‘oyalarini qat’iy himoya 
qiladigan, yechimi yo‘q muammolar girdobiga o‘zini giriftor qila- 
digan inson, deb ta’riflashlari mumkin. Agressiyaga nisbatan be- 
rilgan bunday ta’rif to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini bilish uchun bu tu- 
shunchaga oydinlik kiritish lozim.
Agressiyaga aloqador eng birinchi va balki eng mashhur naza- 
riy tushunchaga asosan bunday fei-atvor o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p 
jihatdan instinktivdir. Bu yondashuv juda keng tarqalgan boiib, 
unga ko‘ra insonda genetik va konstitutsional jihatdan shunday 
harakatlar «programmalashtirilgan»ligi tufayli uning xulq-atvori- 
da agressiya sodir boiadi.
Insonning agressiv xatti-harakatlarga moyilligini turlicha 
tushuntirishga qaratilgan nuqtayi nazarlar ichida eng mashhuri


U. Makdaugoll, Z. Freyd, G. Marrey va boshqa olimlarning «inson 
va hayvonlarda agressiyaning tug‘ma instinkti mavjud bo‘ladi» de- 
gan qarashlaridir. Agressiv xulq-atvor haqidagi fikr-mulohazalar 
XX asr boshlarida yuzaga keldi. Bu nazariya agressiya haqidagi 
dastlabki nazariya bo‘lib, unda agressiyaning sababi frustratsiya 
nazariyasi bilan bog‘liq ravishda tahlil etilgan. Unga ko'ra agres- 
sivlik frustratsiyaning oqibatidir. Bunday qarash birinchi marta 
D. Dollard tomonidan ilgari surilgan. Ammo ushbu nuqtayi nazar 
amaliyotda o‘z tasdig‘ini topmadi. Agressiv xulq-atvor xususidagi 
ikkinchi nuqtayi nazar L. Berkovichning ijtimoiy bilish nazari- 
yasida keltiriladi. Unga ko‘ra, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat 
davomida vujudga keladigan to‘siq shaxsda agressiv xatti-harakat- 
larni hosil qiladi. Nihoyat, agressiv xulq-atvorning kelib chiqish 
sabablari haqidagi eng zamonaviy nuqtayi nazar bilishning kog­
nitiv nazariyasi bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Bu konsepsiyada 
agressiv harakatlar quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida baho- 
lanadi:
1. Subyektning o‘z agressiv xulq-atvorini ijobiy deb bahola-
shi.
2. Frustratsiyaning mavjudligi.
3. Affekt yoki stress tipidagi emotsional qo‘zg‘alishning 
kuchliligi.
R. Kratchfild va N. Livson agressiyaning bir-birini inkor etmay- 
digan ikki xil tavsifini ishlab chiqqanlar. Birinchisi, xulq-atvor­
ning tashqi alomatlariga asoslanadi va unga ko‘ra «Agressiya kim- 
gadir ziyon yetkazuvchi xulq-atvorning har qanday ko‘rinishidir». 
Ikkinchisi, odamning ichki niyatlari bilan bog‘liq bo'lib, insonni 
harakatga undovchi kuchlarni o‘rganish bilan anglash mumkin 
boigan holatlar bilan mushtarakdir, ya’ni, «Agressiya boshqa bir 
insonga ziyon yetkazishni maqsad qilib olgan har qanday xatti- 
harakatdir». Agressiyaning yuqorida zikr etilgan tavsiflariga mo- 
nand tushunchalarga tayangan ko‘plab psixologlar agressiyani 
jonli olamning yashash uchun kurash bilan bog‘liq uzviy tavsifsi 
deb hisoblaydilar.


Jozef Bass tomonidan taklif etilgan mulohazalardan biriga 
asosan, agressiya — boshqalar uchun xavf tug‘diruvchi va ularga 
ziyon yetkazuvchi har qanday fe’l-atvor ko‘rinishidir.
Bir qancha taniqli tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan 
agressiyaning ikkinchi m a’nosi esa quyidagini o‘z ichiga ola­
di: u yoki bu harakatlar agressiya sifatida kvalifikatsiyalanishi 
uchun ular kimnidir oxir-oqibat xafa qilish yoki haqoratlashga 
olib kelishi shart emas, balki xafa qilish va haqoratlashni maqsad 
qilib qo‘yish ham agressiyadir. Va nihoyat uchinchi nuqtayi nazar 
N. Zilman tomonidan bildirilib, unga ko‘ra agressiya — boshqalar- 
ga tan jarohati va jismoniy jarohatlar yetkazish demakdir.
Agressiya tushunchasini talqin qilishdagi kelishmovchiliklar- 
ga qaramasdan, ijtimoiy fanlar sohasidagi ko‘plab mutaxassislar 
uning ikkinchi nuqtayi nazarda bayon etilgan ma’nosini 
ma’qullashga ko‘proq moyillik bildiradilar.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin