m e’yor mavjudligi pozitsiyasidan kelib chiqadi, shuning uchun
u fikrlarning ko‘p bo‘lish imkoniyatini rad etadi va har qanday
fikrlar plyuralizmi, insonlarning turlicha
nuqtayi nazarlarini
xatolik, adashish va hatto atayin qarshi chiqish deb baholaydi.
Tolerantlik shuningdek, shaxsning suhbatdoshi bilan ma’lum
vaziyat ustidan turlicha fikrlar bildirish imkoniyatini ham ang-
latadi, kognitiv «nizo» shaxslararo nizoga olib kelmaydi.
Tolerantlikning EMOTSIONAL komponenti.
Tolerantlikda empatiyaning ahamiyati beqiyos va bu fikrni
deyarli barcha tadqiqotchilar ma’qullagan. Tolerantlikning
emotsional tashkil etuvchisining
ahamiyati shundaki, aynan
shu o‘lchov kommunikativ jarayonda suhbatdoshlarni o‘zaro
umumiylikka erishishlari, uzilgan insoniy aloqalarni tiklash-
lari imkonini beradi. Bundan tashqari empatiya suhbatdoshlar
o‘rtasidagi kognitiv yoki xulq-atvor
tekisligida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki yum-
shatish imkonini beradi. To‘liq empatiya bebaho va bu ma’noda
mazmunan tolerantdir. Emotsional komponentning alohida
tashkil etuvchisi sifatida emotsional barqarorlikning o'ziga xos
ko‘rinishi — «affektiv tolerantlikni» aytish mumkin. Lining
mazmuni emotsional tolerantlikni, og‘riqli
hislarni sabr bilan
yengish va hokazo. Tolerantlikning ushbu ko‘rinishining boshqa
bir aspekti o‘zga kishining turli emotsional ko‘rinishlariga sabrli
munosabatda bo‘lishi bilan bog'liq. Rivojlangan affektiv tole
rantlik insonga shaxsiy emotsional jarayonlari bilan bir qatorda
boshqa insonlarning his-hayajonlarini yaxshiroq anglashga,
asabiylashmay va ulardan yomon ma’no
izlamay qabul qilishga
yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: