Shaxslararo munosabatlarda agressiv xulqning
namoyon bo‘lishi
L. Berkovits (1968, 1981, 1995) va boshqa tadqiqotchilar bun
day stimullar qatoriga qurol kirishini aniqlashdi. Tajribalar-
ning birida o‘yinchoq qurol o‘ynagan bolalar o‘yindan so‘ng
boshqalar kubiklardan qurgan uychani osongina buzib tashlash-
gani kuzatilgan. Yoki yana bir tajribada Viskoniya universiteti
talabalari ko‘z oldilarida qurol turganda (ularning nazarida bu
qurol oldingi tajribadan so‘ng tasodifan unutib qoldirilgan edi)
o‘z «dilozor»lariga ko‘proq kuchlanishli tok yuborishgan. «Ta
sodifan unutib qoldirilgan predmet»lar qurol emas, tennis raket-
kasi bo‘lganida esa tokni kamroq yuborishgan. AQSHda sodir
bo‘layotgan qotilliklarning teng yarmi shaxsiy qurol orqali amalga
oshirilishini bilganda, L. Berkovits unchalik lol qolmadi. Statis-
tik ma’lumotlarga qaraganda uyda qurol saqlansa, u qachondir
otiladi va qandaydir begona kishi emas, balki atrofdagi tanishlar-
dan birovi jabrlanadi. «Qurol nafaqat jinoyat sodir qilishga imkon
beradi, — deydi L. Berkovits, — balki u jinoyat sodir qilishga un-
dashi ham mumkin. Barmoq tepkiga talpinadi, shuningdek, tepki
ham barmoqqa talpinadi».
Bu tushuncha agressiyani emotsiya, motiv yoki ko‘rsatma si
fatida emas, balki xulq-atvor modeli sifatida ko‘rishni taqozo eta-
di. Bu muhim fikr ko‘plab chalkashliklarni tug‘dirdi. Agressiya
termini ko‘p hollarda g‘azab kabi negativ (salbiy) his-tuyg‘ular
bilan, haqorat qilish va ziyon yetkazish kabi motivlar bilan, hatto
negativ ko‘rsatmalar sirasiga kiruvchi irqiy va etnik xurofot bi
lan assotsiatsiyalanadi. Bu omillar natijasi zarar yetkazish bo‘lgan
xulq-atvorda albatta muhim rol o‘ynashiga qaramay, ular bunday
harakatlar uchun asos b o ia olmaydi. G ‘azab boshqalarga tajovuz
qilish uchun aslo zaruriy shart bo‘lib hisoblanmaydi, boshqacha
qilib aytganda, ayrim holatlarda agressiya o‘ta sovuqqonlik ho-
latida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgani kabi, o‘ta kuchli hayajon
holatida ham paydo boiishi mumkin. Shuningdek, agressorlar-
ning ular tajovuz qilayotgan shaxslardan nafratlanishlari yoki
ularni yoqtirishlari umuman shart emas. Ko‘pchilik odamlar
o‘zlari yoqtirgan insonlarga zulm o‘tkazadilar.
Shunday qilib, hozirda ko‘pchilik tomonidan «Agressiya —
boshqa tirik jonzotga u buni istamagan vaziyatda haqorat yoki zi
yon yetkazishni maqsad qilib qo£ygan xulq-atvorning har qanday
shakli», degan tushuncha qabul qilingan.
Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligi-
dan kelib chiqib, mazkur xulq-atvorni o‘rganishda D. Bass to
monidan taklif etilgan konseptual ramkalar bilan chegaralanish
juda foydali ekanligi ayon bo‘ldi.
Uning fikricha, agressiv harakatlarni uchta shkalaga asoslan-
gan holda tasvirlash mumkin: jismoniy — verbal, aktiv — passiv va
to‘g‘ri — egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga ya-
qin kategoriyalarni berib, ko‘plab agressiv harakatlarni ular asosi
da tushuntirish mumkin. Masalan, bir kishining ikkinchisining
ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo‘ravonlik qilishi ham jis
moniy, ham aktiv, ham to‘g‘ri shkala sifatida kvalifikatsiyalanishi
mumkin.
Agressiyaning ijtimoiy ma’qul va assotsial agressiv xulq-atvor
turlari farqlanadi. Ijtimoiy ma’qul agressiya turida frustratsiya,
affekt, stress va nizo natijasida kelib chiquvchi zo‘riqish hamda
xavotirlanish ijtimoiy me’yorlarga mos keluvchi harakatlar orqali
hal qilinadi. Assotsial agressiv xulq-atvor jamiyatda qabul qilin-
gan me’yorlarga zid bo‘lgan harakatlarda namoyon boladi.
Dostları ilə paylaş: |