qiqotda shu narsa aniqlanganki, 14—17 yoshdagi o‘smirlarning jis-
moniy agressiyasi darajasi shaxsning o‘z-o‘zini umumiy baholash
darajasi bilan korrelyatsiya beradi. 0 ‘z-o‘zini baholash qancha
yuqori bo‘lsa, jismoniy agressivlikni namoyish qilishga bo‘lgan
moyillik ham shu qadar kuchli ifodalangan boiadi. Peshqadamlik
qobiliyatiga baho berish va o‘zining «jismoniy Men»ini baholash
kabi parsial o‘z-o‘zini baholash turlari ham agressiya bilan kor
relyatsiya qilishi m aium bo‘ldi. Shunday qilib, avtoritetlarga va
o‘rnatilgan qoidalarga qarshi yo‘naltirilgan xulq-atvor ko‘rinishi
ko‘p hollarda aynan o‘zining peshqadamlik sifatlarini, jismoniy
barkamolligini va go‘zalligini yuqori baholaydigan o‘smirlarga
xosdir.
Shu tadqiqotning verbal agressiyaning yuqori darajada
namoyon bo‘lishi peshqadamlik qobiliyatlarini yuksak baho-
lovchilarga xosligi ham aniqlandi. Undan tashqari verbal agressi
ya shaxsning o‘zidagi mustaqillik, avtonomlik sifatlarini hamda
intellekti darajasini yuqori baholash bilan ham bogiiq boiib
chiqdi. Shunday qilib, yuqori verbal agressiyaning ko‘rinishlari
shaxsning o‘z-o‘ziga katta baho berishi, ayniqsa, o^smirning
o‘zini eng avtonom, eng mustaqil, eng peshqadam boiishga
loyiq va eng intellektual rivojlangan, deb hisoblashi bilan ham
bogiiqligi ayon boidi.
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yana bir tendensiya ko‘zga tash-
lanadiki, agressivligi yuqori boigan o‘smirlar ko‘p hollarda eks-
tremal ravishda o‘z-o‘zini juda yuqori yoki juda past baholash
xususiyatiga ega. Noagressiv bolalarga esa o‘zini adekvat baholash
xarakterlidir.
Dostları ilə paylaş: