Ijtimoiy psixologiya


Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli



Yüklə 4,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/80
tarix14.12.2023
ölçüsü4,11 Mb.
#178362
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Ijtimoiy-psixologiya

Agressiv xulq-atvorning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli
Yuqoridagi mavzularni yoritish jarayonida shaxs shakllanishi- 
ga oila muhitining roli, ota-onaning farzandini tarbiyalashidagi 
yoki unga bo‘lgan munosabatlaridagi noto‘g‘ri xatti-harakatlari- 
ning salbiy ta ’sirlarini ko‘rsatib o‘tgan edik. Xuddi shuningdek, 
shaxsda agressiv xulqning shakllanishida ham oila muhitining 
o‘rni kattadir. O ta-onaning farzandi xatosiga nisbatan reaksi- 
yasi, ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, oiladagi 
garmoniya yoki disgarmoniya darajasi, qondosh aka-uka va 
opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri oilada va undan 
tashqarida bola agressiv xulq-atvorini belgilab beruvchi hamda 
uning balog‘at yillarida atrofdagilar bilan quradigan munosabat- 
lariga ta ’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Afsuski, ayrim oilalarda o‘z otasi yoki onasining mehr-oqi- 
batidan bebahra o‘sayotgan bolalar ham yo‘q emas. Ba’zi oilalarda 
esa ota-ona va farzand o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ijobiy 
psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir, albatta. Aksariyat ota- 
onalar o‘z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g‘amxo‘rlik, meh- 
ribonlik, sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o£rniga, 
kuch bilan, ayniqsa jismoniy jazo usuli bilan ta’sir o‘tkazadilar. 
0 ‘z navbatida bu kabi xatti-harakatlar bolalarda agressiv xulq- 
atvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi.
Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar soni ortib borayot- 
ganligi psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egal- 
lashiga sabab bo‘ldi. Bolalarda agressiv xatti-harakatlarning vu- 
judga kelishi murakkab va ko‘pqirrali jarayon boiib, unga ko‘pgina 
omillar o‘z ta’sirini o4kazadi. Agressiv xatti-harakatlar — oila, 
tengdoshlar guruhi, oilaviy axborot vositasi ta’sirida shakllanishi 
aniqlangan.
Bola agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy 
manbaga asoslanib to‘playdi:


1. Nosogiom oila muhiti. Ba’zi oilalarda ota-ona bilan far- 
zand o‘rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emas- 
ligi, farzandlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojaro- 
lar, nizolar, oilaviy hamohanglikning mavjud emasligi bolalarda 
agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi 
agressivlikning namoyon boMishi oilaviy muhitning ta’sir dara- 
jasiga bog‘liq hisoblanadi.
2. Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o‘z tengqur- 
lari bilan bo‘lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlar- 
ni o‘zlariga singdiradilar. Ko‘pgina hollarda bolalar tengdosh 
do‘stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o‘zlarini agres­
siv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o‘z 
tengdoshlari orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o‘zini 
xo‘rlangandek his qilib, o‘zi kabi agressiv bolalar guruhidan joy 
topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo tug‘dirmasdan qol- 
maydi.
3. Ommaviy axborot vositalari — bugungi kunda bolalarning 
agressivligini kuchaytirishga ta’sir etayotgan eng kuchli qu- 
roldir, degan fikr keyingi paytlarda ko‘pchilik tomonidan e’tirof 
etilmoqda. Shu o‘rinda oynai jahon orqali namoyish etilayot- 
gan turli jangari filmlar, ko‘rsatuvlar ham bolalarda agressiv 
xususiyatlarning tarkib topishiga ta’sir qilayotganligi mutaxas- 
sislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu borada internetning ta’siri 
ham o‘ziga xosligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Bolalar inter­
net orqali o‘zining >osh va psixologik xususiyatlariga mos kel- 
maydigan ma’lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni, agressi­
yani targ‘ib etuvchi, shakllantiruvchi turli xil o‘yinlarni o‘ynash 
orqali o‘zlarining ongosti sohasida agressiv xulqning shaklla­
nishiga sabab bo‘lmoqdalar.
Bir qator psixologlarning ta’kidlashicha, oiladagi iqlim, 
ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ota-ona bilan far- 
zand o‘rtasidagi munosabatlar, oilaviy hamohanglik yoki aksin­
cha kelisha olmaslik, opa-singillar, aka-ukalar bilan yaqinlik 
darajasi, farzand tomonidan qilingan noto‘g‘ri, yanglish xatti-


harakatlarga nisbatan ota-onaning agressiv reaksiyasi — oilada 
shakllanib kelayotgan agressiv xatti-harakatlarini kuchaytiruvchi 
yoki susaytiruvchi omillar hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga 
ko‘ra, AQSHda har yili uch mingdan besh ming nafarga yaqin 
bola o‘z ota-onasining ularga nisbatan qaratilgan shafqatsiz mu- 
nosabatlari natijasi qurboni bo‘lmoqda. Shuningdek, 16% bola 
aka-opalari tomonidan jismoniy jazo usuli: savalash, kaltaklash 
bilan jazolanmoqda. Aniqlanishicha, AQSHda o‘gay ota-onalar 
tomonidan bir yilda sodir etilgan jinoyatlar soni 400 tani tash­
kil etgan. Ular o‘z farzandlarining o‘limiga sabab bo‘layotganligi 
achinarli holdir.
Oilaviy munosabatlarga murojaat qilishdan avval shuni 
ta’kidlash zarurki, oilaga «to‘liq yoki noto‘liq» deb tavsif berish 
bolalar agressivligi bilan bog‘liqday tuyuladi. Bunday tavsif ay- 
nan agressivlikni shakllantiruvchi oilaviy sharoitni tashkil etuvchi 
oilalarni (ota, ona yoki ularning ikkalasi bola bilan bir uyda ya- 
shaydilar, ular o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri) kvalifikatsiya- 
laydi. Masalan, tadqiqotchilardan biri bo'lgan F.Getting qotillar 
ko‘p hollarda to‘liq bo‘lmagan oilalardan chiqqanini aniqlagan. 
Mak-Kartining fikriga ko‘ra, odatda kichkina qotillar «yoki tarti- 
bsizlik, jismoniy zo'ravonlik hukm surgan oilada yoki bir-birining 
his-tuyg‘ulariga befarqlik, bir-birini qo‘llamaslik va bir-birining 
taqdiri bilan qiziqmaslik hukm surgan oilalarda» ulg‘ayadilar. 
To‘liq va notoliq oilalardagi bolalar agressivligi o‘rtasidagi kor- 
relyatsiya haqidagi so‘z yuritish nimaga zarurligini yanada yaxshi 
tushunish uchun biz quyida bu bog‘liqlikni tushuntirib bera olu­
vchi oilaviy munosabatlarning o‘ziga xos bo‘lgan jihatlarini ko‘rib 
chiqamiz.
Bir necha tadqiqotlar «ota-ona — bola» juftligidagi negativ mu­
nosabatlar va bolaning agressiv reaksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
ko‘rsatgan. Agar bola (qaysi yosh guruhiga taalluqliligidan qat’i 
nazar) ota, ona yoki ularning ikkisi bilan ham yomon munosa- 
batda bo‘lsa, ota-ona uni nima uchun layoqatsiz deb hisoblashi- 
ni tushunmasa, ota-onaning qo‘llab-quvvatlashini his qilmasa,


bunday holda uning jinoyat yo‘liga kirib ketishi ehtimoli yuqori 
bo‘ladi; o‘zini boshqa bolalarga qarshi qo‘yadi; tengdoshlari uni 
agressiv bola deb hisoblaydi; u o‘zini ota-onasiga nisbatan agressiv 
tutadi. D. Shtaynmetsning fikriga ko‘ra, siyosiy doirada buyurtma 
asosida qotillik sodir etadiganlar yoki o‘z joniga qasd qiluvchilar- 
ning aksariyati farzand taqdiri bilan qiziqmaydigan yoki ajrashib 
ketib, bolaning taqdiriga befarq qaragan oilalardan chiqqanligi 
tasdiqlangan. Onalari bolaligida e’tiborsiz qoldirgan va o‘z ota- 
onasidan zarur mehrni olmagan qizlar o‘zlari ona bo‘lganlarida 
bolalarini jazolab tarbiyalash (masaian, urishish, baqirish, urish, 
kaltaklash)ga va o‘z agressiyasini aksariyat hollarda ularga so- 
chishga moyil bo‘lar ekan.
Bunday xulosalar to‘liq tan olinmasa-da, lekin xorij psixologlari 
tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatkichlariga 
asoslangan xulosalar sifatida diqqatni tortadi. Bizning o‘zbek men- 
talitetida xorijdan farqli jihatlar mavjudligi sifatida quyidagi mu- 
lohazalarni bildirish o‘rinli deb hisobladik. 0 ‘zbek muhitida ham 
ajrimlar noto‘liq oilalar yoki ota-ona mehriga to‘ymayotganlar 
mavjud, lekin o‘zbekchilikning ajoyib jihatlaridan biri sifatida bo­
laning qalbidagi bu kemtikni o‘zbekona mehr — boshqalarning 
(bobo-buvisi, tog‘a va xolalari, mahalladagi qo‘shnilar) mehri 
to‘ldirishi hisobiga va mamlakatimiz tomonidan yuritilayotgan 
bolaparvarlik siyosati tufayli xorijdagi kabi salbiy illatlarni keltirib 
chiqarmayapti.
Mashhur psixolog Freda Getting «Oiladagi agressiv bolalar- 
ni o‘rganish» bo‘yicha olib borgan maxsus tadqiqotining nati- 
jalariga ko‘ra, noto‘liq oilalarda o‘ta qahrli, qo‘pol, agressiv va 
shu bilan birga voyaga yetmagan jinoyatchilar kelib chiqayotgan- 
ligini alohida ko‘rsatib o‘tgan. Uning ta’kidlashicha to‘liq oila­
larda ham, notoliq oilalarda ham sog£lom yoki nosog‘lom oila- 
viy muhit mavjud bo‘ladi. Oiladagi doimiy janjallar, mojarolar 
oilada nosog‘lom muhitni vujudga keltiruvchi bosh omillardir. 
Nosog‘lom oila muhitida asosiy e’tibor o‘zaro ziddiyatlarga qara- 
tilganligi sababli bunday oilada bola tarbiyasi ko‘pincha tahdid


va jismoniy jazolashdan iborat bo‘ladi. Ruhan nosog‘lom oila 
muhitida tarbiyalanayotgan bolalar oiladagi doimiy ziddiyatlar- 
dan bezib, ko‘pincha ko‘chaga chiqib ketadilar. Ko‘chada bevaqt 
yurgan bolalarning aksariyati esa o‘zlari ham bilmasdan sodir 
etilgan jinoyatlarning ishtirokchilari bo‘lib qolmoqda. Bunday 
holat ularning ruhiyatidagi buzilishlar ta’sirida yuz bermoqda.
Ota-ona mas’uliyati bilan bolalar agressivligi o£rtasidagi 
bog‘liqlikning o‘ziga xosligini Bridjit Djons va uning hamkasblari 
tomonidan o‘tkazilgan tajribalar ham yaqqol ko‘rsatib bergan. 
Tadqiqotchilar laboratoriya sharoitida 15, 21 va 39 oylik bolalar­
ning onalari va boshqa bolalar bilan bo‘lgan munosabatlarini ku- 
zatadilar. Boshqa ko‘plab parametrlar qatorida bola yiglaganidan 
yoki ko‘tarishni so‘raganidan so‘ng ona uni qancha vaqtda qo‘liga 
olishi ham hisobga olinadi; bola tomonidan boshqalarga nisba­
tan yo‘naltirilgan agressivlik (masalan, qo‘li bilan urish, tishlash) 
qayd etilgan. Onasi qo‘lga olishga shoshilmagan bolalar, onasi 
yig‘laganda va chorlaganda tezda javob bergan bolalarga nisbatan 
o‘zini agressivroq tutishgan.
Oiladagi bolalar mushtlashuviga ota-onalarning aralashuvi- 
ning natijasini o‘rgangan Richard Felson, bola boshqa bolalardan 
ko‘ra ko'proq o‘zining ukasi yoki singlisiga nisbatan jismoniy va 
verbal agressiyani ko‘rsatishini aniqlagan.
Tadqiqotchilar agressiyaning rivojlanishida aka-uka va opa- 
singillar munosabatlarining muhimligini alohida ta’kidlaydilar. 
Bu ma’lumotlardan kelib chiqib, bir oila farzandlari orasidagi 
zo‘ravonlik barcha boshqa oilaviy munosabatlardan ko‘ra indi- 
vidning ijtimoiylashuviga ta’sir ko'rsatadi, degan xulosaga ke- 
lish mumkin. Djeyms Pattersonning yozishicha, «aka-uka va 
opa-singillar ularning hayotlarini buzuvchi jarayonda bir-biriga 
o‘qituvchidirlar». U oddiy bolalarning aka-uka va opa-singilla- 
ridan farqli ravishda agressiv bolalarning aka-uka va opa-singil- 
lari hujumiga qarshi hujum bilan javob qaytarishga moyilligini, 
bu esa jismoniy qarama-qarshilikning uzoq davom etib, eska- 
lyatsiya qilinishi ehtimoli oshishini aniqlagan. Oilaviy boshqaruv


xarakteri, ota-onalarning farzandini «to‘g‘ri yo‘lga solishi» yoki 
uning xulq-atvorni o‘zgartirishiga qaratilgan harakatlari ijtimoiy 
psixologlarning qiziqishiga sabab bo‘ladigan muammolardandir. 
Bu borada mutaxassislar uch xil tipdagi ota-onalarni ajratib 
ko‘rsatishgan:
1. Ba’zi ota-onalar bola tarbiyasiga kamdan kam aralasha- 
dilar: ular tarbiyalashda ongli ravishda aralashmaslik siyosatini 
qo‘llaydilar, ya'ni bolaga o‘zi istaganidek ish tutishga yo‘l qo‘yib 
beradilar yoki shunchaki unga hech qanday e’tibor qaratmay- 
dilar, bolaning fe’l-atvori to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida ham 
o‘ylamaydilar.
2. Boshqa bir ota-onalar esa bola tarbiyasiga tez-tez aralasha- 
dilar: ular bolani goh rag‘batlantiradilar (ijtimoiy me’yorlarga xos 
xulq-atvor uchun), goh jazolaydilar (qabul qilib bo‘lmas agressiv 
xulq-atvori uchun).
3. Ba’zi bir ota-onalar farzandini ongsiz ravishda agressiv 
harakatlar uchun rag‘batlantirib, aksincha jamiyatda qabul qi- 
lingan fe’l-atvor uchun jazolab qo‘yadilar. Bilib-bilmay amalga 
oshirilgan bunday mustahkamlash agressiv xulq-atvorning shakl- 
lanishini belgilab beradi. Oilaviy boshqaruv amaliyoti va bola- 
larning agressiv xulq-atvori o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishda 
tadqiqotchilar asosiy diqqatni ota-onalarning bolalar xulqini na- 
zorat qilishi, qattiqqo‘lligi va jazoning xarakteriga qaratadilar. 
Umumiy natijalar ota-onaning qattiqqo‘llik bilan bolani jazolashi 
va bolaning yuqori darajadagi agressivligi o‘rtasida bog‘liqlik bor- 
ligini ko‘rsatgan. Aksincha, ota-ona nazoratining sustligi esa ko‘p 
hollarda agressiv xulq-atvor bilan birga kechadigan yuqori dara- 
jali assotsiallik bilan korrelyatsiyalanadi.
Edvard Erons va uning hamkasblari agressiyaning bir qa- 
tor parametrlari va shakllanishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash 
yo‘lida longityud tadqiqotlar o‘tkazdilar. Ular tekshiriluvchi- 
lardan, ularning ota-onalaridan va tengdoshlaridan uch maro- 
taba ma’lumot yiqqanlar: 1-bor 3-sinfda sinovdan o‘tayotganda, 
2-bor 10 yil o‘tgandan so‘ng, keyin yana 22 yil o‘tganidan so‘ng.


Ularning tadqiqot natijalariga ko‘ra bolani jazolash va agressivlik 
o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqilganda quyidagi natijalar kuza- 
tilgan.
Birinchi tadqiqotda 800 dan ortiq 3-sinf o‘quvchilari ishtirok 
etgan. Bolalarning agressivlik darajasi birga o‘qimaydigan teng- 
doshlarining tavsifiga ko‘ra aniqlangan. Bunda bolalardan 
o‘zlari bilan birga o‘qiydigan agressiv (turtadigan, itaradigan) 
o‘quvchilarni sanab o‘tish so‘ralgan. Qattiqqo‘llik bilan berilgan 
jazoning ta’sirini o'rganish uchun ota-onalar bolalarining agres­
siv xulq-atvoriga nisbatan odatda qanday munosabat bildirish- 
larini belgilashi lozim bo‘lgan 24 savolga javob berganlar. Lo­
yal jazolarga o‘zini to‘g‘ri tutish va xulq-atvorini o‘zgartirgach, 
rag‘batlantirish, o‘rtacha jazolarga hayfsan va koyishlar, qattiq 
jazoga esa yuziga yoki boshiga shapaloqlab urish kabilar kirgan.
E. Erons va hamkasblarining aniqlashicha, ota-onalar tomonidan 
qattiq jazo oladigan bolalar tengdoshlari tomonidan agressivroq 
deb xarakterlanganlar.
Jazolarning ta ’siri uzoq muddatli hisoblanadi. 0 ‘sha bolalar 
bilan o‘tkazilgan keyingi tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 8 yoshligi- 
da bolaga nisbatan qattiqqo‘llik bilan qo‘llanilgan jazolar ular­
ning 18 va 30 yoshligidagi agressiv xulq-atvori bilan korrelyatsiya 
bergan. E. Erons va hamkasblarininig xulosasiga ko‘ra 8 yoshda 
qattiq jazolanganlarning ko£pchiligi 30 yoshda o‘z bolalariga nis­
batan agressivligini baholash bilan ijobiy korrelyatsiya qilingan.
D. Patterson va Stauthamer-Leber oilaviy boshqaruv xarakteri 
va bolalardagi assotsiallik o‘rtasidagi bogiiqlikni o‘rgangan. Tad- 
qiqotchilar 4, 7 va 10-sinfda o‘qiydigan 200dan ortiq o‘g‘il bola­
larning oiladagi munosabatlarini tahlil qilgan. Odatda, o‘g‘lining 
xulq-atvorini kuzatib bormagan va jazolashda nomuntazamlikka 
yo‘l qo‘ygan ota-onalarning farzandlari o‘zlarini assotsial ravishda 
tutishgan. D. Patterson va Stauthamer-Leber o‘z ishlari natijasini 
quyidagicha tushuntiradilar: «Assotsial bolalarning ota-onalari 
ularning vaqtini qanday o‘tkazishlariga, oshna-og‘aynilarining 
kimligiga va mashg‘ulotlarining qandayligiga befarq munosabatda


bo‘ladilar. Ular jazo sifatida farzandi xohlayotgan narsalarni man 
qilish, uning mayda xarajatlari uchun pul bermaslik kabi usul- 
lardan foydalanmaydilar. Mabodo bunga e’tibor berib qolsalar 
ham kolp hollarda aql o‘rgatish, urishish va po‘pisa qilishga borib 
taqaydilar; Nima bo'lgan taqdirda ham bunday do‘qlar samarali 
natijaga olib kelmaydi».
ljtimoiylashuv jarayonida bolalarni tarbiyalash vositasi si­
fatida jismoniy jazolarni qo‘llashning o‘ziga xos «xavfi» mav­
jud. Birinchidan, bolaga jazo beruvchi ota-ona ular uchun 
agressivlik namunasi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni jazolash kel- 
gusida agressivlikni provokatsiya qilishi mumkin. Ikkinchi- 
dan, m e’yoridan ko‘p jazolanadigan bolalar ota-onadan nari 
yurishga yoki ularga qarshilik ko‘rsatishga intiladilar. Agar 
ular jazolar ta ’sirida «egilmasalar», ularning ijtimoiylashuviga 
ko‘maklashishi m um kin bo‘lgan achchiq bo‘lmagan boshqa 
«dars»larni o‘qib olishlari amrimahol. Ustiga-ustak, agres­
siv munosabat oxir-oqibat bolani «haqiqatdan ham jazolani- 
shi zarur bo‘lgan favqulotda xulq-atvorni namoyish qiluvchi 
va ma’qullovchi odamlar» kompaniyasiga olib kelishi mumkin. 
Uchinchidan, agar jazo bolalarni qattiq hayajonlantirsa yoki 
xafa qilsa, ular jazolanishlarining sababini unutib qo'yishlari 
m umkin. Bu esa jamiyat tom onidan qabul qilingan xulq-atvor 
qoidalarini o‘zlashtirishiga xalaqit beradi. Nihoyat, o‘z xulq- 
atvorini shu kabi jiddiy tashqi ta ’sirlar natijasida o‘zgartirgan 
bolalar ularga uqtirilayotgan me’yorlarni o‘z tamoyillariga 
aylantirib olishlari am rim ahol, ya’ni ularni kim dir kuzatib 
turgandagina m e’yorlarga amal qilib, o‘zlari qolganda turli 
jinoyatlarni sodir etishlari mumkin. O ta-onalar shuni yaxshi 
bilishlari lozimki, berilayotgan qattiq jazolar boladagi istalmas 
xulq-atvorning tashqi namoyon bo‘lishini yashirishga majbur 
qiladi, xolos, lekin uni yo‘q qilmaydi.
Jazo ko‘p hollarda salbiy samara bersa-da, ba’zida u xulq- 
atvorni modifikatsiyalashtirishdagi foydali vosita bo‘lib xizmat 
qilishi ham mumkin. Tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki,


jazolar aniq prinsiplar asosida qo‘llanilsa, ular albatta xulq-at- 
vorning barqaror o‘zgarishini ta’minlashi mumkin. Jazo bevo- 
sita bolaning xulqidan kelib chiqishi va har gal bolaning nojo‘ya 
qilig‘idan so‘ng muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur. 
Nojo‘ya harakat va jazo o‘rtasidagi vaqt oralig‘i qisqa bo‘lishi ke- 
rak, chunki xatodan keyin darhol berilgan jazo ma’lum bir xulq- 
atvor modeli taqiqlanishi muhimligini anglatadi, kechiktirilgan 
jazo esa buning aksidir.
Jazo bilan qo‘rqitgan, lekin ularni amalda qo‘llamagan ota- 
onalar o‘z bolalarini ular bilan hisoblashmaslikka o'rgatadilar. 
Bolaga doimo buyruq beruvchi, lekin uni nazorat qilmaydigan 
ota-ona o‘zi bilmagan holda bolaga buyruq va po‘pisalarning 
hech qanday ahamiyatga ega emasligini o‘rgatadi. Jazo nomaqbul 
harakatdan keyin darhol qo‘llanilsa, uning samaradorligi yuqori 
bo‘ladi, ya’ni aniq bir xato uchun doimo bir xil jazo belgilanadi. 
Yomon xulq-atvor uchun bir gal jazo berib, keyingi gal hech qan­
day e’tibor qaratmaslik ham noto‘g‘ridir.
Eng ijobiy holat sifatida mutaxassislar bolaning jazolashga loyiq 
bo‘lgan salbiy xulq-atvoriga alternativ xulq-atvor taklif qilishni 
tavsiya etadilar. Ota-ona bolaga yoshligidan qaysi harakatlarni 
qo‘llash mumkin yoki mumkinmasligini tushuntirar ekan, uning 
boshqa xatti-harakatlarni, shu jum ladan, istalgan xatti-harakat- 
larni amalga oshirishda to‘siqlar qo‘ymagan bo‘ladi. Masalan, 
bola kattalarning gapini tez-tez bo‘lib turadi. Agar ota-ona unga 
tushuntirmay jazo bersa, bola unga gapirish man etilyapti deb 
o‘ylashi va tortinchoq bo‘lib o‘sishi mumkin. Ota-ona bolaga kat­
talarning gapini bo‘lish yaxshimasligini tushuntirib, bola ularning 
e’tiborini talab qilgan paytda unga javob berib borsalar, u bun­
day vaziyatlarda adekvat ijtimoiy ko‘nikmalarni namoyon qilishni 
o‘rganishi mumkin. Ba’zi ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan 
bolani vaqtincha izolatsiya qilish kabi protseduralar ham jazo 
turiga kirsa-da, jismoniy jazolardan farqli o‘laroq, ko‘p muammo 
tug‘dirmaydi. Bunday protseduralar gapga quloq solmaydigan va 
agressiv bolalarning xulq-atvorini modifikatsiya qilishda samarali


bo‘ladi. Bola o‘zini yomon tutganda, uni jim-jit xonada qisqa 
vaqtga yolg'iz qoldirishda unga nima sababdan uni vaqtincha 
izolatsiya qilishayotganligini aniq va ravshan tushuntirib berili- 
shi kerak. Bunday protsedura natijasida bola me’yoridan chetga 
chiqadigan xulq-atvor rag‘batlantirilmasligini va qabul qilinmas- 
ligini, u o‘zini to ‘g‘ri tutishga o‘rganmaguniga qadar, boshqalar 
bilan muloqot qila olmasligini anglaydi. Umuman, har qanday 
jazo tushuntirib berilishini taqozo etadi.

Yüklə 4,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin