ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi. Bunday xatti-harakatlarni bar-
taraf etishning psixologik jihatdan qiyin tomoni shundaki, agres
siv xatti-harakat qiluvchi shaxs o‘z xatti-harakatlarini oqlash
uchun turli xil dalillarni keltiradi va o‘z aybini soqit qilishga uri-
nadi. Agressiyaning tez-tez ifodalanishi shaxsning emotsional ho-
lati bo‘lib, uning asosini quyidagilar tashkil etadi:
— nerv-psixik kasalliklar, inson nerv sistemasining nihoyatda
charchaganligi;
— oiladagi psixologik muhitning nosogiomligi va ota-onalar-
da pedagogik-psixologik bilimlarning yetishmasligi;
— shaxsning xarakter, xislati, ijtimoiy muhitning yomonlashu-
vi.
Agressivlikning
m e ’y o r d a n
ortishi natijasida shaxsda asab tizi-
mining buzilishi, nerv-psixik kasalliklar, kommunikativ malaka-
larning pasayishi, o‘z-o‘ziga adekvat baho bera olmaslik, ishonch
hissining yo‘qolishi, o‘z-o'zini boshqara olmaslik, xavotirlanish
darajasining ortishi, frustratsiya, depressiya, stress kabi salbiy
oqibatlar kuzatiladi.
Hozirgi kunda insonlarda kuzatilayotgan agressiv xatti-
harakatlarning namoyon bo‘lish sabablarini aniqlash, destruktiv
xulq-atvorni oldini olish yoki nazorat qilish muammolarini il-
miy o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, inson tabiatdagi bu ko‘rinishni
chuqur o‘rganish psixologiya fanining bugungi kun talabiga ay-
lanmoqda.
Dostları ilə paylaş: