Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi


SHAXS TIPLARI VA ULARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK



Yüklə 88 Kb.
səhifə3/4
tarix21.06.2023
ölçüsü88 Kb.
#133477
1   2   3   4
Ibrohimova Mamura

SHAXS TIPLARI VA ULARNING IJTIMOIY PSIXOLOGIK
XARAKTERISTIKASI
Psixologlarning fikricha (G. Asmolov, P. SHixerev, V. A. YAdov, P. NadiraShvilli va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o`zgartirish uchun shu ustanovkalarning sababi bo`lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o`zgartirish shartdir. Shu narsa shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo`ladi.
Shunday qilib, shaxs sotsiologiyasi jarayonida turli ustanovkalarni ruebga chiqarish sharoitida faolllik kursatadi. Shunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoiy psixologik sifatlarda ko`ramiz. Ya`ni, aktiv birgalikdagi faoliyat, o`zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlari shakllanadi. Shuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo`ladigan hamda muloqotda ko`rinadigan sifatlar guruhida bo`linadi. Masalan, tashki muxit bilan faol munosabat perseptiv ximoya sifatlari, ya`ni o`ziga xavf soluvchi yoki solishi mumkin bo`lgan ijtimoiy ta`sirlardan ximoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba`zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A. Labunskaya) deb atasalar, boshqalari "ijtimoiy ta`sirlarga hissiy javob berish qobiliyati" (A. Bodalev), "kuzatuvchanlik".
SHAXS VA GURUH MUAMMOSI
Biz yo`qorida shaxs tomonidan qanday ijtimoiy ta`sirlar kabo`l qilinadi-yu, u bu ta`sirlarni o`zining ustanovkalari orqali namoyon etib, shaxsiy sifatlarda mustaxkamlashini kurib chikdik. Lekin har bir shaxsning individual, qaytarilmas mavjudot ekanligini nazarda tutsak, uning ta`sir o`tkazuvchi konkret guruhlarining rolini alohida aytmay bo`lmaydi. G. M. Andreevaning fikricha, bu muammo quyidagicha qo`yilishi lozim:"Shaxsda shakllangan ijtimoiy - psixologik fazilatlarning qanchalik sotsializatsiya jarayoni ta`minlangan va real faoliyati kechgan guruhlarning "sifatiga" bog`liqligi muammosi. Masalaning qo`yilishi xakikatdan ham to`g`ri, chunki konkret vaziyatlardagi guruhlarni nazarga olmagan takdirimizda ham, biz qanday tipli guruhning shaxs kamolotiga ijobiy ta`sir ko`rsatishimizni bilishimiz kerak, masalan, ziddiyatli guruh shaxsda to`g`ri faol maqsadlar shakllantiradimi yoki ziddiyatsiz, har qanday sharoitda ham kelishuvchan guruhmi? yoki ko`p yillar mobaynida uzoq muloqotda bo`lgan kishilar guruhi ma`qo`lmi yoki turli-tuman yangi guruhlar kerakmi?
Umumiy psixologiyada va psixologiyaning boshqa tarmoqlariga o`tkazilgan ilmiy izlanishlar natijasida asosan qanday shaxsni "ijobiy" deb atash mumkin, degan savolga qisman javob topilgan. Masalan, A. V. Petrovskiy ana shunday sifatlarning bir yarim mingga yaqinini aniqlagan, lekin usha sifatlarning shakllanishiga zamin bo`ladigan guruhlar haqida shu paytgacha fanda aniq ma`lumotlar yo`q. Anigi shuki, shaxsni tushunish uchun, unga holis baho berish uning faqatgina yaqin kishilari guruhini emas, balki u muloqotda bo`lgan va bo`layotgan guruhlar sistemasi va ularning sifatini o`rganmoq lozim. Chunki, masalan, agar biror shaxs qonunni buzsa yoki yemon, jinoiy Yo`lga kirib ketsa, xulq-atvor motivlarini tushunish uchun uning oilasini, maktabida sinfini, ishxonasida jamoasini yuzaki o`rganib shu asosda xulosa chiqariladi. Lekin bu narsa umuman yetarli emas. Chunki shaxs faqatgina yaqin atrofdagi kishilar guruhininggina tasirida bo`lmay, balki turli katta guruhlarning (sinf, millat, halq, professional guruh, yesh guruh va shunga guruhlardan xulq-atvor normalari, madaniyat va kadriyatlarini uzlashtiradi. Chunki xuddi shu guruhlar shaxs e`tiqodini, uning dunyoqarashlarini ham, belgilaydi.
Ijtimoiy psixologiyada ana shu masala kichik guruhlar doirasida qisman hal qilingan holos. Masalan, A. V. Petrovskiy va V. A. Petrovskiylar shaxsning guruhga "kirishib" ketishi omilini o`rganib kelishgan, YA. L. Qolomonskiy esa har bir guruhning "o`z kiefasi" bo`lib, u shaxs taraqqiyotiga ta`sir kursatadi, degan goyani ximoya qiladi. V. S. Merlin ham bir jamoada shaxslararo munosabatlar va shu guruh a`zolarida ayrim shu guruhgagina xos bo`lgan fazilatlarni tarbiyalaydi, deb yozgan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda ham shaxsni tushunish uchun uning real guruhlarini o`rganish, u yerdagi ustun muloqot tiplarini aniqlash va analiz qilish, guruh a`zolari uchun kimlar xakikiy obruga ega ekanligini bilish muhimdir, degan nuktai-nazar asosida qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Shaxsni baholashning asosiy mezonlaridan biri uning jamoa ishiga kushgan ulushidir. Lekin bu ulushni uning o`z mehnat jamoasidagi o`rni, amali yoki umuman qilgan ishlari bilan baholanib bo`lmaydi. Chunki uning xakikiy ulushi qandayligini joyida, usha jamoadagi ishining samaradorligiga kushgan hissasidangina keltirib chiqarish lozim. Shu narsa diqqatga sa`zovorki, guruh a`zolari har bir shaxsni usha ulushga qarab baholaydilar va unga ma`lum munosabatda bo`ladilar. Ana usha baholash "me`eri" har bir jamoada o`zgacha bo`lib, usha guruhda shakllangan normalar tizimini hosil qiladi. Ayni normalarga har bir shaxsning buysunishini guruh "kutadi", kutishlarning oklanishi yoki aksincha bo`lishiga qarab, shaxsga baho beriladi. Jamoa yoki guruh tomonidan berilgan baholar, tabiiy shaxs uchun ahamiyatli bo`lib, u "Men" obrazi orqali o`zida kerakli fazilatlarni rivojlantirishdan manfaatdordir.
Demak, shaxsning o`zi haqidagi bahosi guruhning u haqidagi va boshqa shaxslar haqidagi baholariga bevosita bog`liq bo`lib, u guruh bilan janjallashib qolmaslik, ziddiyatli vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun jamoatchilik bahosini kadrlaydi. Guruh fikrini kadrlash turli tipli guruhlarda turlicha bo`ladi. Masalan, endigina shakllangan guruh yoki jamoaga a`zo bo`lib kelgan odam uchun uning bahosi unchalik ahamiyati emas, lekin bu guruh jamoa darajasigacha yo`qsalgan, shaxslararo munosabatlarning ma`lum tizimi shakllangan, guruh uyushkok bo`lsa, bunday guruhning bahosi bilan har bir shaxs hisoblashadi va uni kadrlaydi. Chunki, uyushkok jamoalardagi maqsadlar va intilishlar shaxs uchun xuddi o`zinikiday bo`lib qolgan bo`lib, tarkok guruhlarda esa har bir shaxs uchun "ahamiyatli" kishilar guruhi referent kishilar guruhi bo`lib, u usha odamlar fikrinigina inobatga oladi va ularga qo`shiladi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, har bir guruhda usha a`zolarni birlashtirib turgan umumiy faoliyat maqsadlarini har bir shaxs ongiga to`g`ri yetkazish va o`zaro munosabatlar tizimini Yaxshilab, har bir shaxsning bir-birlarini Yaxshi bilishlari va bir-birlarini to`g`ri baholashlariga alohida e`tiborni qaratish lozim. Bu narsa shaxsda shakllanajak ijobiy sifatlarning asosidir.

Jamoa va guruh, guruhda shaxslararo munosabatlar muammolari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Terum, Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalarning qo‘lyozmalarida keng o‘rganilgan. Ular davlat, jamiyat, jamoa, guruh, guruh a’zolari, insonlarning shaxsiy fazilatlari, ularning oldida turadigan murakkab, mas’uliyatli vazifalar, ayrim illatlarning oldini olish va bartaraf qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ibratli fikrlar bildirilgan. Biz quyidagi buyuk tafakkur egalarining davlat va jamiyat, guruhiy munosabatlarni boshqarish haqidagi qarashlarini tahlil qilamiz.


Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy yaqin va o‘rta sharqda ilg‘or ijtimoiy-falsafiy oqimning asoschilaridan bo‘lib, “Sharq Aristoteli” degan unvonga sazovor bo‘lgan mashxur shaxsdir. U o‘rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi va davlatni boshqarishning asosi haqidagi bilimlar tizimini ishlab chiqdi hamda bu masalalarni bir qator asarlarida batafsil bayon etib berdi.
Abu Nasr Forobiyning jamiyat, davlat, huquq, siyosat, adolat, ta’lim va tarbiya haqidagi traktat g‘oyalari qarashlari “Baxtga erishish haqidagi traktat”, “Urush va tinch-totuv yashash haqida”, “jamiyatni o‘rganish haqidagi kitob”, “Davlat arboblari haqidagi aforizmlar” kabi asarlarida o‘zining chuqur ifodasini topgan. Muallif o‘zining asarlarida jamiyatning kelib chiqishi, davlatning paydo bo‘lishi, uning shakllari, davlat rahbarining vazifalari, ular oldiga qo‘yilgan asosiy talablar, davlatni idora etish usullari haqida o‘zining chuqur falsafiy-siyosiy qarashlarini bayon qiladi.
Allomaning fikricha, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun turli jamoalarga birlashganlar. U odamlarning jamoasini boshqarishda ijtimoiy adolat prinsiplari, normalariga rioya qilish darkor ekanligini qayta-qayta takrorladi. Jamiyatni boshqarish mehanizmini insonparvarlashtirishda rahbarlar, yo‘lboshchilarning roli beqiyos ekanligini har tomonlama isbotlab, jamiyatni boshqaruvchi rahbarlar uchun zarur bo‘lgan asosiy fazilatlar, sifatlar va hislatlarni aniqlab berdi.
Forobiy shahar davlat rahbarlarining haqiqatgo‘y, yolg‘onga, adolatsizlikka, zulmga qarshi keskin kurashuvchi, boylikka jirkanib qarovchi, adolatni o‘z tabiati bilan sevuvchi, botir va qat’iy bo‘lishi zarurligini ta’kidlab o‘tadi. U davlatni boshqarishda donolash yordamiga suyanish, ular bilan maslahatlashib ish yuritish, boshqaruv apparatiga ega har tomonlama yetuk dono, halol va kamtarin kishilarni jalb qilishni eng to‘g‘ri yo‘l deb biladi.
Abu Nasr Forobiy davlat rahbarining eng zarur fazilatlari sifatida mulohazali bo‘lishni, adolatparvarlikni, kamtarlikni, haqiqatni sevishni va eng asosiysi aqllilikni alohida qayd qiladi. Fozil davlat rahbari – o‘qituvchi sifatida o‘z o‘quvchisi – aholiga ilm yordamida baxt-saodatga erishish yo‘llarini o‘rgatadi. Muallif yuqorida sanab o‘tilgan fazilatlarni bir kishida mujassamlashtirish mumkin emasligini tushunib, ana shu fazilat turlarini o‘zida mujassamlashtirgan shaxslar birgalashib davlatni idora etishlari zarur, deydi.
O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biri Abu Rayhon Beruniy bo‘lib, uning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi feodal tarqoqlik va islom siyosiy mafkurasi hukmronlik qilayotgan bir zamonda shakllanadi.
Ulug‘ tabib Abu Ali ibn Sino jahon ilmu faniga ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-duyoqarashi xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biridir. Ayniqsa uning davlat boshqaruvi haqidagi fikr-mulohazalari tahsinga loyiqdir.
Ibn Sino siyosiy qarashlaridagi e’tiborga molik narsa – bu ideal davlat to‘g‘risidagi g‘oyadir. Uning fikricha, ideal davlat tepasida ma’rifatparvar shoh turishi kerak. Jamiyat a’zolarining barchasi mehnat bilan shug‘ullanishlari zarur. Uningcha ideal jamiyat aholisi uch tabaqaga bo‘linadi: ma’muriy ishlar bilan shug‘ullanuvchi boshqaruvlar, ishlab chiqaruvchilar va harbiylar.
Ibn Sino jamiyatni davlatsiz, qonun-qoidasiz tasavvur qila olmaydi. U o‘zining “Risolai tadbiri manzil” asarida yozgan ediki, agar hamma odamlar shoh, sultonlardan iborat bo‘lsa, yoki hammalari oddiy mehnatkash bo‘lsalar edi, ularga rahbarlik qiluvchi xonlar, sultonlar bo‘lmasa edi. Bunday hollarda ularning barchalari halok bo‘lgan bo‘lur edilar. Mutafakkir jamiyatdagi moddiy tengsizlikni e’tirof etib, odamlarning hammalarini boyib ketishlariga va aksincha kambag‘allashib ketishlariga qarshi chiqadi. Uningcha, agarda hamma jamiyat a’zosi birdek boylikka, mulkka ega bo‘lsalar, u holda bir kishini ikkinchi kishiga yordam ko‘rsatishi, bir-birini rag‘batlantirishi tugatiladi. Aksincha, odamlarning hammasi yo‘qsillarga aylansalar, bunday holda, ular ocharchilikdan qirilib ketadilar.
Allomaning tushuntirishicha, turli jamoalarga birlashgan odamlar faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi muhim omillardan biri – axloqdir. Inson qanchalik bilimdon, qanchalik tadbirkor bo‘lmasin umuminsoniy axloq qoidalariga tayanmasa, u odobsiz bo‘ladi, yomonlikka yo‘l qo‘yadi. Ibn Sino boshqaruvchilardagi adabsizlik, axloqsizlik alomatlari: ikkiyuzlamachilik, yolg‘onchilik, xoinlik kabi hislatlarni, insonlar ustidan qilingan har qanday zo‘ravonlikni qoralaydi.
Rus psixologiyasida G.M.Andreyevaning «Ijtimoiy psixologiya» darsligida klassifikatsiya guruxlarning asosiy turlarini uz ichiga kamrab olgan. Ular xar kanday kishilar guruxini avvalo, shartli va real guruxlarga buladi. Real guruxlar anik tadkikot maksadlarida tuplangan laboratoriya tipidagi xamda tabiiy guruxlarga bulinadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy extiyejlari asosida tashkil buladigan bunday tabiiy guruxlarning uzi kishilarning soniga karab katta, kichik guruxlarga bulinadi. Katta guruxlar uni tashkil etuvchilarning maksadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga karab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa uz navbatida endi shakllanayetgan, diffuz xamda tarakkiyetning yuksak pogonasiga kutarila olgan jamoa turlariga bulinadi.
V.Vundtning tadkikotlarida «xalk» tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha etnik guruxlar psixologiyasini urganish uchun ularning tilini odatlarini va ana shu xalklarda keng tarkalgan afsonalar va boshka ong tizimlarini urganish kerak. Shunisi dikkatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda utkazilgan muxim tadkikotlardan biri bizning ulkamizda utkazilgan bulib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadkikot bulib, uni utkazishdan asosiy maksad L. S. Vigatskiyning madaniy- tarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya bochiligidagi olimlar guruxi revolyutsiya galaba kozongan berish ancha oson tuyulardi.
Yukorida ta’kidlaganimizdek A. R. Luriyaning asosiy maksadi milliy psixologik xususiyatlarni urganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash, xamda milliy psixologiyani xayot tarziga, shaxsni jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan urniga bevosita boglikligini isbot kilish edi. Lekin tadkikotning axamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani urganishga yordam beruvchi metodlar va metodik prinsiplar sinab kurilgandi. Tugri bu tadkikotda tuplangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bulmaydi, kolaversa, bu konsepsiyaning uzi necha bor kayta ishlovni talab kildi, lekin milliy psixologiya buyicha utkazilgan kross – tadkikot sifatida uning axamiyati kattadir. Kullangan piktogramma – «suz portretlari»ni, uz-uzini analiz kilish metodlarini xozirgi zamonaviy tadkikotlarda xam fakat yangicha metodologik prinsiplarda kullash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobik Ittifok olimlarining tadkikotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish xarakatlari sezilmokda. Bu soxada mashxur rus etnogrofi va psixologi Y. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida tuplangan ma’lumotlar misol bulishi mumkin.
Y.V.Bromley etnik guruxlar psixologiyasida ikki tomonni fark kiladi.
-psixik asos-etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barkaror kismi:
- xissiyot soxasi, etnik yoki milliy xis kechinmalarni uz ichiga olgan dinamik kism. Lekin tadkikotchilar nima uchundir milliy psixologiya masalalari bilan shugullanishganda, milliy kirralar yoki sifatlarni aniklash bilan shugullanadilarda, u yoki bu millatlargagina xos bulgan kirralarni topishga urinadilar, lekin fan texnika rivojlangan, millatlar uygunligi, millatlarning doimiy uzaro xamkorligi va mulokoti sharoitida, aralash nikoxlar keng tarkalgan sharoitda fakat u yoki bu millatga xos bulgan kirralar xakida gapirish juda kiyin.
Kichik gurux muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va kuplab ilmiy tadkikotlar utkazilgan obyektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida utkazilgan kuplab eksperimental tadkikotlarni boshlagan bulib, ularda olimlar oldiga kuyilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka xolda yaxshi ishlaydimi yoki guruxda yaxshirok samara beradimi, boshka odamlarning yonida bulish uning faoliyatiga kanday ta’sir kursatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning uzaro xamkorligi (interaksiya) emas balki ularning bir vaktda bir yerda bir vaktda birga bulganligi faktning (koaksiya) ta’siri urganiladi. Olingan ma’lumotlar shuni kursatadiki, boshkalar bilan xamkorlikda bulgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin xarakatlar sifati ancha pasayishi aniklanadi. Bunday ma’lumotlar Amerikalik N.Griplett, nemis olimi V.Myode va boshkalarning tadkikotlarida xam kayd etildi. Bu psixologik xodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi.Uning moxiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat maxsullariga uning yonida bulgan boshka individlarning bevosita ta’siri bulib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar xamda ish xarakatlarning, fikrlarning tezligida namoyon buladi.Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt xam kuzatildi.Bu narsa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olingan faktlarning kandayligidan kat’iy nazar, olimlar uchun kichik guruxlar asosiy tadkikot mavzuiga aylanib koldi va ular natijasida kator konuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruxlarning xajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki,kichik guruxda «diada» ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40 kishigacha deb kabul kilindi. Ikki kishilik gurux deyilganda, avvalo oila-yangi shakllangan oila kuprok nazarda tutiladi. Lekin samarali uzaro ta’sir nazarda tutilganda 7-2 kishi nazarda tutiladi. Bunday gurux ijtimoiy psixologik tadkikotlar uchun xam, sotsial psixologik treninglar utkazish uchun xam kulay xisoblanadi.
Ikkinchidan, guruxlar ulchami kanchalik katta bulsa, uning aloxida olingan shaxslar uchun kadrsizlanib borish xavfi kuchayadi, ya’ni shaxsning kupchilikdan iborat guruxdan uzini tortish va uning normalarini buzishga moyilligi oshib boradi.
Uchinchidan, guruxning xajmi kichiklashib borgan sari shaxslraro uzaro munosabatlar taranglashib boradi. Chunki shaxslarning bir birlari oldida ma’suliyatlarining oshishi va yakindan bilishlari ularning urtasidagi alokalarda doimo aniklik bulishini talab kiladi. Munosabatlardagi xar kanday disbalanslar ochik xoldagi ziddiyatlarni keltirib chikaradi.
Turtinchidan, agar gurux a’zolaraning soni tok bulsa,ular urtasidagi uzaro munosabatlar juft bulgan xoldagidan ancha yaxshi buladi. Shundan bulsa kerak, boshkaruv psixologyasida odamlarni biror nimaga saylashda va umuman rasmiy tanlovlarda guruxdagi odamlar soni tok kilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning gurux tazyikiga berilish va buysunishi xam gurux a’zolarining soniga boglik. Gurux soni 4-5 kishi bulgunga kadar uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan: kuchada sodir bulgan baxtsiz xodisaning guvoxlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, ma’suliyat xissi pasayib boradi. Bu konuniyatlarni bilish, tabiy guruxlarni boshkarish ishini ancha yengillashtiradi.
Tarixan kichik guruxlarni rasmiy va norasmiy turlarga bulish kabul kilingan. Bunday bulinishni Amerikalik olim E.Meyo taklif etgan edi, uning fikricha rasmiy gurux xar bir a’zolarining rasmiy rollarga ega ekanligi ular mavkeini va guruxda tutgan urnining anikligi bilan xarakterlanadi. Bunday guruxlarda munosabatlar asosan «vertikal» tarzda ruy berib, guruxning bir yoki bir necha a’zosida «xokimiyat» bulganligi uchun xam, ular boshkalarni boshkarish ularga buyruk, rasmiy kursatmalar berish xukukiga ega buladi. Rasmiy guruxlarga misol kilib, xar kanday birgalikdagi faoliyat maksadlari asosida shakllangan jamoalarni- ishlab chikarish brigadasi, talabalar guruxi, sinf ukuvchilari, pedogogik jamoa va boshkalarni olish mumkin.
Rasmiy guruxlardan farkli ularok ,norasmiy guruxlar xam mavjud buladiki ular asosan stixiyali tarzda anik maksadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning anik mavkelari, rollari oldindan belgilangan bulmaydi.Kupincha norasmiy gurux rasmiy gurux tarkibida tashkil topadi va ularni boshkarish xam oldindan belgilangan bulmay, odamlar ichidan u yeki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chikkan a’zolar norasmiy raxbarning rolini bajarishlari mumkin.
Bundan tashkari ijtimoiy psixologiyada referent gurux tushunchasi xam bor. Bu tushuncha fanga birinchi marta Amerikalik tadkikotchi G.Xaymen tomonidan 1942-yilda kiritilgan edi. U uz tadkikotlarida shuni isbot kildiki, ma’lum bulishicha gurux a’zolari uchun, shu gurux ichida yeki boshka doiralarda shunday shaxslar guruxi mavjud bular ekanki, u uz xatti xarakatlari, fikrlari va yunalishlarida usha gurux a’zolariga ergashish, ularni tankidsiz kabul kilishga moyil xamda tayyer bular ekan. Shunday shaxslar guruxi referent gurux nomini oldi. Ukuvchi uchun bunday gurux rolini maktabdagi bir necha ukituvchilar, ota yoki onasi, yakin dusti yoki karindoshlaridan kimdir uynashi mumkin. Shunisi xarakterliki shaxs doimo shu guruxga ergashadi, uni kadrlaydi, u bilan mulokotda bulishga intiladi. Rus psixologlari bu guruxni odatda shaxs uchun mavjud xakikiy gurux (a’zolik guruxi) tarkibida yeki unga karshi bulgan gurux sifatida karaydilar. Nima bulganda xam ana shunday gurux mavjudligi shaxs uchun axamiyatli bulib, uning xulk-atvori uchun etalon xisoblanadi. Tadkikotchi yoki tarbiyachining vazifasi ana shu guruxni aniklay olish va aniklagandan sung nima uchun aynan shu gurux referent rolini uynaganini bilish muximdir. Referent guruxga karab shaxsga baxo berish bilan uning xulk-atvorini bashorat kilish mumkin.

Yüklə 88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin