Asosiy tushunchalar Axborot – ma’naviyatning asosiy tashkil etuvchisi bo’lib moddiy tashuvchi inson miyasida joylashgan, uni his qilib bo’lmaydi, balki mantiq yordamida bilish mumkin.
Ma’naviy madaniyat – kishilarning ma’naviy hayoti sohasi bo’lib, ular faoliyatida amalga oshadigan kuchi va qobiliyatidir.
Ziyolilar – aholining asosan ma’naviyat sohasi bilan kasbiy shug’ullanuvchi (hozirgi vaqtda) qismi.
Ta’lim– manaviyat tashkil etuvchilari ichida keng qamrovli ijtimoiy institut.
Iqtisodiyot – keng ma’noda moddiy-ishlab chiqarish sohasi.
Mehnat unumdorligi – inson kuchi quvvatidan qanchalik oqilona foydalanganlik ko’rsatkichi.
Mehnat taqsimoti – chorvachilik, so’ngra dehqonchilikning kelib chiqishi, hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi.
“Inson-texnika” tartiboti– asboblardan foydalanish, mexanizatsiya va avtomatlashtirish bosqichlari.
Fan-texnika inqilobi – fan va texnika, texnologiyada bir vaqtda yuz berayotgan tub sifat o’zgarishlari.
Etnik shakllar – Sotsiumning ilk tashkiliy tarzi bo’lgan urug’dan boshlanib qabila, el-elat, millat va hozirgi vaqtda shakllanayotgan xalqdan iborat.
Demografiya – aholishunoslik, aholini o’rganadigan fan.
Sinflar –kishilarning qator asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha farqlanishi.
Nikoh va oila – erkak va ayol, ularning nasliyatga munosabati boshqariladi. Yosh avlod turmushning asosiy sohalari bo’yicha dastlabki saboqlarni oladi.
Savollar va topshiriqlar Ma’naviyat jamiyat sohalari tizimida qanday o’rin tutadi?
Ma’naviyatning bosh tashkil etuvchisini mulohaza qiling.
Aholining ziyolilar qatlami paydo bo’lmasdan avval ham ma’naviyat bo’lganmi?
Ma’naviyat tarkibida ta’limning o’rni qanday?
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini mulohaza qilib ko’ring.
“Iqtisodiyot” va “iqtisod” atamalarini mulohaza qiling.
Iqtisodiyotning tarkibi nimalardan iborat?
Texnologiya nima?
Ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy shakllarini mulohaza qiling.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy tarzlarini tushuntirib bering.
“Ijtimoiy” so’zining tilshunoslik (sifat) ma’nosi hamda keng va tor ma]nolarda qo’llanishini mulohaza qiling.
Sinflar qaysi jihatlariga ko’ra o’zaro farqlanadi?
“Millat” birligini mulohaza qiling.
Aholining hududiy, demografik, ishlab chiqarish va bilim darajasiga ko’ra farqlanishida qaysi belgi asosiy hisoblanadi?