Ijtimoiy soha Ma’naviyatning mazmuni



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə2/3
tarix13.04.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#97602
1   2   3
4-mavzu

Mehnat unumdorligi. Inson quvvatining nechog‘li oqilona sarf etilganligi mehnat unumdorligining darajasini belgilaydi. Uning unumdorligini oshirish vazifalari tufayli ilk mehnat taqsimoti — chorvachilik kelib chiqqan, hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Qadimdan hozirgacha mehnat taqsimotining ko‘pdan-ko‘p shakllari yuzaga kelgan. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘linishi va o‘tmishda chorvadorlar ovulidan dehqonlar qishlog‘i, undan shahar ajralib chiqqan. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishning texnologiyaviy va tashkiliy jihatlarini kuchaytirmasligi mumkin emas edi.
Texnologiya. Ishlab chiqarishda fan va amaliyot talablari asosida ta’sir etuvchi usuli – bu texnologiyadir. Ushbu ta’sir muayyan texnika (lotinchada «texnika», «mahorat», «san’at» ma’nolarini anglatadi) yordamida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishning tashkiliy jihatlari — bu mehnat faoliyatini turli ko‘rinishlarda yo‘lga qo‘yish, uning texnologiyaviy, tarmoq, hududiy taqsimlanishi, mehnatning ixtisoslanishi, shirkatchilik va hokazolarni ifodalaydi.
Fan-texnika taraqqiyoti. Texnika taraqqiyoti fandagi chuqur o‘zgarishlarsiz yuz bermaydi. Hozir esa bu o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida yuz beribgina qolmay, balki sifat xususiyatlariga ham ega bo‘lgani uchun fan-texnika inqilobi (FTI) deb atalmoqda. Namoyon bo‘lishiga ko‘ra FTI o‘zining hozirgi bosqichida mikroelektronika, biotexnologiyaning rivojlanishi, yalpi kompyuterlashtirish va hokazolardan iborat bo‘lmoqda.
Ishlab chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bulardan birinchisi ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida kelib chiqadigan munosabatlarni ifodalasa, ikkinchisi mulk munosabatlarini aks ettiradi.
Mulk tushunchasi inson o‘ziga tegishli bo‘lgan narsalar, shu jumladan, o‘zining hayotini, jismoniy va ma’naviy kuchlarini tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgandagina yuzaga keladi.
Ruhiyat, shu jumladan, irodaga ega bo‘lgan kishilar iqtisodiy faoliyatidan tashqari ham muayyan tarzda birikib hududiy (ovul, qishloq va shahar o‘rtasidagi farqlar), demografiyaviy (aholining jinsi, yoshi, kasb-kori va hokazo jihatlari), etnik (el-elat va millat bilan bog‘liq), sinfiy (tipik holda ko‘proq Yevropaga oid) jihatlarda ijtimoiy faoliyat alohida sohani – ijtimoiy sohani namoyon etadi. Ijtimoiy soha ikki – keng (butun jamiyatga tegishli) va tor (jamiyat hayotining muayan sohasi) ma’nolarida farqlanadi. Ikkinchi holda “ijtimoiy soha” tushunchasi yuqoridagi tuzilmalardan tashkil topganlik ma’nosida qo’llaniladi.
Hududiy umumiylikning barqaror ijtimoiylik kasb etishi kishilarning muayan ma’muriy hududlardagi hayot tarziga aloqador bo’lib, tegishli ravishda, masalan, bizning mamlakatimizga tadbiqan ovul, qishloq va shaharlardagi mulkchilik, hokimiyatni tashkil etish shakllari, xilma-xil infratuzilmalar faoliyati bilan bog’liqdir.
Demografiyaviy omil ijtimoiy sohaga tug’ilish, o’lim, jinslar nisbati, jins va yosh tarkibini o’rganish, aholi ko’payishi darajalarini hisobga olish ,ilan shuningdek, bu tarmoqqa doir boshqaruv institutlari faoliyatlari orqali tegishli bo’ladi.
Ishtimoiy soha tarkibiga kirgan etnik shakllarning o’zi xiyla katta mazmunni tashkil etadi. Ulardan urug’ dastlabki ijtimoiy umumiylik (birlik) hisoblanadi va ijtimoiy tarixning uzoq davom etgan ibtidoiy jamoa davriga to’g’ri keladi. Urug’lar tadriji natijasida qabila umumiyligi hamda qabilalar ittifoqi qaror topadi. Ular o’z navbatida keying umumiyliklarning – elat va millatning paydo bo’lishiga zamin hisoblanadi. Hozirgi sharoitlarda millatlararo va davlatlararo munosabatlarning tig’izlashuvi jarayonida alohida umumiylik sifatida xalq shakllanmoqda.
Tipik holda aholining ko’proq Yevropaga oid olingfnidagi sinfiy tabaqalanishi ijtimoiy soha tuzilmalarida muhim o’rin tutadi. Sinflarning mavjudligi dastavval mulkchilik shakllari va ijtimoiy mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Hozirgi rivojlangan davlatlarda sinfiy farqlanish avvalgi o’tkirligini yo’qotib bormoqda. Zero, uning o’rnini ijtimoiy qatlamlarning bilim darajalari, mavjud hokimiyatga munosabatlari, yashash tarzlarining o’xshashligi singari belgilariga ko’ra ajralib turadigan ijtimoiy guruhlar egallamoqda. O’z navbatida ijtimoiy guruhlar kishilarning ijtimoiy ahamiyatga molik mezonlarga ko’ra farqlangan istagan tarzdagi birligidir. Bu jihatdan yondoshganda ijtimoiy maqomni – insonning jamiyatdagi o’rnini, ahvolini ham farqlash lizim bo’ladi. Buni quyidagi misolda – ayni bir odamni turli jihatlardan olib ko’rish mumkin: kasbi – o’qituvchi; yollanib ishlab o’rtacha ish haqi oluvchi – iqtisodiy belgi; 50 yoshdagi erkak – demografik ko’rsatkich; siyosiy partiya a’zosi – ijtimoiy pozitsiya; va hokazo.
Ijtimoiy sohani yuqorida qarab chiqilgan tashkil etuvchilari qatoriga yana ishlab chiqarishning muayan tarmoqlarida band bo’lgan hodimlar, mehnat jamoalari, fermrlar, turli tarzdagi ijarachilar, savdo sohasi dallollari (brokerlari) va boshqalarning egallagan ijtimoiy maqomidan krlib chiqib qo’shish mumkin.
Savodxonligi, ma’lumoti darajasi (masalan, boshlang’ich, o’rta yoki oliy) va xarakteriga ko’ra ijtimoiy-kasbiy (konkret kasb, aqliy va jismoniy mrhnat egalari) maqomiga binoan farqlanish ham aholining muayan qismi sifat holatini ifodalaganligiga ko’ra ijtimoiy sohaga mansub hisoblanadi. Kishilarning yuqoridagicha farqlanishi, agar ular oladigan daromadlari darajalariga (yashash minimum doirasida o’rtacha yoki yuqori daromadga ega bo’lganlar) bog’liq holda belgilansa, bu ham ijtimoiy sohaga tegishli bo’ladi.
Jamiyat hayotining ijtimoiy sohasi tarkibi haqida gapirganda nikoh va oilani chetlab o’tib bo’lmaydi. Zero nikoh huquqiy shartnoma bo’lib er-xotin, bolalar va qarindoshlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadi. Oila esa nikohga, qon-qardoshlikka, maishiy hayot umumiyligiga, axloqiy va o’zaro yordam ma’suliyatiga asoslangan kichik guruh alohida ijtimoiy institutdir.

Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin