Jazoni o’tash muassasalaridan ozod qilingan shaxslar;
Qaramog’ida 16 yoshga to’lmagan yoki nogiron bolalari bo’lgan yolg’iz shaxslar.
Loyiha dasturining maqsadi :avvalambor ijtimoiy yordamga muhtoj aholini jamiyatdagi faolligini oshirib, eng yuqori cho’qqiga chiqarish, ulardagi “ boqimandalik” hissini yo’qotish.
Loyiha dasturining vazifasi: Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qismini bandligini ta’minlash
Ularni kasb-hunarga yo’naltirish
Ijtimoiy yordamga muhtoj aholini jamiyatga qo’shish
Ijtimoiy yordamga muhtoj aholini moliyaviy daromad olishiga ko’maklashish
Loyihaning faoliayat turlari: Tikuvchilik- bolalar kiyimlari, choyshablar
Santexnik/elektrik ta’mirlash-asosan buyurtma orqali ish amalga oshiriladi
Loyihaning qo’shimcha qulaylik va afzallik jixati: Korxonamizda call center xizmati va telegram botlar ham ochiladi, ya’ni har bir faoliyat turi uchun alohida operatorlik xizmatlari yo’lga qo’yiladi:
Qandolatchilik yo’nalishida hamma uyidan turgan holda bizning korxonamizda tayyorlangan mahsulotlarni buyurtma qilishi mumkin. Bizdagi shirnliklarning boshqalarga o’xshamaslik jihatlaridan biri qandolatchilikda ma’lum ramziy shirinliklar tayyorlash, ya’ni milliy yodgorliklarning maketi ko’rinishida tayyorlash, shu bilan bir vaqtda yodgorliklarimizning reklamasi amalga oshiriladi, bu esa turistik jihatni ham ma’lum qismini qamrab oladi.
Elektr/santexnik xizmatlarida ham call center operatorligi yo’lga qo’yiladi, kimning uyida ushbu soha bo’yicha muammolar yuzaga kelsa qiynalib santexnik va elektrik izlamasdan uydan turgan holda bizning korxonamizga murojat qilishadi.