Ijtimoiy tarmoqlar marketingi strategiyalaridan foydalanish mexanizmlari



Yüklə 49,19 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü49,19 Kb.
#180783
  1   2   3   4
Tezis 2


IJTIMOIY TARMOQLAR MARKETINGI STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH MEXANIZMLARI
Abduvaliyeva Xayitxon Axmadjonov qizi
TDIU magistranti,
Tel: +998935496689
e-mail: abduvaliyevaxayitxon@gmail.com


Annotatsiya: Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlar marketingi strategiyalari iqtisodiy jihatdan mazmun-mohiyati, stategiyalarni ishlab chiqish bosqichlari va uning korxona samarodorligini oshirishda ahamiyati yoritib berilgan. Ushbu strategiyalar asosida samarali biznesni yo`lga qo`yish va uning doirasini kengaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so`zlar: SMM, strategiya, rejalashtirish, kontent plan, maqsadli auditoriya, segmentlash, ijtimoiy media aralashmasi, reklama.
Аннотация: В данной статье рассмотрено экономическое содержание стратегии маркетинга в социальных сетях, этапы разработки стратегии и ее значение в повышении эффективности предприятия. На основе этих стратегий разработаны предложения и рекомендации по созданию эффективного бизнеса и расширению его масштабов.
Ключевые слова: SMM, стратегия, планирование, контент-план, целевая аудитория, сегментация, социальные сети, реклама.
Abstract: This article describes the economic content of social network marketing strategies, the stages of strategy development and its importance in increasing the efficiency of the enterprise. On the basis of these strategies, proposals and recommendations for establishing an effective business and expanding its scope have been developed.
Keywords: SMM, strategy, planning, content plan, target audience, segmentation, social media mix, advertising.

Bugungi raqamli asrda, biznesda qolishni istagan har qanday korxona o'z o'rni qanday bo'lishidan qat'iy nazar, raqobatchilaridan ustun bo'lishi kerak. Bu yo'lda ijtimoiy tarmoqlar biznesning rivojlanishi uchun eng yaxshi raqamli marketing vositalaridan biridir. Chunki turli xil ijtimoiy tarmoqlar sotuvchilar uchun iste'molchilar bilan yaqindan muloqot qilish, yakuniy mijozlar bilan aloqada bo’lish, o'z bizneslarini ilgari surish uchun eng yaxshi kanallarni taqdim etadi.


Hozirgi kunda ko'proq kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlar marketingining ahamiyati va biznes uchun taqdim etayotgan imkoniyatlarni yaxshi tushunadilar. Biroq, faqat bir nechta kompaniyalargina ijtimoiy media kanallaridan foydalanishda o'zlarining to'liq imkoniyatlarini ishga soladilar. Ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish - bu biz o’ylagandek oddiy jarayon emas. Bu rejalashtirish, tadqiqot va ixtisoslashtirilgan mahoratni o'z ichiga oladi. Eng muhimi, bu jarayon to’g’ri ijtimoiy media marketingi (SMM) strategiyasini tanlab olishdan boshlanadi.
SMM strategiyasi yaxshi tayyorlangan, puxta o'ylangan, batafsil rejani talab qiladi. Boshlang'ich marketolog bunga ijodkorlik maydonidan ko'ra ko'proq qat'iy qoidalar to'plami, nazariya kabi qarashi kerak. Strategiyasiz ijtimoiy media o'yin maydoniga kirish bo’lib, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Ijtimoiy strategiyalar juda murakkab ya’ni son-sanoqsiz shakllarni o’z ichiga olgan bo'lmasligi kerak, ammo ular nima qilayotganingiz va aniq reja tafsilotlarini uyg’unlashtirishi kerak. Sog'lom ijtimoiy strategiya sizning ijtimoiy faoliyatingizni tasdiqlash va sizni yo'lda ushlab turish uchun mos maqsadlar nuqtasini ta'minlaydi.1
Har qanday marketing strategiyasini amalga oshirishda rejalashtirish juda muhimdir. Burk Vud (2017, 4) marketingni rejalashtirishni ma'lum bir tashkilot va ma'lum bir davr uchun muvofiqlashtirilgan marketing qarorlari va harakatlariga olib keladigan quyidagi tizimli jarayon sifatida belgilaydi:
• Ichki va tashqi vaziyatni tahlil qilish
• Maqsadli mijozlar segmenti uchun aniq yo'nalishlar, maqsadlar va dasturlar
• Mijozlarga xizmat ko'rsatish va ichki marketing dasturlari orqali qo'llab-quvvatlash
• Amalga oshirish, baholash va nazorat qilish.2
Turli mualliflar o’z kitoblarida SMM strategiyasini ishlab chiqish uchun turli vazifalarni taklif etadi, ammo, ularning barchasida umumiy qadamlarning aksariyati mavjud:
1. Maqsadni aniqlash
2. Hozirgi vaziyatni o'rganish
3. Maqsadli mijozni aniqlash
4. Ijtimoiy media aralashmasini (4P, 5P, 7P) tanlash
5. Kontent rejasini tuzish
6. Natijalaringizni baholash.3
Strategiyaga yondashuvda eng avvalo har tomolama o’ylangan, puxta maqsad muhimdir. Bir vaqtning o'zida bitta maqsad eng yaxshi yondashuvdir4.Birinchidan, berilgan resurslar bilan nimaga erishish mumkinligini ko'rib chiqish kerak. Keyin, ijtimoiy faoliyatdan eng ko'p foyda ko'rishi mumkin bo'lgan jihatlarni aniqlang. Agar bu yaxshi samara bersa, birinchi sa'y-harakatlar bilan boshqa sohalarda yaxshilanishni ko'ramiz, biroq, odatda, kompaniya undan birinchi marta daromad uchun ijtimoiy tarmoqlar vaqt talab etadi va shuning uchun eng yaxshi taktika bitta asosiy kerakli natijaga e'tibor qaratishdir.
Schaffer o’z ilmiy ishlarida SMM strategiyasi maqsadlariga ko'plab misollar berib o’tgan. Ularning ba’zilari quyidagilardan iborat:
1. Savdoni oshirish (mijozlarni jalb qilish, yangi mahsulotni reklama qilish)
2. Xarajatlarni kamaytirish (yangi iste'dodlarni jalb qilish, muqobil marketing kanalidan foydalanish)
3. Yangi biznes yoki mahsulot qatorini yaratish.
4. Veb-saytga trafikni oshirish
5. Brend imijini va mijozlarning sodiqligini yaxshilash
6. Jamiyat yaratish
7. Biznes hamkorlarini o'zlarining ijtimoiy harakatlari uchun kontent bilan ta'minlash
8. Inqirozni boshqarish.5
Ijtimoiy tarmoqlar mijoz bilan shaxsiy aloqani yo’lga qo’yish va ularga o’z mahsulotlaringizni taqdim etishning eng qulay usullaridan hisoblanadi. SMM kanallaridan foydalangan holda korxona mijoz bilan o'zaro hamkorlik qilish uchun yangi platforma yaratishi mumkin, bu orqali ikki tomon o'rtasidagi munosabatlarni tiklash uchun muhim bo'lgan xabarni almash oladi va oxir-oqibat brendning umumiy ishonchi va sodiqligini oshiradi (1-rasm).



Mijoz/Tovar munosabati



Mijoz/Brend munosabati



Brend jamiyati (ijtimoiy tarmoqdagi)

Brendga sodiqlik


Brendga ishonch



Mijoz/ Kompaniya munosabati




Mijoz/Boshqa mijozlar munosabati




Yüklə 49,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin