2-rasm. O’zbekistonda 2022-yilda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko’rsatkichlari9 K Xarid ontent marketingi SMM strategiyasining ajralmas qismidir. Kontent ta'lim berish, ko'ngil ochish, ilhomlantirish va ishontirish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, 3-rasmda ko'rsatilganidek, kontentning ayrim turlari aniq maqsadlar uchun mos keladi. Emotsional Xabardorlik
Ratsional
3-rasm. Kontent marketingi matritsasi10 SMM strategiyasining yakuniy, eng muhim qismi bu natijalarni baholashdir. Baholash turli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin, ulardan ba'zilari:
1. Sotish bo'yicha baholash. Kompaniya ma'lum bir aksiyani (chegirma, maxsus taklif) o'tkazishi va ijtimoiy tarmoq sahifasidan qancha odam foydalanganligini o'lchashi mumkin.
2. Google Analytics yordamida tahlillarni kuzatish
3. Yangi mijozlar bilan kompaniya haqida qanday eshitganliklarini kuzatish
4. Elektron pochta ro'yxatidagi yangi mijozlar, odamlar oqimini o'lchang
5. Yangi yoqtirishlar, kuzatishlar, sharhlar, veb-saytlarga tashriflar soni.
Strategiya so'zi juda ko'p murakkab qadamlar va kengaytmalarni o'z ichiga oladi. Izlanishlarim asosida shuni o’rgandimki, strategiya doimiy jarayon bo'lishi kerak, chunki u korxona faoliyati va kelajakdagi qadamlarni belgilab beradi. Bundan tashqari strategiya doimiy optimallashtirib borilishi kerak sababi iste’molchi xulq atvori vaqt, moda shu kabi omillar asosida doimiy o’zgarib boraveradi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar kundan-kunga ortib brogan sari korxona ham o’z faoliyatini ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini kengaytirib borishi va doimiy tahlil olib borish kerak.