O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI “Psixologiya” FAKULTETI
“ Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar”kafedrasi
924-20-guruh talabasi Mahmudov Otabekning “Innovatsion iqtisodiyot” fanidan Mustaqil ishi
MAVZU: Milliy innovatsion tizimlarning tahlili va ta’sniflanishi
REJA: Fan texnika rivojiga yo’nalishlar
O`zbekistonning milliy innovatsion tizimi: salohiyati va samaradorligi
Zamonaviy innovatsion muhit
Mamlakatimizda 2012-2020-yillar uchun fan va texnologiyalarni rivojlantirishning 8ta ustuvor yo’nalishlari tasdiqlandi: innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish; energetika va energiyaxomashyosini tejash; qayta tiklanuvchi elektr manbalaridan foydalanishni rivojlantirish; axborotlashtirish va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish; qishloq xo’jaligi,biotexnologiya, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; tibbiyot va farmakologiyadagi tadqiqotlar; kimyotexnologiyalari va nanotexnologiyalar; er to’g’risidagi fanlar (geologiya, geografiya, seysmologiya). Ilmiy-tadqiqot faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning tanlov asosidagi grant tizimi joriy etildi. 2016yilda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 1978ta fundamental,amaliy va innovatsion ishlanmalar loyihalari bajarilmoqda. Mamlakatda ilmiy-tadqiqotlar bilan shug’ullanuvchi 400 ta muassasa ro’yxatga olingan bo’lib, ularda 35,5 ming olim-tadqiqotchi va mutaxassislar mehnat qilmoqda.Ulardan 2,5 ming nafari fan doktori va 9,2 ming nafari fan nomzodi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012yil 126 24iyuldagi PF 4456-sonli ―Oliy malakali ilmiy va ilmiypedogog kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida‖gi farmoni bilan oliy o’quv yurtidan keyingi ta‘limning jahon standartlariga mos keluvchi bir bosqichli tizimi joriy etildi.SHu asosda respublikamizda innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkalari tashkil etilmoqda ko’rishimiz mumkinki, 2008yilda tashkil etilgan birinchi yarmarkada 605 ta ishlanma namoyishlar etilgan. Lekin shartnomalar 202 ta ya‘ni kam tuzilgan, bunga sabab hali mamlakatimizda innovatsiyalar kirib kelmaganligi hamda ishlab chiqarish bilan ilmfanning o’zaro integratsiyabo’lmaganligidadir. 2017yilga tahlil qilsak 404ta ishlar namoyish etilgan bo’lib, shundan 459 ta shartnoma imzolangan.Umumiy so’mmasi 34631,7 mln. so’mni tashkil etgan. 2016yilga nisbatan solishtirsak 476 ta ishlanma namoyish etilgan bo’lib 1,17 barobarga ortgan. Shartnomalar esa 944 ta bo’lib, 2,05 martaga o’sganligini ko’rishimiz mumkin. Lekin ularning so’mmasi 2017yilga nisbatan 11,3 % ga kamaygan. 2015-2017 yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlarini ishtirok etgan ilmiy xodimlar dinamikasidan quyidagilarni ko’rishimiz mumkin. Tibbiyot sohasida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy tibbiyotga yurak kasalliklari, yuqumli kasalliklar, nafas olish organlari va o’pka kasalliklarini tashhislash va davolashning yuzdan ortiq yangi usullari joriy etildi. Sil, virusli gepatit va ichak infeksiyalarini davolash, tashhislash, oldini olishning yangi usullari ishlab chiqildi. 2017yilda davlat ilmiy-texnik dasturlarida jami 16022 nafar olim va mutaxassis, jumladan, 47 nafar akademiklar, 1863 nafar fan doktorlari, 6337 nafar fan nomzodlari, 7822 nafar ilmiy darajasi yo’q xodimlar faoliyat olib borgan. 2017 yilda 2016yilga nisbatan davlat ilmiy-texnik dasturlarida fan doktorlari 17 foizga, fan nomzodlari 22.8% foizga, ilmiy darajasi yo’q xodimlar 18,3% ga kamayganligini ko’rishimiz mumkin. 2017 yilga kelib davlat ilmiy-texnik dasturlarida ishtirokchilar soni o’tgan yillarga biroz pasayganligini ko’rish mumkin. Bunga sabab, 2017yilda 2016 yilga nisbatan mablag’ kam ajratilganligi va loyihalarning hozirda dolzarbligi bo’yicha soni emas sifatiga zarurligiga qarab mablag’ ajratilganligi bilan izohlashimiz mumkin bo’ladi. 2015-2017 yillarda davlat ilmiy-texnika dasturlarida ishtirokchilarning vazirlik va idoralar bo’yicha taqsimlanishi keltirilgan. Agar tahlil qiladigan bo’lsak 2015yilda ishtirokchilar soni 19835ni tashkil etgan, shulardan 7359 ta ishtirokchi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi ta‘lim muassasalariga to’g’ri kelgan. 2016yilda esa ishtirokchilar soni 20013 tani tashkil etib 2015yilga nisbatan 0.9% ga o’sgan bo’lib eng ko’p 7520 ta ishtirokchilar Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi muassasalardir. Eng kam ishtirokchi Xalq ta‘limi vazirligiga huzurlaridagi korxonalardan bo’lib 2015yilda 105 tani 2016yilda 130 tani 2017yilda esa 125 tani tashkil etgan. 2017yilga kelib ishtirokchilar soni 2015yilga nisbatan 19,2% ga kamaydi. 2017-yil yakuni bo’yicha ilmiy-tadqiqot 103 patent va dasturiy mahsulotlarga guvohnoma olingan. 1653 ta ilmiy muassasa (shundan 462 tasi xorijda), 83 ta monografiya (shundan 7tasi xorijda) ilmiy anjumanlar to’plamlarida 1948 ta tezislar (shundan 669 tasi xorijda) chop etilgan. Bundan tashqari 284 ta ishlanma amaliyotga joriy etilgan. ―Web of Science‖‖ xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasiga milliy obuna bo’lishni ta‘minlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017yil 17 iyundagi 642-F-son farmoyishi ijrosini ta‘minlash bo’yicha ―Web of Science‖ xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasidan foydalanishni tashkillashtirish to’g’risida o’tkaziladigan o’quvlar va seminarlar rejasi ishlab chiqildi. ―Web of Science‖ xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasidan foydalanishni tashkillashtirish bo’yicha 2017yilda o’tkaziladigan o’quv seminarlari yuqori saviyada o’tkazilishini tashkil etish yuzasidan ishchi guruh tarkibi tuzildi. ―Web of Science‖xalqaro ilmiy ma‘lumotlar bazasini keng jamoatchilikka tanishtirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Xususan, 12 ta teledastur, 19 ta radioeshittirishlar, 9 ta gazeta maqolalari va 24 ta internet nashrlari chiqarildi.
Ilm talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o’rni katta. Shu bois, butun dunyoda yangi va ilg’or texnologiyalarni bozor qiymati oshib bormoqda. O’zbekiston bu yo’nalishda o’ziga xos salohiyatga ega hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz rahbarining ilm-fanni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili istiqbolli ilmiy g’oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro’yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o’z ishlarini, birinchi navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga yo’naltirayotir. Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan bog’liq. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda, 4 barobar ko’p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5 barobar ko’p mahsulot yaratadilar. Korxonalarda innovatsion salohiyatni baholashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega: - ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni, bir xodimga to’g’ri keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni, patentlar soni va boshqalar); - kommersializatsiya ko’rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmida yangi mahsulot ulushi, litsenziya shartnomalari soni va boshqalar); - bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning kattaligi); - innovatsiyaning boshqarilayotgan tizimi tavsifi (korxonada innovatsion faoliyatni rag’batlantirish shakllari, yuqori darajadagi 122 rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga oshirishda qatnashishi, innovatsion faoliyatga qatnashuvchilarga erkinlik darajasini ta‘minlanishi). Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xususiyatlardan kelib chiqib, innovatsion strategiyani ishlab chiqish mumkin. Innovatsion strategiya korxonaning uzoq muddatga rivojlanishida innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishini ta‘minlaydigan tadbirlar majmuasidir. Innovatsion o’zgarishlar raqobat afzalliklari asosida o’rganilib, quyidagi strategiyalar ishlab chiqiladi: - differensiatsiyalash; - xarajatlarni pasaytirish; - eng yaxshi qiymat. ―Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyatini misollarda ko’rib chiqish materialni tushunishni yanada soddalashtirish lozim. Shunday ekan innovatsiyalarning turli mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya va Singapurlar misolida mamlakat sanoatida va iqtisodiyotining o’sishidagi ahamiyati e‘tiborga sazovordir. Ularning innovatsion rivojlanishi boshqa Evropa mamlakatlariga nisbatan ancha tez bo’lganligi sababi, bu mamlakatlar innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni xorijdan sotib olib, o’zlari uni takomillashtirish ustida ishlashgan. ―Milliy innovatsion tizim‖ tushunchasini fanga dastlab amerikalik olim K.Frimen 1987 yilda kiritgan. ―Milliy innovatsion tizim‖ turli istitutlarni birgalikda yoki alohida yangi texnologiyalarni yaratishga hissa qo’shgan va hukumat a‘zolarining yangi siyosatni ishlab chiqash va amalga oshirishga ta‘sir etuvchi innovatsion jarayondir. U o’zaro bog’langan institutlar tizimi bo’lib, ular ―bilimlar, yangiliklar va yangi texnologiyalarni tashkil etish, saqlash va uzatishni amalga oshiradilar. Dunyo olimlarining fikricha mamlakat innovatsion taraqqiyoti to’g’ri olib borilgan innovatsion siyosatga bog’liq.Rivojlanish yo’lidan borayotgan har bir davlatning innovatsion siyosatini bosh maqsadi milliy innovatsion tizimning barcha zaruriy unsurlari shakllanishi va o’zaro integrallashgan aloqada bo’lishini ta‘minlashdan iborat. Innovatsiyalar yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va konstruktorlik loyihalari va hokazo.) foydalanish tushuniladi. Bugungi kunda yangiliklar, ularni amalga oshirish, samarali joriy etish va ulardan oqilona foydalanish yo’nalishlari, bozorni egallash, iste‘molchilar talabini qondirishga qaratilgan strategiyalarini o’rganuvchi alohida fan vujudga keldi. Innovatsiyalarning har bir necha turlarini ajratish mumkin. Iqtisodiyotda mahsulot va jarayon innovatsiyalari degan tushuncha bo’lib, ular o’ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Jarayon innovatsiyasi ko’proq foyda olishga qaratilgan yangicha ishlash uslubi, ishlab chiqarish, sotuv jarayonlarini oqilona tashkil etish va bajarishni yanada takomillashtirishni o’z ichiga oladi. Innovatsion jarayonlarga innovatsion marketing va menejment, raqobat, liderlik strategiyalarini misol qilishimiz mumkin. Bunday innovatsion jarayonlar yirik kompaniyalar raqobatbardoshligi ortishida markaziy rol o’ynaydi.
Innovatsion jarayon yangi g’oya paydo bO’lganidan tortib to bozorda sotiladigan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish amalga oshirilgunga qadar bO’lgan O’zaro bog’liq bosqichlar murakkab zanjirini ifodalaydi. Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketmaketlikdagi zanjiri bO’lib, uning davomida yangilik oddiy bir g’oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha ―pishib etadi‖ va xO’jalik amaliyotida tarqaladi18 . Innovatsion jarayon sub‘ektlari quyidagi guruhlarga bO’linadi. 1.Korxonada faoliyat yuritayotgan novatorlarfan- texnika taraqqiyot generatori. 2.Dastlabki renioisitlar – bu birinchi bO’lib yangilikni joriy qilgan tadbirkorlar hisoblanadi. 3.Dastlabki kO’pchilik yangilikni joriy qilgan korxonalar. Ijtimoiy iqtisodiy globallashuv sharoitida innovatsion rivojlanishning uchta asosiy yO’nalishini qayd etishi mumkin: 1.Makromiqyosda ilmiy ishlab chiqarish davrining barcha bosqichlarini O’zida mujassam etgan maqsadli loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish modeli (AQSH, Angliya, Fransiya). 2.Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini mo’tadil innovatsion muhit yaratish orqali optimallashtirish, yangilik va ixtirolarni keng tarqatishga ixtisoslashgan model(Germaniya, Shvetsiya, Shvetsariya). 3.Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish orqali yangiliklar yaratishni rag’batlantiruvchi model(YAponiya, Janubiy Koreya). SHu nuqtai nazardan O’zbekistonda innovatsion rivojlanishning birinchi modelida, ya‘ni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini iqtisodiy amaliyotga tadbiq etish yO’lidan borildi. 19 Innovatsion rivojlanish haqida fikr yuritar ekanmiz, uni belgilovchi kO’rsatkichlar haqida bilish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda universitetlar sifati ham oshirilishi venchur investitsiya kiritilishi kabi jihatdan hisobga olinadi. Reyting tuzishda ekspertlar etti mezonga asoslanadi; -tadqiqot va ishlanmalarga yO’naltirilayotgan xarajatlar; -YaIMning foizlardagi ishlanmasi; -YaIMdagi texnologik ishlab chiqarish qiymati; -sanoatdagi samaradorlik; -mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sektoridagi kompyuterlar soni; -xizmatlar kO’lamining rivojlanganligi; -prefessional tadqiqotchilar; -patentlar soni. 2017 yilda ushbu reytingda g’oliblikni qO’ldan boy bermagan Janubiy Koreya yana birinchi O’ringa sazovor bO’ldi. Shu yili O’zbekiston esa ushbu rO’yxatda 133-O’rinda qayd etilgan. Olimlarning fikricha, mamlakat innovatsion taraqqiyotga erishish uchun ushbu tarmoqqa YAIMning 1 foizi miqdoridan kam bO’lmagan 19 I.Y.Umarov ―Sanoat korxonalarining innovatsion slohiyati ko‘rsatkichlari taxlili‖// ―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar‖ ilmiy elektron jurnali. № 4 iyul-avgust, 2015 yil 125 miqdorda mablag’ yO’naltirishi kerak. Hisob-kitoblarga kO’ra bu O’zbekistonda taxminan 0.19 foizni tashkil etadi. Bundan kO’rinadiki, O’zbekiston innovatsion rivojlanish yO’liga O’tish uchun YaIM hajmida innovatsion xarajatlar miqdorini oshirishi lozim. Yurtimiz dunyoning innovatsion rivojlangan davlatlar rO’yxatidan joy egallashi uchun bizda barcha imkoniyatlar mavjud bO’lib, avvalambor iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish talab etiladi. Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy vazifa yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash tarziga ta‘sir qilishdan iborat bO’ladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi bO’lib mahsulot yoki xizmatni qO’llash, yangi g’oya va ilmiy natijalarni tijorat darajasida O’zlashtirishdir.
Hozirgi kunda ko’plabkorxonalar ―Web of Science‖ bazasiga ulandi. Bular jumlasiga ilmiy muassasalar, oliy o’quv yurtlari, markaziy kutubxonalar (O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo’jaligi, Ilmiy ishlab chiqarish markazi kutubxonasi va boshqalar), tajriba konstruktorlik byurolari, ilmiy ishlab chiqarish hamda fanlar akademiyasi boshqaruv hay‘ati, Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, elektron ta‘lim markazlari ―Web of Science‖ bazasiga login parolsiz to’g’ridan-to’g’ri ulandi. Bugungi kunda jamiyat shu darajada taraqqiy etib ketdiki, unda o’z o’rniga ega bo’lishni istagan har qanday mamlakat yoki kompaniya raqobatga kirishmog’i shart bo’lib qoldi. Rivojlangan mamlakatlarda yohud dunyo sahnida aynan mana shunday raqobatbardosh kompaniyalargina o’z hayotlari davomiyligini saqlab qolishi mumkin. Zamonaviy innovatsion muhit holati ayrim ob‘ektiv sabablarga ko’ra qisqa muddat ichida mahalliy biznesning innovatsion darajasi yuqori bo’lishiga imkon bera olmaydi va shu sababdan uning rivojlanishi davlatning ko’plab yo’nalishlari bo’yicha kuch sarflashini talab qiladi. Bunda quyidagi muammolarga e‘tibor qaratish zarur: - biznesning ilmiy-texnik axborotlarga ega bo’lishi uchun transaksiya xarajatlari juda katta; - yangi texnologiyalarning qiymat va bozor risklari kichik korxonalar uchun yuqori; - innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun o’z resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsion institutlarning keng qamrovli va diversifikatsiyalangan bozori mavjud emas; - xususiy sektordagi ko’plab korxonalarda innovatsion boshqaruv qarorlari tizimi shakllantirilmagan; - fanni ishlab chiqarish bilan bog’lab turishi mumkin bo’lgan innovatsion vositachilar instituti rivojlangan tarmog’i yaratilmagan; - raqobatli muhit mahalliy korxonalarni innovatsiyalarni jalb qilishga etarli darajada rag’batlantirmaydi;
- iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida biznes texnologiyalarining asosiy massasida biznesni tashkil qilishning mablag’larni namunaviy tovarlar ishlab chiqarish yoki ular bilan savdo qilishga kiritishni nazarda tutuvchi an‘anaviy yondashuvlar ustunlik qiladi. Jamiyat va tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang barangligida anglash oldindan ko’ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi. Istalgan bir fanning asosiy funksiyasi shundan iborat. Biroq bu har qanday yirik xo’jalik, ijtimoiy va ekologik qarorlar qabul qilishda ham amaliy zarurat hisoblanadi. Boshlag’ich holatni baholash va undan foydalanishda ikki narsani inobatga olish zarur. Birinchidan, tabiiy qonunlardan farqli o’laroq ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari jamiyatning o’zidagi tub o’zgarishlar bilan birgalikda o’zgarishi mumkin. Industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o’tish bulardan keyingisiga xos bo’lgan qonuniyatlar tizimini yangidan o’rganib chiqish zarurligini ko’rsatadi. Ikkinchidan, ijtimoiy qonun va qonuniyatlar tarkibi bir turda emas, ular ierarxik bo’lib, bilishning turli darajalarini aks ettiradi. Statistika qonunlari evolyusion rivojlanish davrida nisbatan muvozanatli holatda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar faoliyat ko’rsatuvchi struktura va shartsharoitlarni aks ettiradi. Siklik dinamika qonuniyatlari tizim dinamikasidagi notekislikni, sikllar bosqichlarining almashish qonuniyatlari va tizimlar rivojlanish sikllarining o’zini, jamiyatning innovatsion yangilanish jarayonini to’lqinsimonligini ochib beradi. Bu davriy o’zgarayotgan voqelikni anglashning ikkinchi bosqichidir. Bilishning oliy bosqichi sotsiogenetika qonuniyatlari bo’lib, unda ijtimoiyiqtisodiy tizimlar dinamikasida nasliylik, o’zgaruvchanlik va tanlov yig’indisi (birikuvi) hisoblanadi.