Ijtimoiy va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


-jadval Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv va intensiv omilarning nisbati



Yüklə 140,26 Kb.
səhifə11/11
tarix06.08.2023
ölçüsü140,26 Kb.
#138802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Жапаров Юсуп Курс Иши Иктисодиёт назарияси

2-jadval
Iqtisodiy o‘sishda ekstensiv va intensiv omilarning nisbati

Mamlakat

O’sishning ekstensiv/intensiv
omilari %

Buyuk Britaniya

80/20

Germaniya

60/40

AQSH

73/27

Keyinroq amerikalik iqtisodchi R.Solou AQSHda 1909 - 1949 yillarda YAIMning 80% dan ortiq o‘sishiga texnika taraqqiyoti, ya’ni intensiv o‘sishni sabab bo‘lganini aniqladi.


Turli omillarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini hisoblash bo‘yicha kattatadqikotchilardan biri bo‘lib amerikalik iktisodchi E. Denisov tanilgan. U iqtisodiy o‘sishni izohlovchi omillarni ikki toifaga ajratadi. Birinchi toifaga ishlab chiqarishning jismoniy omillari (mehnat va kapital),ikkinchi toifaga mehnat unumdorligini oshishi kiritildi.
Inson faktorining ta’sirini hisoblashda faqat ishchi kuchining soninigina emas, balki ishchilarning jinsi, yoshi, ma’lumoti va kasbiy tayyorgarligidan kelib chiqadigan mehnat unumdorligini hisobga olgan, Kapital omili ta’sirini hisoblashda ham u bir qator o‘zgartirishlar kiritgan, ya’ni turar joy, ishlab chiqarish dastgohlari, sanoat inshoatlari, tovarlar zahirasi, xorijiy investisiyalar ta’sirini ham hisobga olgan. Shularni hisobga olgan holda har bir alohida omilning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasini aniqlagan.
Mehnat unumdorligani iqtisodiy o‘sishga ta’sirini hisoblashda E. Denison fikricha bu ta’sir quyidagi jarayonlar natijasida hosil bo‘ladi:
1. Texnologik bilimlarnichukurlashuvi yoki ishlab chiqarish jarayonini tashki letish sharoitni yaxshilanishi;
2. "Qo‘ldan berilgan imkoniyatni qaytatiklash",bu yuqori rivojlangan mamlakatlar tomonidan qoloq mamlakatlarga o‘z bilim va tajribalarini berish va bu orqali ularni optimal nuqtaga yetkazish;
3. Ishlab chiqarishning jismoniy omillarini yaxshilanishi,bu omillarni ko‘proq foyda keltiradigan soha va mintaqalarga sarflanishi . Qachon omillarnijoylashtirishdaoptimal holat yuzagakelsa, ishlab chiqarish o‘sadi. Denisonning fikricha bu xildagi optimallashtirishning quyidagi imkoniyatlarimavjud:
a) qishloqxo‘jaliginiintensivlashuvi natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha ishchi kuchini joylashtirilishi natijasida yig‘ilgan kapitalni yaxshiroq ishlatilishini ta’minlanadi;
b) kichik, mustaqil ishlab chiqaruvchilar sektorini qisqartirish (qishloq xo‘jaligidan tashqari band bo‘lganlari) orqali agrar sektorda bo‘layotgan o‘xshash o‘zgarishlarga erishish;
v) xalqaro savdodagi mavjud cheklovlarni bekor qilish orqali xalqaro mehnat taqsimotini yaxshilash.
4. ishlab chiqarishni mahsuslashuvi va milliy bozorlarning kattalashuvi orqali iqtisodiyot masshtablariningo‘sishi.
E.Denison tomonidan keltirilgantahlilAKD1, Gʻarbiy Yevropa va Yaponiyadagi iqtisodiy o‘sish suratlaridagi farqni tushuntirib beradi. AQSHda iqtisodiy o‘sish nisbatan sezilarsiz bo‘lishi bilan birga (1948yildan 1969 yilga qadar AQSHda iqtisodiy o‘sish 3,87%, Gʻarbiy Yevropada 4,78% hamda Yaponiyada 8,81%ni tashkil etgan) bu o‘sish boshqa omillar ta’sirida ro‘y bergan. AQSHda iqtisodiy taqqoslanayotgan mamlakatlarga nisbatan ko‘proq mehnat va capital sarfini oshirishga asoslangan bo‘lib, mehnat unumdorligini oshirilishiga e’tibor sust qaratilgan. 1970yillar boshidan esaAQSHda mehnat unumdorligini oshirish iqtisodiy o‘sishga kuchsiz ta’sir o‘tkaza boshlagan, sababi atrof muhitni himoya qilish va inson yashash muhitini rivojlantirishga mablag‘ ajratila boshlagan. Gʻarbiy YevropavaYaponiyada esa sharoit umuman boshqa bo‘lgan. GʻarbiyYevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sish 2/3qismi mehnat unumdorligini hisobiga ro‘y bergan. Bunda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida AQSHni quvib yetishga bo‘lganharakat, shuningdek ishlab chiqar ishni zamonaviylashtirish, ishchi kuchlarini samarali joylashtirish (yashirinishsizlikni qisqartirish va ishchi kuchlarini qishloq xo‘jaligidan boshqa sohalarga yo‘nalitirilishi hisobiga) asosiy omilga aylandi.Yevropa mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishga bo‘lgan ijobiy yalpi talabni oshishiga olib keldi.
Yaponiyada iqtisodiy o‘sishning 50% mehnat va kapital sarfi xarajatlarini oshirish hisobiga qolgani mehnat unumdorligini o‘stirish hisobiga ro‘y berdi. E. Denisonning fikricha Yaponiyadagi iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bu kapital ko‘yilmalarning xajmini oshishiga bog‘liq bo‘lgan. Bu omil hisobiga 1948-1969 yillardagi yillik 8,81% iqtisodiy o‘sishning 2,1% to‘g‘ri kelgan. Texnologik rivojlanish hisobiga 1,97%, ishlab chiqarishning kengaytirilishi hisobiga 1,94%, iqtisodiy resurslarning samarali joylashtirilishi hisobiga 0,94% to‘g‘ri kelgan. Oxirgi omilning ta’sirini yuzaga kelishiga sabab qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi salmog‘ini tahlil qilinayotgan oralikda 35,6%dan 14,6%ga qisqarishi hisoblanadi.
E.Denison tahlili juda qiziqarli va kutilmagan xulosalarga boy, mantiqiy ketma-ketlikda va aniq edi ,shunga qaramay bu tahlil e’lon qilingach juda ko‘p tanqidiy fikrlar paydo bo‘ldi.Tadqiqotlarning asosiy kamchiligi - Denison
tomonidan omillarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini alohida o‘rganganligida va bunda ularning o‘zaro bog‘likligi va o‘zaro ta’sirini e’tibordan chetda koldirganligida bo‘ldi.
1970 yillarda AQSH va boshqa rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotning o‘sishi sekinlashdi. Bunga asosiy sabab mehnat unumdorligani o‘sish sur’ati pasayganligi bo‘ldi. 1980-1990 yillarda bu sur’at bir muncha o‘sgan bo‘lsada, lekin "tez iqtisodiy o‘sishning oltin davri" deya ta’riflangan 1960 yillardagi darajaga yeta olmadi. Mehnatunumdorligini o‘sishining pasayishini iqtisodchilar qatorsabablar ta’siri bilanizohlaydilar:
- Ishchi kuchini jinsiy yoshini tuzilmasi xolatini yomonlashishi bilan (yoshlar sonini nisbatan ko‘paishi, urushdan keyingi yillarda tug‘ilganlar sonini ko‘paishi,va qisman ish bilan bandliklarni soniniko‘paishi).
- Atrof muxitni yaxshilash uchun sarflarniko‘paishi,
- Shu davrda dunyo bozorida neftga narxlarni oshib ketishi (10-11barobar)
- Yangiliklarni kiritishni kamaibketishi,
- Dalat iqtisodiyotnt tartibga solishnizo‘raishi.
Ba’zi mualliflarning ta’kidlashlaricha, neft narxlarining oshishi natijasida mavjud kapitalning qadrsizlanishi va yangi sarmoyalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish o‘rniga mazkur kapitalni qoplashga yo‘naltirilishi sababli iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadi. Shubxasiz, bunday argument tahlil qilinayotgan davrga nisbatan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, biroq, energiya jamg‘arish tarmokdarida energetik texnologiyalarni almashtirgandan so‘ng iqtisodning teskari rivojlanishi - ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi kuzatiladi (80-90yillar bunga misol bo‘la oladi).
Ba’zi olimlarning fikricha, davlat nazoratining kuchayishi esa barcha tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, R.Dornbush va S.Fisher bu to‘grisida shunday adolatli fikrni bildirganlar: «Davlatning aralashuvi, masalan iflosgarchilikni oldini olishga qaratilgan xarakatlari atrof muxitning tozaligiga va millatning sog‘ligiga katta xissa qo‘shadi, amms YAIM o‘sishida hech qanday ta’siri bo‘lmaydi».
Sobiq Ittifoq davrida o‘sish sur’atlarining ekstensiv shaklidan intensiv shakliga o‘tishi faqatgina 80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshida rejalashtirilgan edi. Ushbu xarakat 80-yillarning o‘rtasida boshlangan qayta qurish davrining eng asosiy vazifalaridan biriga aylanishga ulgurganedi. 10-va 11-besh yilliklarda (1975-1980,1981-1986y.y.) mamlakatda iqtisodiy o‘sish deyarli to‘xtab qolgan edi. Bunga sabab, iqtisodiy o‘sishning ekstensiv faktorlari,ya’ni ish kuchining oqimi, tabiiy boyliklarining qazilishi, korxonalar daromadlarining va davlat moliyaviy resurslarining o‘sishi to‘xtab qolganligidir.
Shuning uchun, 1985 yilda SSSRda ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish vazifasi e’lon qilindi. Bunda, iqtisodiy o‘sishning intensiv shakliga o‘tish nazarda tutilgan edi. Bu maqsadlarda quyidagi Zta instrument ko‘zda tutilgan:
- inson faktorini jadallashtirish va bu ko‘rsatkichning iqtisodiy o‘sishdagi ulushi , olimlarning fikricha, 10% bo‘lishi kerak edi;
- o‘sish sur’atini 20% ko‘rsatkichida ta’minlashga mo‘ljallangan xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish;
- iqtisodiy o‘sishning 70% ulushini tashkil etishi ko‘zda tutilgan ilmiy-texnik rivojlanish sur’atlarini jadallashtirish.
Dastlabki bosqichlarda SSSRda inson faktorlarining jadallashuvi barcha tabaqalarda-mehnat jamoalari va umum davlat pog‘onalarida-propaganda tadbirlarini amalga oshirish orqali ro‘y bergan. Keyinchalik moddiy manfaatdorlikni ham hisobga olgan holda xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish oydin masalaga aylanib qoldi. Bu esa iqtisodiy otilmida baxs-munozaralar hamda ishlab chiqarishda xo‘jalik eksperimentlarini yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Natijada xo‘jalik mexanizmini qayta qurishda asosiy vazifalardan biri ishlab chiqarishning pudratchilik shaklidan foydalanish ekanligi tan olindi. Pudratchilik iqtisodiyotni xususiylashtirish va mehnat jamoalariga kengroq iqtisodiy erkinlik yaratilishini anglatadi: bunda ishlab chiqarish manbalariga bo‘lgan yuridik huquk davlatga tegishli bo‘lib, mehnat jamoalari esa ishlab chiqarilgan mahsulotlarning to‘lahuqukli egalari hisoblangan. Ularning shartnomalar tuzishda, narxlarni belgilashda, mahsulot xajmlari va yetkazib berish muddatlarini anikdashda erkin ekanliklari xo‘jalik turining yangi shayuti - bozor mexanizmini yaratish va rivojlantirishga asos solgan.
Vaholanki, 90-yillarning boshida SSSRda, keyinchalik Rossiyada davlat mulkini to‘liq xususiylashtirish jarayoni boshlanganligi sababli, pudratchilik bozor munosabatlariga o‘tishda o‘zining afzalliklarini oqlay olmadi. Xususiylashtirish jarayonining jadallashuvi va uning vaucherlar (bepul) asosida amalga oshirilishi butun iqtisodiyotda va jamiyatda tuzulmaviy nuqsonlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ldi: asosiy va aylanma kapitalning samaradorligi pasaydi, milliy xo‘jalikning makroiqtisodiy boshqarilishi susaydi investisiyalar va ishlab chiqarish keskin ravishda pasaydi. Xususan,1993 yilda Rossiyada metall va metallga ishlov beruvchi uskunalarning xajmi 1989 yilganisbatan 30%ga pasaydi, go‘sht va go‘sht mahsulotlari,sut va sut mahsulotlari, mato va poyafzallarning ishlab chiqarish xajmi 50-60% gapasaydi. Mamlakatning YAIM xajmi 1990 yildan 1992 yilgacha deyarli 2 baravarga qisqardi.
Shunday qilib, 90 –yillar boshida Rossiya bozor islohotlarini amalga oshirishga kirishganda, mamlakatda iqtisodiy o‘sish nuqtai nazaridan va kuum hosil bo‘ldi-o‘sishning ekstensiv faktorlari batamom tugatilganedi,intensiv faktorlar esa hali tayyorlanmagan edi. Bundan tashqari, qayd etish kerakki, o‘tmishdagi o‘sishning ekstensiv faktorlari mamlakatga yangi sharoitlarda xo‘jalik yuritish uchun ob’yektiv va sub’yektiv imkoniyatlarni tayyorlash imkonini bermadi. Gap shundaki,o‘sishning ekstensiv usulining nafaqat ijobiy tomoni (oddiy va arzon o‘sish, ma’lum bir chegaralargacha) balki salbiy tomoni hammavjud:
- mahsulotishlab chiqarishning mikqdoriy o‘sishi texnik-iqtisodiy progress bilan kuzatilmaganligi sababli, unga texnik qotib qolishlik xususiyatlidir;
- aksariyat hollarda ishlab chiqarishning o‘sishi xarajatli xarakterni o‘ziga qabul qiladi. Bu iqtisodiyotning o‘sish templari ishlab chiqarishda iqtisodiy resurslarni ko‘paytirish va ularni jalb qilish templaridan orqada qolishshi anglatadi. Gʻarb mutaxassis-larining fikriga ko‘ra, AQSH va boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda Rossiyada har bir mahsulot soniga 2-3marta ko‘p bo‘lgan xomashyo,materiallar va energiyalar to‘g‘ri keladi. Ekstensiv o‘sishning bahosi shunday.
9 - besh yillikdagi ekstensiv o‘sishning ko‘rinishi rasmdagi diagramma aks ettirishi mumkin. Unda asosiy kapitalga va materiallarga xarajatlarning o‘sishi mamlakat YAIM o‘sishidan ko‘pligi ko‘rsatilgan, va faqat ishchi kuchining tabiy chegaralanganligi uning yirik masshtablarda foydalanishiga yo‘l qo‘ymayapti.
Intensiv o‘sish modeli bir qator yangi tavsiflarga, xususiyatlarga va ustunliklarga ega:
- iqtisodiyot o‘sishining bir muncha qiyin usuli bo‘lib,unda ilmiy-texnik rivojlanish hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Shunga muvofiq, u ishlab chiqarish kuchlari, texnika, texnologiyalarning yuqori darajada o‘sishini va xodimlarning yuqori ma’lumotini va mutaxassisligini nazarda tutadi.
- iqtisodiyotning aynan mana shu o‘sish usuli resurslarning chegaralanganlik muammosini hal etish imkonini beradi. Bu esa, aynan mana shu usulda iqtisodiyot o‘sishining asosiy manbalaridan biri bo‘lib resurslarni tejash, hisoblanadi, bu jamiyat uchun resurslar o‘sishiga qaraganda bir muncha arzonga tushadi. Misol uchun, 1t yoqilg‘ini tejash (7 ming kilokaloriy), 1 t yoqilg‘ini qazib chiqarishga qaraganda 3-4 marotaba kam xarajatni talab qiladi.
Biroq, iqtisodiyotning intensiv o‘sish usuliga o‘tish oson ish emas.Iqtisodiyot tarkibini progressive qayta qurish, ilmiy sohalar ulushini ko‘paytirish, ishchi kuchini tegishli qayta tayyorlash, ishlab chiqarishning iqtisodiyotda ko‘chib yurishidagi yengillik va boshqalar talab qilinadi. Shu sababdan, bozor islohotlari yo‘lidan harakatlanish iqtisodiyot o‘sishining intensifikasiyalash (kuchaytirish) shartlaridan biridir.

XULOSA

    1. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o’sishda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy o’sish bеvosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy rеsurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

    2. Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi «70 miqdori qoidasi» yordamida ham ochib bеrish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kеrak bo’ladi.

    3. Iqtisodiy o’sishning ekstеnsiv va intеnsiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi tеxnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi orqali o’sish ekstеnsiv iqtisodiy o’sish dеyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi tеxnikani qo’llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdеk mavjud ishlab chiqarish potеntsialidan yaxshiroq foydalanish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intеnsiv iqtisodiy o’sish dеyiladi.

    4. Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy rеsurslarning miqdori va sifati; mеhnat rеsurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; tеxnologiya va fan-tеxnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Rеsurslarning o’sib boruvchi hajmidan rеal foydalanish va ularni kеrakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari dеyiladi.

    5. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish omillarini o’rganish hamda uning kеlgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o’sish modеllarining yaratilishiga olib kеldi. Bu modеllar o’z mazmuniga ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning kеynscha (kеyinchalik nеokеynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (kеyinchalik nеoklassik) nazariyasi yotadi.

    6. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intеllеktual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.

    7. Iqtisodiy o‘sish jarayonini soni va sifati o‘zgarishi.

    8. Jamiyatda hamda iqtisodiyotning soni va sifati o‘sishi bilan iqtisodiy o‘sish jarayoni belgilanadi. Iqtiosdiy jarayonlardagi o‘zgarishlar o‘zi orqali boshqa kata o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, ya’ni, institutlardagi ijtimoyi o‘zgarishlarni olib keladi. Gap medernizasiya haqida bormoqda, iqtisodiy reja ijtimoyi va huquqiy tenglikni ta’minlash. Fuqarolarning ishlab topgan sof foydasi institutsion reformalar, yer bo‘yicha savodxonligi, salmoqni saqlash, davlatni yuritish, mehnatsevarlikni ta’minlash, haqiqiylik o‘z-o‘ziga ishonish, o‘zgarishlarga tayyorlik.

    9. Iqtisodiy o‘stsh jarayoni bir qancha faktorlar orqali belgilanadi:

a) taklif faktorlari (ishchi kuchining soni va sifatining o‘sishi, mablag’, tabiy xom- ashyo, texnologiyani yaxshilanishi va i/ch ni tashkilashtirish, ishbilarmonlika moslilik)
b) talab va taqsimlash faktorlari (bozorda monopoliyani darajasi tushib ketishi, soliq yaxshi o‘ylga qo‘yilishi, talabning ko‘payishi, investision va davlatning xarajatlari ko’payishi).
Iqtisodiy klasifikasion o‘sish faktorlari 2 kategoriyaga bo‘linadi:
a) i/ch ning fizik faktorlari
b) mehnatni i/ch faktorlarning o‘sishi
v) qo‘yidagi faktorlar iqtisodiy o‘sish turini belgilab beradi. Iqtisodchilar 2 ta turni ajratishadi: ekstensiv qachonki iqtisodiy ham oliy sifatli ko‘rinishda tortiq etilsalar va intensiv, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu turlari bitasi ham alohida yaka holda uchramaydi, o’shaning uchun gap faqat bu turlarning vakolatlari haqida borishi mumkin. Intensiv o‘sish o‘zini alohida vakolatlariga ega:
a) bu jarayon ilmiy texnikaviy o‘sish orqalinamoyon bo‘ladi, o‘shaning uchun kup ish mahoratli ishchini talab etadi.
b) hom-ashyo kamayib ketish muammosi oldini oladi uning uchun bu turning asosiy ko‘rinishi hom-ashyo saqlash manbi hisoblanadi.
v) jamiyatning yaxshi yashashiga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.G`ulomov S.S., Alimov R.X., Salimov B.T., Xodiyev B.Yu. Mikroiqtisodiyot. -T.: Sharq, 2001.


2. Konyuxovskiy P.V. Mikroekonomicheskaya modelirovaniye v bankovskoy deyatelnosti. Moskva, Xarkov, Minsk, 2001.
3. Faltsman V.K. Osnovo‘ mikroekonomike. - M.: TEIS, 2000.
4. Moskva Institut Mikroekonomiki.
www.citymarket.ru.
www.arxiv.uz
www.aim.uz


Yüklə 140,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin