Ijtimoiy va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Iqtisodiy oʻsishning hozirgi zamon shakli va ko'rsatkichlari



Yüklə 140,26 Kb.
səhifə7/11
tarix06.08.2023
ölçüsü140,26 Kb.
#138802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Жапаров Юсуп Курс Иши Иктисодиёт назарияси

2. Iqtisodiy oʻsishning hozirgi zamon shakli va ko'rsatkichlari
Pandemiya barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatayotgan bir paytda qaysidir tarmoqlarda pastlash, boshqa birlarida esa inqiroz holatlarining kuzatilishi tabiiy. Yurtimizda bu borada ko'rilgan qat'iy chora-tadbirlar ana shunday jiddiy yo'qotishlarning oldini olishga xizmat qilyapti. 2021-yilning dastlabki uch oyida yalpi ichki mahsulotning 3 foizga oshishi buning amaliy tasdig'i hisoblanadi.Bu haqda joriy yilning 12-may kuni Prezident ishtirokida makroiqtisodiy vaziyat, hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash bo'yicha birinchi yarim yillikdagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ma'lum qilindi. Shuningdek, mazkur davrda sanoat — 3,8 foizga, qishloq xo'jaligi — 3,1 foizga o'sgani ham ta'kidlandi. Birinchi chorakning makroiqtisodiy tahlillariga ko'ra, O'zbekiston iqtisodiyoti kuchli o'sish traektoriyasiga qaytmoqda. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmining o'sishi kuzatildi. Dastlabki uch oyda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulotlari ko'rsatkichlari 2020-yil birinchi choragiga nisbatan biroz pastlaganiga qaramay, 3,1 foiz o'sish bilan yakunlandi.Bunda qayta ishlash sohasidagi 4,6 foiz yuqorilash, elektr energiyasi, gaz, bug' va konditsionerlik sohasidagi ishlab chiqarishning 2020-yilning birinchi choragidagi 7,9 foizdan joriy yilning mos davrida 10,1 foizni tashkil etganligi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 3,8 foizga oshishiga xizmat qildi. Mazkur davrda qurilish sektori 0,5, xizmat ko'rsatish sohasi 5,8, transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga o'sishi kuzatildi. Yilning dastlabki uch oyida chakana savdo hajmi ham o'tgan yilning shu davriga nisbatan (3,8 foiz) biroz pasaygan holda, 2,8 foizga yuqoriladi. Barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramay, ayrim tarmoqlarda yetarli ko'rsatkichga erishilmagani ham ko'zga tashlanmoqda. Xususan, birinchi chorakda “O'zavtosanoat”da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, “O'zbekneftgaz”da 4,7 foizga, charm mahsulotlari 10 foizga pasaygan. Davlatimiz rahbari yig'ilishda mutasaddilarga “so'nggi bir yilda dori-darmon va tibbiyot buyumlariga ehtiyoj keskin oshsa-da, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish 22 foizga kamayishini qanday izohlash mumkin?”, deya savol berdi. Vazirlar, viloyat, tuman va shahar hokimlari, tarmoq va bank rahbarlariga may-iyun` oylarida birinchi navbatda asosiy energoresurslar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha topshiriqlar berdi. Bugun mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi uzoq-yaqindagi boshqa davlatlarning taraqqiyotiga ham bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Bu barcha sohalardagi hamkorlik aloqalari natijasida mamlakatga kirib keladigan pul mablag'larida yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Pandemiya qo'shni mamlakatlar hamda yirik savdo sheriklarimiz iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda. Xususan, Qozog'iston YAIM birinchi chorakda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga kamaygan bo'lsa, Qirg'iziston iqtisodiyotidagi turg'unlik davom etayapti. Rossiya YAIMda esa, mazkur davrda taxminan 1,8 foizga pasayish kuzatilgan. Bu borada Xitoy iqtisodiyotida rekord darajada o'sish sur'ati (18,3 foiz) qayd etildi. Mamlakatda 2020-yilning to'rtinchi choragida YAIM o'sishi 0,6 foizni tashkil etgan edi.
Shu bilan birga rivojlandi: qurilish – 8,3 foiz, transportda yuk va yo’lovchi tashish hajmi – 10,2 foiz, savdo sohasi – 7,2 foizga o’sdi».
Mamlakatimizda 1997-2008 yillar davomida nominal YAIMning qiymati, rеal Yaimning o’sish sur’ati hamda uning aholi jon boshiga o’sishi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi jadval orqali ko’rish mumkin (2.1-jadval).
Shuningdеk, iqtisodiy o’sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kеngayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko’payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig’ining o’ng tomonga qarab siljishiga olib kеladi.



Yüklə 140,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin