Ijtimoiy va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida umumiy tushuncha. Milliy iqtisodiyot



Yüklə 383,53 Kb.
səhifə3/9
tarix09.08.2023
ölçüsü383,53 Kb.
#138991
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Сейпуллаев Ниетулла Курс Иши Иктисодиёт Назарияси

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar haqida umumiy tushuncha. Milliy iqtisodiyot.

Makroiqtisodiy o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi.Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, YaIMni uning harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi.


Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko‘rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi.Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi.2 Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo’llaniladigan ko„rsatkichlardan farqli tarzda bu ko„rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub‟ektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Istemol (C), Jamgarish (S) korsatkichlarining hajmi va osish suratlari;
-iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
-mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o’sish suratlari;
-resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);
-davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste’mol baholari indeksi, inflatsiyaning o’sish suratlari;
-ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
Aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko’rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo’llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko’rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o’tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.Ular yordamida butun iqtisodiyotning holati, uning o'sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi, ular yordamida davlat o'z iqtisodiy siyosatini belgilaydi.Ma'lum vaqt oraliғidagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o’rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o’tilgan barcha ko’rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo’l qo’yilishi mumkin.Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari makroiqtisodiy statistika va tahlilda uzoq davr mobaynida yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Har ikkala agregat ko’rsatkich ham mamlakatdagi iqtisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o’zaro farq qilishadi. Bugungi kunga kelib Milliy hisobchilik tizimini qo’llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi asosiy makroiqtisodiy ko„rsatkich sifatida tan olindi. Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda YaIMga ishlab chiqarilishida qo’llanilgan resurslar qaysi davlatga tegishliligidan qat’iy nazar, mamlakatning jug’rofiy hududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baholari yig’indisi deb ta’rif berib kelingan. 1993 yilda qabul qilingan (2008 yilda yangi tahrir) BMT MHTning yangi talqiniga ko’ra Yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasiga aniqliklar kiritildi. Yalpi ichki mahsulot - mamlakat hududida ma’lum muddat davomida ishlab chiqarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baholarining umumiy yig’indisidan iborat.3
YaIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda faqatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. Chunki mamlakat yuridik shaxsi boshqa mamlakat hududida bir yildan ortiq faoliyat yuritsa o„sha mamlakat rezidenti deb qaraladi.
«Milliy tegishliligi va fuqaroliligidan qat’iy nazar, mazkur mamlakatning iqtisodiy hududida iqtisodiy manfaat markaziga ega bo„lgan (ishlab chiqarish faoliyati bilan shug„ullanadigan, yoki mamlakat hududida bir yildan ortiq yashayotgan) barcha iqtisodiy birliklar(korxonalar, uy xo„jaliklari) rezident hisoblanishadi» 4. Elchixonalar va harbiy bazalar o’zlari tegishli bo’lgan mamlakatlarning iqtisodiy makoni bo’lib qolaveradilar. Aynan shu jihat YaIMni hisoblashda iqtisodiy va jug’rofiy hudud o„rtasidagi farq deb qaraladi. YaIM uch xil usul bilan hioblanadi:
1.Ishlab chiqarish usuli;
2.xarajatlar usuli;
3.daromadlar usuli.
Har uchala usul bilan hisoblangan YaIM ko’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda o’zaro teng bo’lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YaIM ko’rsatkichni hisoblashda o’ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi.5Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning asosiy shartlari quyidagilar:
-yakuniy tovarlar va xizmatlar bahosini ifodalaydi;
-bozor baholarida hisoblanadi;
-faqat joriy yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar bahosini o’z ichiga
oladi;
-sof moliyaviy bitimlar bahosini o‟z ichiga olmaydi.

Yüklə 383,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin