Ijtimoiy va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 383,53 Kb.
səhifə4/9
tarix09.08.2023
ölçüsü383,53 Kb.
#138991
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Сейпуллаев Ниетулла Курс Иши Иктисодиёт Назарияси

Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi.
Makroiqtisodiyot, milliy iqtisodiyot, xalq xo‘jaligi, yaxlit tarzdagi mamlakat iqtisodiyoti – bular bir-biriga ayniy tushunchalar bo‘lib, ma’lum hududiy chegaralarda tarixan tarkib topgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish tizimini tavsiflaydilar. Milliy iqtisodiyot uni jahon hamjamiyatidagi boshqa mamlakatlardan ajratib turuvchi tarixiy, tabiiy-geografik, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni o‘zida namoyon etadi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi; mazkur sub’ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi 1-chizma orqali tasvirlash mumkin.



Milliy iqtisodiyot

Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustqil birliklar

Korxonalar

Uy xo`jaliklari

Davlat (ko`plab xo`jalik yurituvchi birliklari bilan)

1-chizma. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi.
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi va monopollaShuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, fan-texnika taraqqiyotining miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, hududlarning er maydonlari va infratuzilma ob’ektlari bilan ta’minlanganligi, ekologiya holati.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning makrodarajadagi o‘zaro aloqasi jamiyatdagi mehnat taqsimoti bilan shartlangan ob’ektiv jihatdan zarur jarayon hisoblanadi. Bu jarayon xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy manfaatlarining harakati shaklida maydonga tushadi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi. Bunda makroiqtisodiy jarayonlarning sub’ektlari bo‘lib alohida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (ishchi, tadbirkor, boshqaruvchi va boshqalar) emas, balki ularning nisbatan kengroq toifalari – aholi, mehnat resurslari, band bo‘lgan ishchi kuchi, ishsizlar va boshqalar hisoblanadi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondoShuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muauyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tuShunish;
5) ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga yo‘naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona manbai bo‘lib mamlakatning barcha aholisini ish joylari hamda daromadlarning oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o‘sishi ekanligini tuShunish.
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga ma’lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. Ikkinchidan, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, Ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash, qayta taqsimlash va natijada foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi.
Nihoyat, uchinchidan, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YAMM), yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyasiya va boshqa Shu kabilar hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarishni bir zumga ham to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki u bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanib ketgan turli ishlab chiqarish jarayonlari o‘rtasidagi aloqalarning uzilishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hajmining keskin kamayib ketishiga va jamiyat a’zolari ehtiyojlarining qondirilmay qolishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.

Yüklə 383,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin