Ijtimoiy va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 383,53 Kb.
səhifə8/9
tarix09.08.2023
ölçüsü383,53 Kb.
#138991
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Сейпуллаев Ниетулла Курс Иши Иктисодиёт Назарияси

Makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni o'ziga xos xususiyatlari.

Mamlakat iqtisodiyotining Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari Ishlab chiqarish usulidahisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo„shilgan qiymatlar yig„indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo„lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya‟ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini to’g’ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko’pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o’taydi. Shu sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko„p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi.Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlahs siklidan chiqqan, yakuniy iste‟mol, jamgarish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi.Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo'shilmaydi. Qo‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o'rtasidagi farq ko’rinishida aniqlanadi.6 Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko„rsatkichinig strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qo„shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o„zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o’zaro qo’shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:


Uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (C): uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
Kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga v): iste’mol xizmatlari to’loviga.
Yalpi ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I): asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
Korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan; v) tovar zahiralari o„rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o’zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G). Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo„llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to„lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to’lovlari kiritilmaydi.7 Sof eksport (Xn): mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo„yicha xarajatlar o„rtasidagi farq. YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin: YaIM = C + I + G + Xn YaIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo‘yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo„yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo’shilgan qiymatlar hisobidan, to’langan dastlabki daromadlar qo’shib chiqiladi. YaIMni daromadlari yig’indisi ko’rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar(qo„shilgan qiymat solig„i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o„rtasidagi farq;
-yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to’lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to’lanadigan ijtimoiy sug’urta ajratmalari.
-Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo„jaliklariga tegishli korxonalar bo„lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o„zaro qo„shilib ketgan bo’ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo„llashga sabab bo’ladi. R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);YaIMni daromadlar ko’rinishida yalpi qo’shilgan qiymatni ko„rsatilgan uch guruhga bo’lib topish mumkin:
YaIM = Tn + W+R Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko’rinishidagi daromadlar paydo bo’ladi. Shuningdek, YaIMni daromadlar ko„rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo’lish ko’zda tutiladi:
-amortizatsiya (A);
-bilvostia soliqlar (T);
-yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
-ijara haqi to’lovi va renta ko’rinishidagi daromadlar(R1);
-kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (P1); -korporatsiya foydasi (P2).Korporatsiyalar foydasi o’z navbatida quyidagilarga bo„linadi: a) korporatsiyasi foydasidan to„lanadigan soliqlar (P2.1);
b) hissadorlar o„rtasida taqsimlanadigan dividendlar(P2.2);v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(P2.3). Keltirilgan yondoshvuga ko’ra:
YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + P1 + P2
Xarajatlar va daromadlar ko„rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o’zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subekt uchun daromad bolib tushadi.
Makroiqtisodiy tahlilini amalga oshirish uchun dastlab makroiqtisodiy jarayonlarni ob’ekt sifatida, ya’ni makroko‘rsatkichlarni bilish kerak, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, hisoblash usullarini, ularga ta’sir qiluvchi omillar tizimi haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lish lozim.Iqtisodiy hodisa va jarayonlarga monistik (yagona) tarzda qaralgan mikroiqtisodiyotdan farqli o‘Iaroq, makroiqtisodiy hodisa va jarayonlarda 2 xil yondoshuv, ikki xil maktab, ikki xil yo‘nalish mavjud: klassik va keynsian (zamonaviy sharoitlarda esa tegishlicha neoklassik va neokeynsian).
Shuning uchun bir-biridan bir necha xil tizim:
-nazariy asos;
-model tenglamalari;
-nazariy xulosalar;
-amaliy tavsiyalar bilan farqlanuvchi 2 xil makroiqtisodiy model mavjud.Maktablar o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilar:
a) bozor kon’yunkturasi o‘zgarishiga narxlar egiluvchanligi va ular moslashuvchanligi tezligi masalasi;
b) iqtisodiyotga davlat aralashuvining zarurligi darajasi va uning instrumentlari.
Klassik modelga XVIII asrda asos solingan bo‘lib, uni mazmunan boyitgan buyuk iqtisodchilar: A. Smit, D. Rikardo, J. -B. Sey,Dj. -S. Mill, A. Marshall, A. Pigu va boshqalardir.Klassik modelning asosiy qoidalari quyidagilar:
l.Iqtisod ikki, mustaqil boMgan: real va pul sektoriga boMinadi.Bu makroiqtisodiyotda “klassik dixotomiya”tamoyili nomini olgan. Pul sektori real ko‘rsatkichlarga ta’sir etmaydi, u faqatgina nominal ko‘rsatkichlami real ko‘rsatkichlardan farqini ko‘rsatadi va bu tamoyil “pullaming betarafligi” nomini olgan. Bu tamoyil pullaming real sektordagi vaziyatga ta’sir etmasligini va barcha narxlar nisbiy ekanligini bildiradi. Shuning uchun klassik modelda pul bozori mavjud emas va real sektor uchta bozordan iborat:
-mehnat bozori;
-kapital bozori;
-tovar bozori.
2.Barcha real bozorlar sof raqobatli bo‘lib, bu XVIII asr va butun XIX asr davriga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy holatdir. Shuning uchun iqtisodiy agentlaming barchasi “price takers”dir.
3.Barcha bozorlarda takomillashgan raqobat mavjud bo‘lganligi sababli barcha narxlar egiluvchan. Bu mehnat bozorida ham nomi­ nal ish haqi stavkasiga, kapital bozorida ham foiz stavkasiga, Tovar bozorida ham tovar narxiga tegishli. Narxlar egiluvchan deyilganda, narxlar bozor kon’yunkturasi o‘zgarishiga (ya’ni talab va taklif nisbati o‘zgarishiga) mos ravishda o‘zgarishini va resurslaming toMiq bandligi sharoitida bozor muvozanatining har qanday bozorda buzilishini tiklashini ta’minlashini tushunmoq lozim.
4.Narxlar egiluvchan ekan, bozor muvozanati bozorlarda avtomatik tarzda o‘matiladi, ya’ni A. Smitning “ko'rinmas qo‘l”, ya’ni bozorlami o‘z-o‘zini muvozanatga keltirish, tartibga solish (marketclearing) tamoyili amal qiladi.
5.Bozor muvozanati bozor mexanizmi orqali avtomatik tarzda ishga tushar ekan, u holda hech qanday tashqi kuch, tashqi agent iqti­sodiy jarayonlami tartibga solishda aralashmasligi lozim. Shunday qilib, iqtisodiyotga davlat aralashmasligi kerak degan tamoyil asos topdi va “laissez faire” nomini oldi, fransuzchadan bu “hamma narsa qanday qilinsa shunday qilinsin, qanday ketsa shunday ketsin” degan ma’noni anglatadi.
6.Iqtisodning asosiy muammosi-bu resurslaming cheklanganligi muammosidir, shuning uchun barcha resurslar to‘la bandlik sharoitida samarali va rasional ishlatiladi.(Mikroiqtisodiyotdan ma’lumki, barcha mavjud bozor strukturalari ichida resurslaming nisbatan samarali ishlatilishi aynan sof raqobatga to‘g‘ri keladi). Shuning uchun ishlab chiqarish hajmi doimo o‘zining potensial ish­lab chiqarish darajasida boMadi.
7.Resurslaming cheklanganligi ishlab chiqarishni, ya’ni yalpi taklifhi iqtisodning eng asosiy muammosi qilib qo‘yadi. Shuning uchun klassik model (“supply-side”) iqtisodni yalpi taklif tomonidan o‘rganadi. Asosiy bozor-bu resurs bozori va birinchi navbatda mehnat bozoridir. Yalpi talab yalpi taklifga doimo mos keladi. Iqtisodda “Seyu” qonuni amal qiladi. Bu qonun XIX asr boshlarida fransuz iqtisodchisi Jan-Batist Sey tomonidan yaratilgan. U shunday ta’kidlaydi: taklif o‘z-o‘zidan talabni keltirib chiqaradi, chunki har qanday kishi bozorda ham iste’molchi, ham ishlab chiqaruvchi bo'lib maydonga chiqadi va uning harajatlari doimo uning daromadiga teng. Ishchi bir tomondan o‘zining mehnati boMgan iqtisodiy resursni taklif qilsa, ikkinchi tomondan shu mehnat mahsuli boMgan daro­ madiga endi Tovar va xizmatlar sotib oladi. Ish haqi ko‘rinishida boMgan uning olgan daromadi o‘zi ishlab chiqargan mahsulot narxiga tengdir. Firma bir vaqtning o‘zida ham tovar va xizmatlami sotuvchi va ham iqtisodiy resurslami sotib oluvchi hisoblanadi. Uz ishlab chiqargan mahsulotidan tushgan daromadini ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish omillarini sotib olishga sarflaydilar. Shuning uchun yalpi talab bilan bog‘liq muammo boMmasligi lozim, chunki iqtisodiy agentlar o‘z daromadlarini harajatga aylantiradilar.
8.Resurslar cheklanganligi muammosi sekin-asta hal (miqdor o‘sishi va sifat yaxshilanishi). Ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va texnologik yangilanish uzoq davom etadigan jarayon. Barcha narxlar iqtisodda talab va taklif nisbati o‘zgarishiga javoban tez o‘zgurmaydi. Shuning uchun klassik model uzoq muddatni tasvirlovchi model. Narxlarning absolyut egiluvchanligi va bozorlaming o‘zaro muvozanati faqatgina uzoq muddatda kuzatiladi. Endi biz klassik modelda bozorlaming o‘zaro ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Klassik modelda yuqorida aytib o‘tganimizdek, real bozorlar uchta: mehnat bozori, kapital bozori va tovar bozori.

1-rasm.Klassik modeldagi real bozorlar8


Mehnat bozorini ko‘rib chiqamiz (1-a rasm) Sof raqobat sharoitida resurslaming toMiq bandligi mavjud ekan (to‘liq bandlik darajasida), mehnatning taklif egrisi (Lslabour supply curve) vertikal ko‘rinishga ega va taklif etilayotgan mehnat xajmi LF ga teng (full em­ployment). Mehnatga boMgan talab ish haqi stavkasiga bogMiq va bunday bog‘liqlik teskari proporsionallik xarakteriga ega, ya’ni ish haqining nominal stavkasi (W-wage rate) qanchalik yuqori boMsa, firmalar harajatlari yuqori boMadi va ishchilami ishga yollash kamayadi. Shu­ning uchun mehnatga talab egri chizigM (L i - labour demand curve)pastga qarab og‘adi. Dastawal muvozanat mehnatga taklif egri chizi­gM (Ls) va mehnatga boMgan talab egri chizigM kesishgan nuqtada o‘matilib, bunda ish haqi stavkasi Wiva ish bilan bandlar soni LFmiqdorga to‘g‘ri keladi. Faraz qilaylik, mehnatga boMgan talab pasaydi va mehnatga talab egri chizigM L |dan chapga LD2gacha siljidi. Nominal ish haqi stavkasi (Wi) da tadbirkorlar I^miqdorga teng boMgan ish­ chilami yollaydilar. LF va L2 o‘rtasidagi farq ishsizlikni bildiradi. XIX asrda ishsizlik nafaqasi boMmaganligini hisobga olsak, klassik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, ishchilar rasional harakat qiluvchi iqtisodiy


agentlar hisoblanadilar va ular hech qanday daromad ko‘rmagandan ko‘ra oz miqdorda boMsa ham daromad ko‘rishni afzal ko‘radilar.
Nominal ish haqi stavkasi W2 gacha tushadi va mehnat bozorida yana toMiq bandlik - LF o‘matiladi. Shuning uchun ishsizlik klassik modelda ixtiyoriy xarakterga ega, chunki ushbu nominal ish haqi stavkasi W2 ga ishlash yoki ishlamaslikni ishchining o‘zi hal qiladi. Kapital bozori (1-b rasm) -bu investisiyalar (I-investment) va jamg‘armalar (S-savings) “uchrashadigan” va unda foiz stavkasi (R-interest rate) o‘matiladigan bozordir. Investision tovarlami sotib olish uchun firmalar kapitalga talab bildiradilar, kredit resurslari taklifini esa uy xo‘jaliklari o‘zlarining jamg‘armalarini qarzga berib amalga oshiradilar. Investisiyalar va foiz stavkasi o‘rtasida teskari proporsional bog‘liqlik mavjud, shuning uchun pullik kapitalning narxi qanchalik yuqori bo‘lsa, firmalarning investision harajatlari miqdori shunchalik kamayadi. Jamg‘armalar va foiz stavkasi o‘rtasida esa to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjud, chunki foiz stavkasi qanchalik yuqori boMsa, uy xo‘jaliklarining j:img‘armalami qarz (kredit) ga berishi va undan oladigan daromadi shunchalik yuqori bo‘ladi. DastawalIi= Si Ri foiz stavkasida o‘matiladi. Agar jamg‘arma!ar ortsa (SjdanS2ga jamg‘arma egri chizig‘i surilsa), u holda ilgarigi foiz stavkasi Ri da jamg‘armalaming bir qismi daromad keltirmaydi. Jamg‘aruvchilar (uy xo‘jaliklari) o‘zlarining barcha jamg‘armalariga daromad olishni istaydilar va pastroq foiz stavkasiga ham rozi bo‘ladilar. Yangi foiz stavkasi R2 darajasida o‘matiladi, bunda barcha kredit vositalar toMiq ishlatiladi, chunki endi bunday pastroq foiz stavkasida investorlar ko‘proq kredit oladilar va investisiyalar miqdori Lga ortadi, ya’ni I2=S2bo‘ladi. Muvozanat to‘liq bandlik sharoitida o‘matildi. Tovar bozorida (1-v rasm) dastawal muvozanat yalpi taklif(AS) va yalpi talab (ADi) kesishgan nuqtada o‘matiladi, bunda mu­vozanat narx-Piva potensial ishlab chiqarish darajasidagi ishlab
chiqarish hajmi- Y Barcha bozorlar bir-biri bilan bogMiq ekan, mehnat bozorida ish haqi stavkasining pasayishi (bu esa daromadni kamayishiga olib keladi) va kapital bozorida jamg‘armalaming ortishi iste’mol harajatlarini kamaytiradi, buning oqibatida yalpi talab kamayadi. ADi egri chiziq AD2 ga, chapga siljiydi. Ilgarigi Pi narxda endi firmalar o‘zlari ishlab chiqargan barcha Y* hajmdagi tovarlami sota olmaydilar, ular endi faqat Y2 hajmdagi tovarlami sotish imkoniyatiga ega bo‘lib qoladilar. Ammo firmalar rasional harakat qiluvchi iqtisodiy agent hisoblanganligi uchun barcha ishlab chiqar­gan hajmdagi tovarlami pastroq narxda bo‘lsa ham sotishni Afzal ko'radilar. Natijada narx P2 darajaga tushadi va barcha hajmdagi ish­lab chiqarilgan tovarlar sotiladi. Muvozanat yana potensial ishlab chiqarish hajmida o‘matiladi (Y*).Bozorlar o‘z-o‘zidan narx egiluvchanligi hisobiga muvozanatlashdi, bunda har bir bozordagi muvozanat resurslaming toMiq bandligi darajasida o‘matildi. Faqatgina nominal ko‘rsatkichlar o‘zgardi, real ko‘rsatkichlar esa o‘zgarmasdan qoldi. Shunday qilib, klassik modelda nominal ko‘rsatkichlar egiluvchan, real ko‘rsatkichlar esa noelastik (qattiq) hisoblanadi. Bu ham ishlab chiqarishning real hajmiga (u doimo potensial ishlab chiqarish hajmiga teng), ham iqtisodiy agentlaming real daromadiga tegishlidir. Gap shundaki, narxlar barcha bozorlarda bir-biriga proporsional ravishda o‘zgaradi, shuning uchun Wt/ P| = W2 / P2(nominal ish haqining narx darajasiga nisbati real ish haqiga teng). Bundan kelib chiqib xulosa qilsak, nominal daromad tushganiga qaramay,mehnat bozorida real daromad o‘zgarmasdan qoladi. Jamg‘aruvchilaming real daromadlari (real foiz stavkasi) ham o‘zgarmasdan qoldi,chunki nominal foiz stavkasi ham narxlar tushgan nisbatda pasaydi.Narx darajasi tushganiga qaramay, tadbirkorlaming real daromadlari (sotuvdan tushgan tushum va foyda) pasaymadi, chunki aynan shu darajada harajatlar pasaydi (ish haqi harajatlari, ya’ni nominal ish haqi stavkasi). Bunda yalpi talabning pasayishi ishlab chiqarish hajmini pasayishiga olib kelmaydi, chunki iste’mol harajatlarining kamayishi (mehnat bozorida nominal daromadning kamayishi va kapital bozorida jamg‘armalar miqdorining ortishi natijasida) investision talabning ortishi bilan to‘ldiriladi (kapital bozorida foiz stavkasi tushishi natijasida).Shunday qilib, o‘zaro muvozanat faqatgina alohida bozorlarda o‘matilmay, balki barcha mavjud bozorlaming bir-biri bilan o‘matiladi va oqibatda esa bozorlar muvozanatga erishadi.Klassik model xulosalaridan shuni aytish mumkinki, uzoq davom etuvchi krizislar iqtisodda bo‘lishi mumkin emas, balki bu faqat vaqtinchalik disproporsiyalardir. Bunday disproporsiyalar bozor mexanizmi bo‘lmish narx mexanizmi o‘zgarishi orqali asta-sekin o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.Ammo 1929 yil oxirida AQShda krizis ro‘y berdi, bu krizis bar­cha rivojlangan mamlakatlami qamrab oldi va 1933 yilgacha davom etdi va “Buyuk depressiya” nomini oldi. Ushbu krizis navbatdagi oddiy krizislardan emas edi. Bu krizis klassik makroiqtisodiy modelning qilgan xulosalarini va birinchi navbatda iqtisodiy tizimni o‘z-o‘zini boshqara olishi mumkinligini butunlay yo‘qqa chiqardi.
Birinchidan, 4 yil davom etgan “Buyuk Depressiya”ni endi vaqtin­chalik ishdan chiqqan, avtomatik ravishda o‘z-o‘zini boshqara oladi­gan mexanizm sifatida tushuntirib berish mutlaqo mumkin emas edi.Ikkinchidan, endi bunday holatda, ya’ni AQShda ishsizlik darajasi 25%ni tashkil etgan vaqtda resurslaming cheklanganligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.“Buyuk Depressiya”ning sabablari, undan mumkin boMgan chiqish yoMlari va kelgusida bunday iqtisodiy halokat (katastrofa)larga yoMqo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar buyuk ingliz iqtisodchisi D.M. Keynsning 1936 yilda yozilgan kitobi (“Bandlikning umumiy nazariyasi, foiz stavkasi va pul”) da tahlil qilinib, asoslab berildi. Ushbu kitobning chiqishi oqibatida makroiqtisodiyot iqtisodiyot nazariyasining o‘z predmetiva tahlil metodiga ega boMgan mustaqil boMimiga aylandi. Keynsning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi shu qadar buyuk ediki, keynsian makroiqtisodiy mode! iqtisodiy tahlillar jarayoniga keynsiancha yondoshuvning paydo boMishi “Keynsian inqilobi” nomini oldi.Ammo shuni nazarda tutmoq kerakki, klassik maktab vakillarining magMubiyati iqtisodiy jarayonlar tahliliga noto‘g‘ri yondoshib, noto‘g‘ri xulosalar chiqarganliklarida emas, balki bu modelning asosiy xulosalari XIX asrda ishlab chiqilgan va o‘sha sof raqobat sharoitidagi davrning iqtisodiy ahvolini aks ettiradi. Ammo bu xulosalar XX asming boshlariga, nomukammal raqobat mavjud boMgan sharoitga mutlaqo to‘g‘ri kelmas edi. Keyns klassik maktabning qilgan asosiy
xulosalarini rad etdi va o‘zining makroiqtisodiy modelini yaratdi.
Keynsian makroiqtisodiy model: asosiy qonunva xulosalarModelning asosiy qoidalari: real va pul sektorlari o‘zaro bir-birlari bilan bogMiq. Klassik modelga xarakterli boMgan pullaming neytrallik tamoyili endi “pullar ahamiyatga ega” (“money matters”) tamoyili bilan almashtirilib, bu esa pullaming real ko‘rsatkichlarga ta’sir etishini bildiradi. Pul bozori qimmatli qog‘ozlar bozori singari moliya bozorining bir qismi (segmenti) ga aylanib, makroiqtisodiy bozomi tashkil etadi;barcha bozorlarda nomukammal raqobat hukm suradi;barcha bozorlarda nomukammal raqobat hukm surganligi sababli, narxlar noelastik, qattiq (rigid) yoki Keyns so‘zi bilan aytganda, «yopishqoq» (sticky), ya’ni ma’lum darajada yopishib qoluvchi va ma’lum bir vaqt ichida o‘zgarmasdir. Masalan, mehnat bozo­rida mehnat narxi boMgan nominal ish haqi stavkasining qattiqligi (yopishqoqligi) ni quyidagicha tushuntirish mumkin:
a)bitim asosidagi tizim amal qiladi: bitim bir yildan uch yilgacha boMgan davrga imzolanadi va bu vaqt ichida bitim bo‘yicha kelishilgan nominal ish haqi stavkasini o‘zgartirib boMmaydi;
b)kasaba uyushmalari faoliyat yuritadi, ular tadbirkorlar bilan kollektiv bitimlami nominal ish haqining ma’lum bir miqdorida bo‘lishini kelishadilar, tadbirkorlar esa bu miqdordan past boMgan ish haqi miqdorida ishchilami yollashmaydi (shuning uchun ish haqi stavkasi kollektiv bitim qayta ko‘rilib chiqilmagunga qadar oczgartirilmaydi);
v) davlat minimal ish haqini o‘matadi, tadbirkorlar shu minimal ish haqi stavkasidan past bo‘lgan stavkada ishchilami yollash huquqiga ega emaslar. Shuning uchun grafikda mehnat bozori (1-a rasm)mehnatga talab pasayganda (LDiLD2 gacha siljiganda) mehnat narxi (nominal ish haqi stavkasi) W2 gacha pasaymaydi, u Wi darajada qoladi (“yopishadi”).
Tovar bozorida narxlarning qattiqligini shu bilan tushuntirish mumkinki, unda monopoliyalar, oligopoliyalar yoki monopolistic raqobatli firmalar harakat qilib, ular esa narxlami bir xil darajada ushlab turish imkoniyatiga egalar (price-makers) (endi ular sof raqo­bat sharoitidek price-takers bo6lmaydilar). Shuning uchun tovar bo­
zori grafigida (1-v rasm) tovarlarga talab pasayganda, narx darajasi P2 ga pasaymaydi, balki Pi darajada saqlanib qoladi.Keyns fikricha, foiz stavkasi investisiyalar va jamg‘armalar nisbati natijasida kapital bozorida shakllanmay, balki pul bozorida – pulga bo'lgan talab va taklif nisbati natijasida o‘matiladi. Shuning uchun pul bozori to‘liq makroiqtisodiy bozor bo‘lib qoladi, undagi sharoitning o‘zgarishi tovar bozoridagi sharoitning o‘zgarishiga ta’sir etadi.

2-rasm.Pul bozori9



3-rasm.Keynslar modelidagi investitsiya va jamg’armalar10





orqali amalga oshiriladi, bu agentlar esa (firmalar, uy xo‘jaliklari) turli maqsadlami ko‘zlaydilar. Investisiyalami firmalar, jamg‘armalarni esa uy xo‘jaliklari amalga oshiradilar. Investisiya hajmini belgilab beruvchi asosiy omil Keyns fikricha foiz stavkasi darajasi emas, balki investisiyadan kutilayotgan sof foyda normasidir. Keyns buni kapitalning chekli samaradorligi deb ataydi. Investor kapitalning chekli samaradorligi kattaligini foiz stavkasi bilan taqqoslab investision qaror qabul qiladi. Agar birinchisi ikkinchisidan katta boMsa, u holda investor investisiya loy-hasini moliyalashtiradi (agar investor tomonidan kapitalning chekli samaradorligi 100% deb baholansa, u holda kredit 90%ga teng foiz stavkasida ham olinadi, agarda u 9% deb baholansa, u holda investor 10%lik foiz stavkasini olmaydi). Jamg‘armalar hajmini belgilab beruv­chi omil ham foiz stavkasi boimay, ixtiyordagi daromad hajmi hisoblanadi (ID=S+S). Agarda kishining ixtiyoridagi daromadi katta boMmasava bu daromad kundalik harajatlarga ham arang yetsa, u holda juda yu­qori foiz stavkasida ham kishilar jamg‘arma qilolmaydilar (jamg'arish uchun hech bo‘lmaganda jamg‘ariladigan biror narsa bo‘lishi lozim).Shuning uchun Keyns jamg'armalar foiz stavkasiga bogMiq emas deb hisobladi va XIX asr fransuz iqtisodchisi Sarganning iqtisodiy adabiyotlarda “Sargan samarasi” deb nom olgan dalil (argument) idan foydalanib shunday ta’kidlaydi: agar kishilar ma’lum vaqt ichida qayd qilingan mablag‘ni yigMb olmoqchi boMsalar, bunda jamg'armalar va foiz stavkasi o‘rtasida teskari bogMiqlik boMadi. Agar biror kishi pensiyagacha 10000$ga ega bo‘lmoqchi boMsa, u foiz stavkasi 10%ga teng bo‘lganda yiliga 1000$dan, foiz stavkasi 20% bo‘ Iganda esa 5000$dan jamg‘arishi kerak boMadi. Keynsian modelidagi investisiyalar va jamg‘armalaming o‘zaro nisbati grafik ko‘rinishda 3-rasmda berilgan. Jamg'armalar foiz stavkasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bogMiq boMganligi sababli, ularning grafik ko‘rinishi vertial chiziqdan, investisiyalar esa foiz stavkasiga nisbatan kamroq bogMiq boMganligi uchun qiya, pastga egiluvchan ko‘rinishga ega. Agar jamg‘armalar S2 gacha ortsa, u holda muvozanat foiz stavkasini aniqlab boMmaydi, chunki investisiya egri chizigM va yangi jamg‘arma egrisi S2 kesishadigan nuqta mavjud emas.Demak, muvozanat foiz stavkasi Re ni boshqa bozorda, ya’ni pul bozo-


ridan topish lozim (pulga boMgan talab va taklif nisbati orqali) barcha bozorlarda pullar Yalpi talabning yalpi daromadlar pasayishi nati­ jasida kamayishi ishsizlik tufayli (eslatib oMamiz, ishsizlik bo4yicha nafaqalar toManmaydi), shuning uchun iste’mol xarajatlarining pasayishi barcha ishlab chiqarilgan mahsulatlami sotish mumkin emasligiga olib keladi (Y2 < Y*) va resessiya (ishlab chiqarishning tushib ketishi) sodir boMadi. Iqtisodning pasayishi investorlar kayfiyatiga ta’sir etadi va natijada investision xarajatlaming pasayishiga olib keladi. Yalpi talab yanada tushib ketadi. xususiy sektoming xarajatlari (uy xo‘jaliklarining iste’mol xarajatlari va firmalaming investision xarajatlari) yalpi talabning po­tensial ishlab chiqarish hajmiga to‘g‘ri keladigan, ya’ni resurslaming toMiq bandlik sharoitida ishlab chiqarilgan hajmiga teng boMganyalpi talab hajmini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun iqtisodda yoki tovar va xizmatlarga o‘zining talabini bildiruvchi, yohud xususiysektor talabini rag‘batlantirib, yalpi talabni ko‘paytiradigan qo‘shimcha makroiqtisodiy agent paydo boMishi lozim. Bunday agent davlatdir. Shu tariqa Keyns davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi va iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish (davlat aktivligi) ni asosdab berdi.
-asosiy iqtisodiy muammo (resurslar bandligi toMiq boMmagan sharoitda) yalpi taklif muammosi boMmay, endi yalpi talab muammosi hisoblandi. Keynsian modeli iqtisodni yalpi talab to­monidan o‘rganuvchi “demand-side” modelidir. davlatning barqarorlik siyosati, ya’ni yalpi talabni tartibga soluvchi siyosat iqtisodga qisqa muddatda ta’sir etar ekan, u holda Keynsian modeli iqtisodni qisqa muddatda (“short-run” modeli) tasvirlovchi modeldir. Keyns uzoq davrga nazar solishni, iqtisodni uzoq muddatda o‘rganishni lozim deb hisoblamagan. U: ’’Uzoq davrda biz
barchamiz murdalarmiz”, -deydi (“In long run we are all dead”). Iqtisodiyotni yalpi talabga ta’sir etish yoMi bilan (birinchi navbatda fiskal siyosat choralari bilan) tartibga solish, davlatning yuqori darajada iqtisodga aralashuvini nazarda tutgan Keynsian usIubi II-Jahon urushidan keyin rivojlangan mamlakatlarga xarakterli edi. Ammo iqtisodda inflyatsion jarayonlaming kuchayishi va ayniqsa 70-yillar neft “shok”i oqibatlari birinchi navbatga yalpi ta­labni rag‘batlantirishni emas (chunki bu inflyatsiyani yanada kuchraytirib yuborar edi) yalpi taklif muammosini hal etishni qo‘ydi.’’Keynsian inqilobi” o‘miga “neoklassik kontrrevolyusiya” keldi. Iqtisodiy nazariyada neoklassik yo‘nalishning asosiy oqimlari bular:
1) Monetarizm (“monetarist theory”) ;
2) “Taklif iqtisodi” nazariyasi (’’supply-side economics”) ;
3) Rasional kutishlar nazariyasi (“rational expectations theory”).
Neoklassik konsepsiyalarda asosiy e’tibor makroiqtisodiyotning mikroiqtisodiy asoslari tahliliga qaratiladi. Neoklassik oqim vakillari qarashlarining “klassik maktab” namoyandalari g‘oyalaridan farqi shundaki, ular klassik model qoidalarini zamonaviy iqtisodiy sharoitga mos holda qo‘llashadi va iqtisodni qisqa muddatda yalpi taklif tomonidan tahlil etishadi. Neokeynsian yo‘nalish vakillari o‘zlarining konsepsiyalarida shuningdek zamonaviy iqtisodning in­ flyatsion xarakterini hisobga oladilar. Shuning uchun zamonaviy makroiqtisodiy nazariyada neoklassik va neokeynsian qarashlaming o‘zaro qarama-qarshiligi emas, balki zamonaviy iqtisodiy jarayonlami nazariy jihatdan tushuntirib beradigan nazariy konsepsiyani ishlab cliiqish haqida so‘z boradi. Bunday yo‘l tutish esa “main stream” nomini olgan.
Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi. Iqtisodiy tahlilni ikki ob’ekt misolida, ya’ni, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Makrodaraja mikrodarajadagi ob’ektlar ko‘rsatkichlarining yig‘indisidan kelib chiqadi. 2-rasmdagi ketma ketlik bo‘yicha fanning mazmuni makroiqtisodiy tahlilga va prognozlashga qaratilgan. Makroiqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlariga qarab tahlil usullari tanlanadi va tahlil natijalari makrojarayonlarni prognozlashda bevosita qo‘llaniladi.Prognoz natijalarini ilmiy asoslanganligi amaliyotda keng qo‘llanishining mumkinligi o‘rganib chiqiladi hamda tegishli xulosalar asosida ulardan amaliyotda rejalashtirish uchun qo‘llaniladi.Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko‘rsatkichlar va ular o‘rtasidagi nisbat. Milliy hisobchilik tizimiga ko„ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko„rsatkichidan boshqa yana bir qator ko„rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko„rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko„rsatkichi ham kiradi. Bu ko„rsatkich MHTning oldingi ko„rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko„rsatkichi bilan mohiyatan bir xil. YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.YaIM va YaMD ko„rsatkichlari o„rtasidagi farqni quyidagi formula ko„rinishida tasavvur etish mumkin: YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlari tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo‘natgan daromadlari.11
YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o’lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang„ich daromadlarni o’lchaydi. Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko„rsatkichlariYaIM va YaMD ko„rsatkichlaridan amortizatsiya (iste‟mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.12
SIM = YaIM - A SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko„rsaikichi ham qo„laniladi. ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to‘lovlari (TR) + foizlar ko‘rinishida olingan shaxsiy daromad13 Foizlar ko„rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo„yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to„laydigan daromad solig„i, mulk solig„i va ayrim nosoliq to„lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko„rsatkichi topiladi. ShTD uy xo„jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg‘arish (S) uchun ishlatiladi.ShTD =C + S Makroiqtisodiy tahlilda uy xo’jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YaMTD) ko’rsatkichlari o’zaro farqlanadi. YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar) Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste‟mol va milliy jamg„armish uchun ishlatiladi. YaMTD= Yakuniy iste’mol +Milliy jamg‘armalar Yakuniy iste‟mol uy xo„jaliklarining iste‟mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste‟molga xarajatlarini ham o„z ichiga oladi.
Nominal va real Yalpi ichki mahsulot. Iqtisodiyotda mavjud bo’lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko„rsatkich dinamikasi bir vaqtning o„zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o„zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki, YaIM miqdoriga bir vaqtning o„zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi, ham baho darajasi o„zgarishi ta’sir ko’rsatadi.Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko„rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo„yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko„rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko„rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko„rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o„laroq milliy iqtisodiyotda juda ko„p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o„zgarishi koeffitsienti (baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun:
-deflator (Paashe indeksi);
-iste‟mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
-sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.

  1. formula.Deflator ko’rsatkichi formulasi




Nominal YaIM
Deflator = ———————————— 100
Real YaIM

2-formula.Deflator ko’rsatkichi formulasi



Nominal YaIM
Real YaIM = ———————————— 100
Deflator

Nominal YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlar hajmini joriy narxlarda, real YaIM esa doimiy narxlarda baholaydi.14 Shunday qilib, real YaIM hajmi faqatgina ishlab chiqarish hajmi o„sishi bilan oshadi, nominal YaIM esa tovar va xizmatlar baho darajasining o„sishi natijasida ham oshishi mumkin.


Iste’mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi:

∑ Qi0 Pi1


INI = ------------- 100
∑ Qi0 Pi0
Bu yerda:
Qi0– bazis yilda iste‟mol savatiga kiritilgan i – tovar va xizmatlar hajmi; Pi1 – i –tovarning joriy yildagi bahosi;
Pi0 – i – tovarning bazis yildagi hajmi. Iste‟mol narxlari indeksi hisoblashning shartlari; iste‟mol savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o„zgarmaydi; iste‟mol savatiga faqat iste‟mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;iste‟mol savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste‟mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.Iste‟mol narxlari indeksi ko„rsatkichining kamchiligi shundaki iste‟mol savati tarkibi o„zgarmas bo„lganligi tufayli aholi iste‟moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o„zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro„y bergan o„zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi. Shu sababli bu indeks baholar darajasini biroz oshirib ko„rsatadi.
YaIM deflatori esa tarkibga joriy yilda kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib ko„rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o’rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi: If = Idef * Iini Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste‟mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin tarkibga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar. Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko„rsatkichlar o„rtasida ma‟lum proporsiyalar yoki tenglik ta‟minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo„laklarining nisbatini, yoki shu bo„laklar o„rtasidagi nisbatni bildiradi. Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste‟mol va milliy jamg„arishga bolinishini misol qilib keltirish mumkin. Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste‟mol hajmi yuqori bo„ladi. Ammo mavzunin 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida kordikki milliy jamg„armalarning ulushi ham yuqori bo„lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste‟mol va milliy jamg„armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyada ham boishi mumkin ekan.
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo„lishi uchun ayrim ko„rsatkichlarning aynan teng bo„lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.Xarajatlar va daromadlar ko„rinishida hisoblangan YaIM ko„rsatkichlarining o„zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi. Y= C+ I + G + Xn Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi tenglik hisoblanadi.
Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg„armalar miqdoriga bog’liq bo„ladi. Bu ikki ko„rsatkich o’rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo„ladi. Ya‟ni:
YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda: YaIM = C + I
Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi korinishga ega bo’ladi:
C + I = C + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining jamg’arishga bo’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin. Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya‟ni eksport-import aloqalari yo„lga qo„yilgan, soliq solish va transfert to„lovlari ko„rinishida davlat aralashuvi mavjud bo„lsin. Bunday holatda jamg„arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko„rinishga ega bo„ladi:15
S = Sp + Sg + Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamgarmalar;
Sg - davlat jamgarmalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamgarmalari.
Bunda xususiy jamgarmalar daromadlar (Y), transfert to„lovlari (TR), davlat zayomlari boyicha foizlar yig„indisidan (N) soliqlar (T) va iste‟mol (C) xarajatlari yig„indisini ayirish natijasiga teng bo’ladi.
Sp = (Y + TR + N - T) – C
Davlat jag„marmalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:
Sg = (T - TR - N) – G
Agar davlat jamg„armalari nolga teng bo„lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamgarishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = - Sg Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori. Boshqa mamlakatlarning jamg„armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi. Sx =M – X yoki Sx = -Xn Agar mamlakat eksportiga nisbatan ko„proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko„chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi. Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg„armalarning umumiy yig„indisi investitsiyalarga teng bo’ladi:
Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn) yoki
Sp + Sg + Sx = Y - C - G – Xn
S = C + I + G +Xn - C - G - Xn S = I Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg„armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg„armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shartsharoitlar xorijiy investorlar oqimining o„sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir. Keynschilar fikriga ko„ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg„aruvchilarnnig rejalari o„zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to„g„ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‟minlashi shart.


Xulosa

Kurs ishini bajarishdan shunday xulosaga kelindiki, iste'mol - jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonidir. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya'ni milliy daromad iste'mol va jamg'arma maqsadlarida sarflanadi. Buni keng ma'noda talqin qiladigan bo'sak, iste'mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni anglatib, unumli va shaxsiy istemolga ajraladi. Zamonaviy jahon xo'jaligi vujudga kelmasdan oldin ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo ko'rinishda) mavjud bo'lib, bunda asosiy e'tibor iste'mol tavarlariga qaratigan. Iste'mol va jamgarma hajmi hamda unga ta'sir ko'rsatuvchi omillar o'rtasidagi bo'g'liqlik iste'mol va jamg'arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyani bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko'ra, kishilar o'z mablag'larini qo'shimcha daromad keltirgan taqdirdajamg'armagayo'naltirishga harakat qiladilar. Shunga ko'ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning jamg'armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo'ladi, ya'ni jamg'arma real foiz stavkasining o'sib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste'mol va jamg'arma mablag'larining yig'indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o'sishi bilan iste'mol kamayib, pasayishi bilan esa ko'payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik iqtisodchilar fikriga ko'ra iste'mol real foiz stavkasining pasayib boruvchi funksiyasi hisoblanadi. J.M. Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikriga qarshi chiqib, uy xo'jaliklarining iste'mol sarflari real foiz stafkasiga u qadar bog'liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste'molning kelgusidagi iste'moldan afzalligini takidlaydi. U iste'mol sarflari darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi asosi y omil sifatida uy xo'jaliklarining joriy daromadlarini ko'rsatadi.Iste'molchilarning daromadlari qanchalik o'sib borgan sari ularning jamg'arishga bo'lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.Aholi daromadlarini shakllantirishda "iste'mol savatchasi" muhim ahamiyat kasb etadi. "Iste'mol savatchasi" - bu aholi fiziologik qobiliyatini tiklash uchun zarur bo'lgan eng muhim iste'mol tovarlar me'yorining ma'lum davrdagi qiymatidir. Har bir mamlakatda "iste'mol savatchasi" tarkibi tub aholining demografik, milliy, tarixiy va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Hozirgi paytga kelib, O'zbekiston "iste'mol savatchasi"ga eng muhim 19 xil oziq-ovqat mahsulotlari kiritilgan. Iste'mol savatchasini o'rganishning iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, uning qiymatidagi o'zgarishlarga qarab, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj tabaqalarining daromad miqdorlari oshiriladi yoki ma'lum darajada (masalan, 50-70 %) indeksatsiya qilinadi. Iste'mol savatchasidan kelib chiqib, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari asosiy daromadlari indeksatsiya qilinadi.


Ish haqini minimal miqdorini belgilashda oilalar "iste'mol savatchasi"ning quyi chegarasi, ya'ni oila a'zolarining asosiy fiziologik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bulgan minimal iste'mol byudjetidan kelib chiqib belgilanishi muhimdir. Chunki bu ijtimoiy ishlab chikarishning asosiy omili ishchi kuchini takror ishlab chikarishni zaruriy sharti bo'lib, ijtimoiy adolat tamoyilining amalga oshishiga yordam beradi.
Tahlillarimiz kursatishicha, respublikamizda kundalik iste'mol tovarlarining asosiy qismini aholining iste'mollarga bo'lgan talabi tashkil etadi. Iste'mol tovarlari iqtisodiy kategoriya sifatida qishloq xo'jaligi, iste'mol sanoati tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotib olinishini va iste'molchilarga sotilishini tashkil etuvchi xo'jaliklar o'rtasidagi ayirboshlash munosabatlarining majmuasini aks ettiradi.Iste'mol ko'rsatkichlari to'g'risida umumiy xulosaga keladigan bo'lsak buni joriy yildagi iste'mol ko'rsatkichlari bilan fikrimizni dalilladik. Prezidentimiz rahbarligida iste'mol tovarlari ishlab chikaruvchi korxonalar rivojiga keng yo'l ochilgani ham aholi bandligining oshishi va daromadlari o'sishida muhim omil bo'lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014- yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida joriy yildagi umumiy iste'mol ko'rsatkichlari to'grisida ham alohida to'htalish qilganligi ham iste'molning nafaqat makroiqtisodiy ko'rsatkichlar ichida, balki mamlakatimiz iqtisodiy ko'rsatkichlari ichida ham salmoqli o'rin egallaganini ko'rsatib beradi.
Prezidentimiz Islom Karimovning yil yakunlari hisoboti orqali bu ko'rsatkichlar zamirida yani makro va mikro iqtisodiyotlardagi iste'molning barcha turlari, barcha sohalaridagi yutuqlar zamirida katta mashaqqat, ulkan mehnatlar yotganliklarini bot bot ta'kidladilar.



Yüklə 383,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin