IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR
Hol
To`ldiruvchi
Aniqlovchi
Gapning kesimidan anglashilgan harakatning belgisini bildiruvchi gap bo‘lagiga hol deyiladi. Hollar o‘zi bog‘lanib kelgan hokim bo‘lakning qanday belgisini bildirishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) ravish holi; 2) o‘rin holi; 3) payt holi; 4) sabab holi; 5) maqsad holi.
Hol doimo fe’l kesimga bog‘lanadi. Quyosh ko‘kdan mo‘ralab qarar gapida qarar so‘ziga mo‘ralab so‘zi bog‘lanib, undan anglashilgan harakatning tarzini, ko‘kdan so‘zi qarar so‘ziga bog‘lanib, uning o‘rnini bildiradi.
Ba’zan hol ot kesimlarga ham bog‘lanishi mumkin. Bunday vaqtda hol ot kesimdan
anglashilgan predmetning o‘rnini bildiradi. Masalan:
Andijonda o‘t yoqsam, O‘shda tutuni.
Ayrim paytlarda hol kesim vazifasida kelmagan fe’llarga ham bog‘lanishi mumkin. Hol bog‘lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko‘ra hollar
mustaqil va nomustaqil hollarga bo‘linadi.
Тo‘g‘ridan-to‘g‘ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog‘lanib
kelgan hollarga mustaqil hollar deyiladi.
Dalalarda boshlanadi ish. (
H.Olimjon) Bu gapda qayerda so‘rog‘iga javob bo‘luvchi
dalalarda o‘rin holi nima qiladi? nima bo‘ladi? so‘roqlariga javob bo‘luvchi fe’l kesimiga tobe bog‘lanib kelyapti. Shuning uchun bu hol mustaqil holdir.
T/r
|
Holning ma`no turi
|
Izohi
|
So`rog`i
|
Shakllari
|
Misollar
|
1
|
Ravish(vaziyat, tarz) holi
|
Fe`l kesimdan anglashilgan harakatning qay tarzda
bajarilishini ifodalaydi
|
Qanday? Qanday qilib?
Qay holda?
|
Ravish, -ib, taqlid so`zlar
|
|