Ikkinchi darajali bo`laklar



Yüklə 26,32 Kb.
səhifə4/5
tarix13.12.2023
ölçüsü26,32 Kb.
#175541
1   2   3   4   5
2 DARAJALI BO\'LAKLAR

Sifatlovchi aniqlovchi


Predmetning belgisini (ta’m-maza, xil-xususiyat, miqdor, tartib, o‘rin-paytga munosabat) bildirgan aniqlovchilarga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.
Sifatlovchi aniqlovchilar qanday? qanaqa? qancha? nechta? qaysi? qanaqa? qayerdagi? nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Masalan, qizil (qanday?) olma, uchta (nechta?) olma, ana bu (qaysi?) olma, adirdagi (qayerdagi?) olma, kechagi (qachongi?) olma, uchinchi (nechanchi) sinf kabi.
Sifatlovchi aniqlovchi sifatlovchi, aniqlanayotgan predmet esa sifatlanmish deb yuritiladi. Sifatlovchi va sifatlanmish munosabati sifatlovchili birikma sanaladi.

Qaratqich aniqlovchi


Bir predmetning boshqa predmetga qarashlilik belgisini bildirgan aniqlovchiga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Mirzacho‘lning shamoli. O‘rik guli kabi.
Qaratqich aniqlovchi qaratqich, qaratqich aniqlovchi bog‘langan bo‘lak esa qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish munosabati qaratqichli birikma hisoblanadi.
Qaratqich bilan qaralmish o‘zaro shaxs-sonda moslashadi. Masa- lan: Mening daftarim, sening daftaring, uning daftari.

IZOHLOVCHI ANIQLOVCHI

Ayrim otlar, hatto atoqli otlar ham ba’zan bir necha shaxslarni ifodalashi mumkin. Bunday vaqtda ko‘pincha qaysi Ahmad, qaysi Karim singari so‘roqlar yordamida gap kim haqida ketayotganligini aniqlashtirib olamiz. Ana shu vaqtlarda izohlovchilarga ehtiyoj tug‘iladi.


Predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlaydigan bo‘lakka izohlovchi aniqlovchi deyiladi. Masalan, akademik Habib Abdullayev, Jo‘ra soatsoz, dutorchi qizlar kabi.Izohlovchi bog‘langan hokim bo‘lak izohlanmish deyiladi. Izohlovchi va izohlanmish munosabati izohlovchili birikma sanaladi.

Yüklə 26,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin