Magniy, tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi Magniyning atom massasi 24,32 (Z = 12) ga teng. U tabiatda ko’p tarqalgan metallardan biri bo’lib, Yer po’stlog’ining 2%ga yaqinini tashkil qiladi. Magniyning 24Mg (78,6%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%) kabi tabiiy va uchta sun’iy izotopi bor.
Tabiatda magniy silikatli, karbonatli va xloridli minerallar holida uchraydi, shuningdek dengiz suvida (~4%) magniy tuzlari bo’lib, suvning taxirligi shu tuzdandir. Magniy o’simliklardagi xlorofill tarkibiga kiradi va fotosintezda ishtirok etadi. Magniy yetishmasa, odam va hayvonlarda turli kasalliklar paydo bo’ladi. Buning sababi organizmdagi ko’pgina biokimyoviy jarayonlarda magniy qatnashadi. Oq karlik yulduzlar asosan magniydan iborat ekanligi aniqlangan. Metall magniy amalgamasini Devi 1828 yilda suyuqlantirilgan magniy sulfatni elektroliz qilish natijasida olib, unga magnesium nomini bergan. So’ngra 1828 yilda Byuss suyuqlangan magniy xloridga kaliy bug’lari ta'sir ettirib metall magniy olgan.
Olinishi: 1. Suyuqlantirilgan suvsiz magniy xloridni elektroliz qilish.
Karnallitda magniy olish uchun karnallit suyuqlantirilib 700-750°C da elektroliz o’tkaziladi.
2. Metallotermik usulda magniy olish uchun cho’g’ holiga keltirilgan dolomit ferrosilisiy yoki alyumosilisiy bilan qaytariladi.
2(CaO∙MgO) + Si → Ca2SiO4 + 2Mg
Bu prosess elektr pechda 1200-1300°C da vakuumda o’tkaziladi.
3. Magniy oksidni yuqori haroratda ko’mir bilan qaytarish:
MgO + C → Mg + CO
Juda toza magniy olish uchun texnikada ishlatiladigan magniy vakuumda bir necha marta sublimatlanadi.
Magniy kumushdek oq va yengil metall, havoda oksidlanadi va oksid pardani hosil qiladi. Magniy havoda 550-600 C gacha qizdirilsa, ko’zni kamashtirarli darajada oq shu’la bilan yonadi. Magniy sovuq suv bilan deyarli reaksiyaga kirishmaydi, qaynoq suv va suyultirilgan kislotalarga ta’sir etib, vodorodni ajratib chiqaradi. Magniy qizdirilgan metallmaslar va ayrim metallar bilan reaksiyaga kirishib, birikmalar hosil qiladi. Magniydan yengil qotishmalar (Al, Zn, Mn kabilar bilan) tayyorlanib, ular qattiq, puxta va korroziyaga chidamliligidan samolyotsozlik va avtomobilsozlikda ishlatiladi. Magniydan fotografiyada, pirotexnikada va shuningdek ba’zi sintez reaksiyalarda, rezina sanoatida, tibbiyotda foydalaniladi.
Magniy gidrid MgH2 ni olish uchun magniy dimetil 175C da parchalanadi:
Mg(CH3)2 → MgH2 + C2H4 Magniy oksidMgO texnikada karbonatni va laboratoriyada magniy gidroksidning parchalashidan olinadi:
MgCO3 → MgO + CO2 Mg(OH)2 → MgO + H2O
MgO - 2800C da suyuqlanadigan kristall modda bo’lib, undan o’tga chidamli idishlar, tigel va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Magniy oksid suvda erimaydi, ammo kislota va kislotali oksidlarda yaxshi eriydi.
Magniy gidroksid Mg(OH)2 suvda kam eriydigan o’rtacha kuchga ega bo’lgan asos, uning eruvchanlik ko’paytmasi (EK) 1,210-12 ga teng. U quyidagicha olinadi:
MgCl2 + 2NaOH = Mg(OH)2 + 2NaCl
MgCl2 + 2NH4OH = Mg(OH)2 + 2NH4Cl