Ikkinchi ingliz fakulteti



Yüklə 136,59 Kb.
səhifə2/6
tarix23.04.2023
ölçüsü136,59 Kb.
#101795
1   2   3   4   5   6
2-mavzu Baholash shakllari va turlari. Mezon asosida baholash t

Qonuniy asoslari:
Respublika xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‘rnatish, o‘quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Ta’lim inspeksiyasi deb ataladi), Xalq ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi o‘rinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini (keyingi o‘rinlarda Milliy markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.


REJA:

  1. O’quvchilarning bilish jatayonini nazorat qilish

  2. Baholash tizimi va turlari

  3. Rasmiy va norasmiy baholash

  4. Og’zaki metod va uslublar



O’quvchilarning bilish jarayonini nazorat qilish
O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini nazorat qilish natijalari uni baholash orally ifodalanadi. Baholash - bu biror narsaning darajasi yoki sifatini belgilashdir.
Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini xolisona baholash, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
Reyting tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
a) o‘quvchilarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
b) o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning doimiy ravishda darslarga tayyorgarlik bilan kelishini ta’minlash;
v) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash;
g) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malaka saviyasini shakllanish sur’atini muntazam ravishda tahlil qilib borish;
d) o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari darajalarini taqqoslash va ta’lim jarayonida o‘zaro musobaqa muhitini yaratish;
e) o‘quvchilarni ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash, kasb tanlashga yo‘llash ishlarini mukammallashtirish;
j) o‘quvchilar bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllanishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bo‘shliqlarning oldini olish, ularni aniqlash va bosqichma-bosqich bartaraf etilishini amalga oshirish;
z) o‘quvchining to‘laqonli bilim olishi uchun unga eng maqbul pedagogik, didaktik, psixologik sharoitni yaratish;
i) o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakaning mustahkamlab borilishini ta’minlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhlantirish va ilhomlantirish.
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga asoslangan mavzuiy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi;
bosqichli nazorat — o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin og‘zaki, yozma imtihon hamda test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv fani o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin;
yakuniy nazorat — o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.
Reyting tizimida o‘quvchining har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.



Yüklə 136,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin