Milliy-ozodlik harakati Ikkinchi jahon urushi tugashi va mustamlakachilik-bilan mustamlakalar va ularga qarshi harakat da yashovchi aholi taqdiri jahon siyosatida mu him muammolardan biriga aylandi. Bu mamlakatlardagi mil-liy-ozodlik harakati xususiy yon berishlar emas, balki to'liq ozodlik va suverenitet berish bilan olchanar edi. Yevropadagi ko'plab mustamlaka mulklari Angliya, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Italiya, Portugaliyaga to'g'ri kelardi. Ulardan birortasi ham mustamlakalaridan o'z ixtiyoricha ketish va xalqlarga ozodlikni berishni istamadi. Biroq ular bunga majbur edi.
1947-yilda mustamlakachilik tizimida yirik parcha-lanish yuz berdi — Angliya Hindistonga ozodlik berdi. Ilgarigi ingliz mustamlakasi o'rniga Hindiston va Pokiston nomli ikki mustaqil daviat pay do bold'. 1948-yilda boshqa ingliz mustamlakasi — Birmaga ozodlik berildi. 1949-yilda Niderlandiya Indoneziya mustaqilligi tan olishga majbur bo'ldi.