Ikkinchi mashg’ulot mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari (2 soat)



Yüklə 35,15 Kb.
səhifə4/13
tarix23.02.2023
ölçüsü35,15 Kb.
#85298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-seminar KP

Biografik usul – shaxs hayot yo`lini o`rganish va loyihalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma`lumotlarni o`rganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
Kavzometriya - Ye.I. Golovaxa va A.A .Kromiklar tomonidan taklif etilgan usul bo`lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub`ektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o`z ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro`yxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi. Kavzometriya kasbiy muammo va inqirozlarni yechish uchun qo`llaniladi.
Psixobiografiya - shaxslarning hayot yo`lini psixologik o`rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro`-e`tiborini, kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o`rganish maqsadida qo`llanilgan. Kasbiy psixologiyada psixobiografiyani qo`llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo`lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma`lumotlarni olish imkonini beradi.
Anamnez metod – bu insoning mehnat sub`ekti sifatida rivojlanish tarixi haqidagi ma`lumotlarni yig`adi. Bu usul Ye.A. Klimov tomonidan batafsil ko`rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o`rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro`-e`tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo`llaniladi. Anamneztik tadqiqot o`z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo`yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
Praksimmetrik usullar. Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo`llari bo`lib, unga B.G. Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasb psixologiyasining bu guruhidan quyidagi usullar muhim ahamiyatga ega.
Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo`nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metodidir. Topshiriqlarni tahlil etish metodi F. Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo`llanilgan. Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo`llaniladi. Ye.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo`lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro`yxatini ishlab chiqishdi.
Olingan ma`lumotlarni faktorli tahlil qilish yo`li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar “pozitsion tahlil so`rovnomasi”ni loyihalashtirishga asos bo`ldi (PAQ). PAQ 187 elementdan iborat bo`lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari hamda turli jihatlarini o`z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko`rsatmasiga asoslangan holda bajarish, klaviaturadan foydalanish, konsultatsiyalarda qo`l ostidagi ishchilar miqdori va boshqalar. PAQ metodi asosida to`plangan ma`lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har bir bo`limlar bo`yicha javoblarni oladi. Ta`kidlash kerakki, PAQ – topshiriqlar emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo`lib, ishchilarni tanlash muammosini hal etishda qo`llaniladi. PAQ ishchilarni o`qitish, malaka oshirish va ma`muriy jihatdan o`zgarishlarida qo`llaniladi. Kasbiy tahlilning yana bir muammosi kritik voqealar metoddir. Uning mohiyati shunda-ki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz xulqini tasvirlaydi.

Yüklə 35,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin