Ikkinchi o‘rimidan keyin ham azotli o‘g‘itlar solinadi. Azotli o‘g‘itlaming



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/3
tarix02.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#171497
1   2   3
O\'simlikshunoslik Atabayeva X.N. Xudayqulov J.B-33-38 (1)

FM=(Bz- Bi)/FP


Bu yerda Bi va B2 o‘simlikning quruq vazni ma’lum bir' davr orasida.
0 ‘suv davri boshlanishida FM yuqori bo‘ladi, so‘ng barg yuzasi kengaygan sari FM kamayib ketadi. 0 ‘simlikda to‘planadigan quruq organik modda miqdorini aniqlash uchun FM bilan FPni ko‘paytirish kerak. Masalan, FM 6 g/m2/kun bo‘lib fotosintetik potensiali 2 mln. kv. m. kun/ga bo‘lsa, quruq organik moddaning miqdori 12 t/ga. teng bo'ladi.
Fotosintetik sistema sifatida ekinlami eng faolligi barg yuzasi 30-50 ming kv. m. bo‘lganda kuzatiladi. Agar shu davrda fotosintez mahsuldorligi 5-7 g/kv. m. kun bo‘lib, barg yuzasi 40 ming kv. m. bo‘lsa, bir sutkada to‘plangan quruq biomassaning miqdori 200-280 kg/ga ni tashkil qiladi. Shu barg yuzasi ekinzorda 30 kunda to‘plangan quruq, organik modda miqdori 6-8 t/ga ni tashkil etadi. Shu davr ichida fotosintez mahsuldorligi ham yuqori bo‘ladi. Pishishga yaqinlashganda ildiz bilan poyada quruq organik modda 50-60% to‘plangan bo‘ladi, bu asosan to‘qimadan iborat bo‘ladi. Agar to‘plangan quruq organik modda 12 t/ga bo‘lsa, shundan 5-61. don bo‘ladi.
Ekinlar orasidagi farq fotosintetik imkoniyatga bog‘liq bo‘ladi. Dala sharoiti va ma’lum 0‘simlik turi yoki nav uchun barg
36
yuzasining muqobil darajasi va fotosintetik imkoniyatini hisoblab chiqish mumkin.
Fotosintezga salbiy ta ’sir qiluvchi omillar. Ayrim holda ekinlarning fotosintetik imkoniyati (FI) to‘la ro‘yobga chiqmaydi. Yuqorida bayon etilganday hosil fotosintetik imkoniyat va fotosintez mahsuldorligiga bog‘liq. 0 ‘suv davrida agrotexnik tadbirlar ta’sirida FI ko‘rsatkichlar o‘zgaradi. Ekin uchun sharoit yaxshi bo Uganda о‘sish jarayoni kuchayadi, barg yuzasi kattalasha- di. Barg yuzasi katta bo‘lganda pastdagi barglarga yorug‘lik tushma- ganligi uchun fotosintez mahsuldorligi kamayadi. Texnologik tadbirlar bilan barg yuzasini va FMni oshirish juda qiyin bo‘iadi. Faqat ayrim texnologik tadbirlar natijasida fotosintetik ko‘rsatkichlar yuqori bo‘ladi. Bu tadbirlardan biri - begona o‘tlardan tozalash. Begona o‘tdan toza ekinzorda yorug‘lik bilan ta’minlanish yaxshilanadi, shu tufayli FM oshadi. Kasallik va zararkunandalar bilan kurashish ham ijobiy natija beradi.
Fotosintez mahsuldorligini oshirishning birdan bir yo‘li - bu genetika va seleksiya ishlarini yaxshilashdir. Madaniy ekinlarning
ko‘pchiligi Ся turdagi ekinlarga kiradi. Bu demak, CO2 ning konsentratsiyasi oshsa fotosintez jarayoni kuchayadi. Fotosintez jarayonida to‘plangan uglerodniig 15-30% nafas olishga sarflanadi.
0 ‘simliklami C4 turiga makkajo‘xori, jo'xori, shakarqamish kiradi. Bu ekinlarda yorug lik bilan to‘yinish kuzatilmaydi, shuning uchun nafas olish ham yuqori ko‘rsatkichga ega emas. Fotosintez mahsuldorligi bu ekinlarda C3 turiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Fotosintez mahsuldorligiga bargning shakli, anatomik tuzilishi ta’sir qiladi. Don ekinlarda yuqori barglari tik o‘sgan bo‘lsa FM yuqori bo'ladi. Qand lavlagini bargi ham tik o‘sganda FM yuqori bo‘ladi.
Yuqori hosil yetishtirishda FM va FPning roli bir xil. Ikkala ko‘rsatkichdan har biri oshirilganda hosil oshadi. Ammo barg yuza­ sining kengayshi FPni oshirsa ham, FMni kamaytiradi.
Demak, yuqori hosil yetishtirish uchun ekinni fotosintetik ko'rsatkichlarini oshirish mumkin. Kechpishar ekin navlarida FP yuqori bo‘ladi. Tezpishar nav va turlarda FP o‘rtacha 1,5-2 mln. kv.
m. kun/ga bo'ladi. 0 ‘rtapishar navlar uchun 2,5-3,0 va kechpisharlar uchun 3-5 mln. kv. m. kun/ga bo‘ladi. FPni oshirishda ta’sir
37
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin