3.2. Aylana va uning tenglamalari
Bizga maktabdan tanish bo‘lgan aylana ta’rifini eslaymiz.
2-TA’RIF: Berilgan M(a,b) nuqtadan bir xil R masofada joylashgan tekislikdagi nuqtalar to‘plami (geometrik o‘rni) aylana deb ataladi. Bunda M(a,b) nuqta aylananing markazi, R soni esa aylananing radiusi deyiladi.
Markazi M(a,b) nuqtada va radiusi R bo‘lgan aylananing tenglamasi
(2)
ko‘rinishda bo‘lishini oldin ko’rib o‘tgan edik. (2) aylananing normal tenglamasi deb ataladi va undan aylana II tartibli egri chiziq ekanligi ko‘rinadi. Agar aylana markazi O(0,0) koordinata boshida joylashgan bo‘lsa, uning tenglamasi
ko‘rinishda bo‘ladi va u aylananing kanonik tenglamasi deyiladi.
Endi umumiy holdagi II tartibli (1) tenglama qaysi shartda aylanani ifodalashini aniqlaymiz. Qisqa ko‘paytirish formulalardan foydalanib (2) tenglamani
х2+у2–2ах–2bу+а2+b2–R2=0 (3)
ko‘rinishga keltiramiz. Bu yerdan aylananing (3) tenglamasi (1) umumiy tenglamadan
A=C=1, B=0, D=–2a, E=–2b; F=а2+b2–R2
bo‘lgan holda kelib chiqishini ko‘ramiz..
Endi qanday holda (1) umumiy tenglama aylanani ifodalashini aniqlaymiz. (3) tenglamadan ko‘rinadiki birinchi navbatda B=0 va A=C bo‘lishi kerak. Bu holda A2+B2+C2≠0 shartdan A=C ≠0 ekanligi kelib chiqadi va (1) tenglama ushbu Aх2+Aу2+2Dх+2Еу+F=0 (4)
ko‘rinishda bo‘ladi. Bu tenglamani (2) ko‘rinishga keltirish uchun uni A≠0 soniga bo‘lamiz va to‘liq kvadratlarni ajratamiz:
Bunda a=–D/A va b=–E/A belgilash kiritilgan. Bu yerda Δ=D2 +E2–AF ishorasiga qarab uch hol bo‘lishi mumkin.
I hol: Δ<0. Bu holda (5) tenglama bo‘sh to‘plamni (mavhum aylanani) ifodalaydi, chunki uning chap tomoni doimo nomanfiydir.
II hol: Δ=0. Bu holda (5) tenglama faqat bitta M(a,b) nuqtani (markazi shu nuqtada va radiusi R=0 bo‘lgan aylanani) ifodalaydi.
III hol: Δ>0. Bunda Δ=R2 deb belgilash mumkin va (5) tenglama (2) ko‘rinishni oladi, ya’ni aylanani ifodalaydi.
Demak, (4) ko‘rinishdagi II tartibli tenglamada D2+E2–AF=Δ>0 shart bajarilsa, u M(a,b) markazining koordinatalari a=–D/A va b=–E/A, radiusi esa
bo‘lgan aylanani ifodalaydi va (4) aylananing umumiy tenglamasi deb aytiladi.
Masalan, х2+у2–2х+6у–15=0 tenglamani qaraymiz. Bu tenglamada
A=C=1, D=–1, E=3, F=–15, D2+E2–AF=1+9–(–15)=25>0.
Demak, bu tenglama markazi M(1, –3) va radiusi R=5 bo‘lgan aylanani ifodalaydi. Haqiqatan ham
х2+у2–2х+6у–15=0 => (x–1)2 –1+(y+3)2–9–15=0 => (x–1)2 +(y+3)2=25=52.
Dostları ilə paylaş: |