Ildiz mevalarni saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə35/36
tarix30.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#150932
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
portal.guldu.uz-ILDIZ MEVALARNI SAQLASH VA DASTLABKI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Nazorat savollari.
1.Diffuziya sharbatini filtrlash usullari.
2. Diffuziya sharbatini filtrlash uskunalari tuzilishi.
3. Diffuziya sharbatini quyultirish usullari.
4. Diffuziya sharbatini quyultirish uskunalariqanday tuzilgan?
12-Mavzu. QUYULTIRILGAN DIFFUZIYA SHARBATINI KRISTALLASH SXEMASI
Diffuziya sharbatini kristallash sxemasi
Diffuziya sharbatini kristallash - uni ishlab chiqarishdagi oxirgi tugallovchi bosqichi hisoblanadi. Bu etapda ko‘p komponentli turli xil aralashmali siropdan, deyarli toza saxaroza ajratib olinadi.
Sharbat tozalash bo‘limida diffuziya sharbatidan shakarmaslarni 1/3 qismiga yaqini chiqariladi, qolgan qismi esa saxaroza bilan birga mahsulot bo‘limiga o‘tib, saxarozani katta qismi shakar kristallari ko‘rinishida kristallanadi, shakarmaslar esa kristallar orasidagi eritmada qoladi.
Saxarozani kristallash vakuum apparatlarda saxarozani parchalanishi oldini olish va rang beruvchi moddalarni hosil bo‘lishidan asrash maqsadida past temperaturalarda (yuqori razrejeniya ostida) o‘tqaziladi.
Kristallizatsiyalash texnologiyalarini takomillashtirishdagi asosiy yo‘nalishlar, lavlagi tarkibidagi saxarozani maksimal darajada ajratishga, suv bug‘uni kam sarflashga, shakar zavodlardagi vakuum-apparatlari suv bug‘ini eng ko‘p istimolchilari bo‘lganligi sababli yoqilg‘ini tejashga ham qaratilgan. Bu talablarga javob beradigan mahsulot bo‘limi uch kristallizatsion sxema hisoblanadi (12-rasm). Bu sxemadan shakar zavodlarda foydalanilganida 1 t qayta ishlangan lavlagiga sarflangan issiqlik energiyasi 1,147 GDj tashkil etadi. Bu sxema bo‘yicha sirop va I, II kristallizatsiyadan hosil bo‘lgan sariq shakar klerovkasi bilan 1 sbornikdan 2 vakuum apparatga uzatilib, quruqlik miqdori 92,5 % yetgunga qadar qaynatiladi. I kristallizatsiyani tayyor bo‘lgan utfelini 34 utfel aralashtirgichga to‘kiladi, va 75 oS li qaynoq suv qo‘shiladi.

12- rasm



Shakarni kristallash sxemasi
Bo‘shatilgan vakuum-apparatni bug‘latish qurilmasini I korpusidan olingan bug‘ bilan qayta ishlanadi.
Utfel 34 utfel aralashtirgichdan 31 utfel tarqatuvchi orqali 32 sentrafugaga uzutilib, u yerda ikki oqimga ajratiladi: birinchisi (kristallar orasidagi eritmali utfel, tarkibidagi zarrachalar o‘lchami kichkina bo‘ladi) va ikkinchisi hosil bo‘lgan shakarni 70 – 95 oS li toza suv bilan yuvilgan saxaroza kristallari.
Namligi 0,8 – 1 % bo‘lgan oqartirilgan shakarni 33 vibrotranspoter va 9 elevator yordamida 10 quritib sovutgichga uzatilib, idishsiz saqlashdagi namligi 0,03 %, idishli saqlashdagi namligi 0,14 % gacha issiq havo bilan quritiladi va saqlashga jo‘natiladi. Shakar qumi tarkibidagi ferromagnetli aralashmalarni tutib qolish uchun lentali transporter tepasida 13 elektromagnetli separator o‘rnatilgan. 14 sortirovkalovchi qurilmada shakar qumi tarkibidagi hosil bo‘lgan bo‘laklari ajratilib uch fraksiyaga ajratiladi va 15 bunkerga uzatiladi. Quritish – sovutish qurilmasidagi havo ventelyator yordamida so‘rib olinib 11 siklonda tozalanib, siklondagi 12 ho‘l tozalashdan o‘tqaziladi. Tutib qolingan shakar pudralari va shakar bo‘laklari 16 aralashtirgichda II saturatsiya sharbatida eritiladi va bu eritma 30 klerovka apparatiga uzatiladi.
II kristallizatsiya utfeli (II utfel) bilan birinchidan chiqqan oqim qo‘shilib 5 vakuum apparatda quruqlik miqdori 93 % gacha qaynatilib 25 utfelaralashtirgichga to‘kiladi. Utfellari to‘kilgandan keyin vakuum- apparatlar bug‘ bilan ishlov berilib, kondensat bidan shakar qoldiqlari yig‘ilib shu 25 utfelaralashtirgichga qo‘shiladi. So‘ngra utfel 26 utfel tarqatuvchi orqali 28 sentrifugaga uzatiladi.
III utfel kristallizatsiyasida (utfel III), 8 vakuum-apparatlarga ketma ket birinchi va ikkinchi otteklar bilan affinatsiya oqimi aralashtirib qaynatib quyultiriladi. Utfelni quyultirishda zaruriyat tug‘ulganida 4 sbornikdan I utvelni ikkinchi oqimi olib aralashtiriladi. III kristallizatordan chiqqan tayyor utfelni quruqlik miqdori 93,5 – 94 % gacha bo‘ladi. So‘ngra 18 utfelaralashtirgich orqali 19 kristalizatsion qurilmaga uzatiladi. Bu yerda 32 soat ichida 70 – 75 oS dan 35 – 40 oS gacha saxaroza qo‘shimcha kristallanadi. 21 utfelaralashtirgichda 45 – 50 oS gacha qizdiriladi va 22 sentrifugada oqartirmasdan sentrifugalanadi. Ajratilgan oqim (melassa) 23 nasos yordamida 17 tarozidan o‘tqazilib saqlagichlarga uzatiladi. III kristallizatordan chiqqan shakarni 24 affinatorga uzatiladi. Affinatordan utfel 26 utfeltarqatigich yordaimida 27 setrifugalarda sentrifugalanadi. Affinatsion oqim va affinatsiyani oqartirib yuvilganidan hosil bo‘lgan suv bilan birag II utfel sbornikiga uzatiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin