Ilk qadam dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish. Dastur asosida bolalarga induvudual yondashuvni tashkil etish



Yüklə 23,16 Kb.
səhifə2/2
tarix15.04.2023
ölçüsü23,16 Kb.
#98677
1   2
“Ilk qadam dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish

bolalar bog‘chasining aynan maktabgacha ta'lim tizimiga aylantirilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Biroq, yangi siyosatga ko‘nika olmagan mudiralar ham bor. 
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani 197-sonli bog‘chada auditorlik tekshiruvi uchun kelgan vazirlik xodimlarini mudira xonasida o‘zini metodist deb tanishtirgan ayol kutib oladi. Tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan ayol, aslida amaldagi mudiraning onasi ekanligini tan olib, bu yerda ishlamasligini aytgan. Keyingi tergovlar shuni ko‘rsatdiki, avvallari jinoiy javobgarlikka tortilgan bu ayol aslida MTMning pul oqimlarini shaxsan o‘zi nazorat qilib kelgan.
Auditorlik ishlari o‘tkazilgan kuni menyu uchun ishlatilishi lozim bo‘lgan 56,2 kg go‘sht ombordan olingan, ammo u qozonlargacha yetib bormagan. Ajratilgan mahsulotning o‘rniga bir kun avval qaynatilgan 8,98 kg miqdoridagi go‘sht topilgan. Aniqlanishicha, amaldagi «qo‘g‘irchoq» mudiraning onasi har kuni go‘shtning yarmini o‘zi uchun olib qo‘yishni odat qilgan. MTM xodimlari tekshirish vaqtida ro‘yxatga kiritilmagan bolalarni eshigi tashqaridan qulflanadigan omborxonaga yashirib qo‘yishgan. Bu bolalarning ota-onalari bog‘cha to‘lovini naqd pulda amalga oshirishi ma'lum bo‘lgan.
Yana bir achinarli holat - bog‘cha hududida chinni buyumlar, ya'ni piyola ishlab chiqaradigan sex ochilgan. Mutaxassislarning e'tiroficha, bu sexda foydalaniladigan xomashyo va bo‘yoq bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Afsuski, bunday «qing‘ir»​ ishlari fosh bo‘layotgan MTMlar respublikada yagona emas. Umumiy qilib aytganda, shunday xabarlarning ko‘payib, oshkor etilishi vazirlikning yutug‘i, negaki, avval Xalq ta'limi tizimida faoliyat olib borgan bog‘chalarning o‘z holiga tashlab qo‘yilgani oqibatida shuncha masalalar to‘planib qolganki, ularni bartaraf etish uchun yana bir necha yil talab etiladi. 
Davlat xizmatlari agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bog‘chalardagi tekshiruvlar vaqtida respublika bo‘yicha jami 2 457 nafar ro‘yxatdan o‘tmagan bola aniqlangan, ya'ni ular rasman hech qayerda ro‘yxatdan o‘tmagan. Shundan kelib chiqadiki, ular Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan o‘z haq-huquqlaridan to‘liqligicha foydalanish imkoniyatiga ega emas. Masalaga bu nuqtai nazardan qarasak, maktabgacha ta'lim yoshida bo‘lgan bolalarning huquqiy himoya qilinishi, ayrim vaziyatlarda ularning ijtimoiy himoyada ekanligi masalasi bilan aynan Maktabgacha ta'lim vazirligi shug‘ullangani maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yakkasaroy tumanida joylashgan «Baby Univer» xususiy MTM tarbiyalanuvchisi 1,5 yoshli ​Davron Maxmudovning muassasa vakili tomonidan kaltaklanishi mazkur masalada vazirlikning vakolatlari chegaralanganini bildiradi. Gap shundaki, Davronning onasi vaziyatdan xabar topib, voqea haqida IIB xodimiga murojaat etgunga qadar, mutasaddilardan hech kim bu haqda qayg‘urmagan. Bevosita vazirlikka tegishli muassasada shunday vaziyat yuz berganda Maktabgacha ta'lim vazirligi tezkor harakatlanish huquqiga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, uning ijtimoiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlangani vazirlik harakatlarida ifoda etilishi lozim. O‘ylaymizki, MTV hozircha barcha ishlarni do‘ndirib qo‘ymayapti, lekin shu tarzda islohot va tashabbuslar davom etsa, albatta, vazirlik oldiga qo‘yilgan vazifaning uddasidan chiqadi.
Yüklə 23,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin