ILM -FAN VA TABIAT MARKAZI Reja 1. Ilm fan va tabiat markazini jihozlash va oʻyinli taʼlim faoliyatini tashkil etish 2. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berishning shakllari va ahamiyati 3. Maktabgcha tarbiya yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish muammosini taxlili Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, bu jarayonning samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-xunar dasturlarini ongli ravishda tiklash va huquqiy, psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ma’naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga extiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta’limtarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifasi o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirish usullari, ish shakllari, shuningdek pedagog, psixolog olimlar va mutafakkirlarning tabiatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlari bilan tanishtirish va nazariy bilimlar berishdan iborat.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani pedagogikaning bir qismidir, chunki tabiat bilan tanishtirish orqali barcha tarbiya turlari amalga oshiriladi. Tabiat bilan bolalarning yosh xususiyatlari, fiziologik tuzilishlarini hisobga olgan holda tanishtiriladi. Shu bilan birga turli yosh guruhlarda ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari, xarakter hislatlari, iste’dodlari hisobga olinadi.
Bola a’zolarining tuzilishi - oliy nerv sistemasi, ichki a’zolari, tana tuzilishi, yoshga qarab hosil bo‘ladigan o‘zgarislilar tabiat bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan ko‘rinib turibdiki bu kurs bolalar fiziologiyasi fani bilan ham bevosita bog‘langan.
Biologiya fani tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosini tashkil etadi. Chunki biz bolalarni jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, yilning turli fasllari bilan tanishtiramiz.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani falsafa, biologiya, pedagogika, psixologiya, fiziologiya va barcha metodikalar bilan bog‘liq holda bir-birini to‘ldirib, mustahkamlaydi.
Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar va xayvonlar, inson mehnati haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish haqida boyitish, shuningdek, o‘simliklar o‘stirish, xayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko‘nikmalar hosil qilish ta’lim berishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo‘ladi.
Bolalarda mehnatni sevish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, o‘simlik va xayvonlarni asrash, ularni parvarish qilish, o‘z Vatanini, tabiatni sevish, tabiat go‘zalliklarini ko‘ra olish kabi hislatlarni o‘stirish orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan yaqindan tanishtirmasdan turib, bolalarni jismonan rivojlantirish, nutq va tafakkurlarini boyitish vazifalarini amalga oshirish mumkin emas.
Tabiat bilan tanishtirishning bolalarni aqliy jihatdan o‘sishiga ta’siri kattadir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda talim-tarbiya jarayonida ularning ongida atrofni o‘rab olgan dunyo haqida hissiy tajribaga asoslangan aniq bilimlar hosil qilish muhimdir. Haqiqatni to‘g‘ri aks ettiruvchi bilimlar berilmasi, bolalarda tabiat haqida noto‘g‘ri tushunchalar hosil bo‘ladi.
Noto‘g‘ri tushunchalarni tuzatish yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalarda maktabgacha ta’lim yoshidanoq, his etilish, qabul qilib olish va zehniy rivojlanish tajribalariga asoslangan holda tabiat haqida ilmiy dunyoqarashlarning shakllanishi juda muhimdir.
Fikirlash faqat idrok qilish bilan bog‘langan so‘zlar yordamida hosil qilinish I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, insonning tabiatdagi narsa va hodisalardan olayotgan ta’siri birinchi signal sistemasini, ularni ifodalovchi so‘z esa, ikkinchi signal sistemasini hosil qiladi. Bilishning hissiy tomoni birinchi signal sistemasi bilan bog‘liq, bu ko‘rgazmali, obrazli tafakkurga asoslangan bo‘lib, miya po‘stlogidagi muvaffaqiyatli bog‘lanishni o‘z ichiga oladi, ya’ni tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni sezishda, idrok qilishda va tasavvurda bevosita aks etadi. Bilimning ratsional tomoni, abstrakt tafakkur, ya’ni tushunchalarning hosil bo‘lish jarayoni ikkinchi signal sistemasi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi signal sistemasi tashqi dunyo bilan faqat birinchi signal sistemasi orqali aloqa olib boradi, shuning uchun tafakkur sezgi va idroksiz bo‘lish, biron narsa haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmay turib tushuncha hosil qilinishi mumkin emas.
“Hissiy bilimning fiziologik asosi — ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri, harakatlantiruvchi va boshqa analizatorlarning birgalikdagi faoliyatidir” - degan edi I.P.Pavlov.
O‘zlashtirishda qancha ko‘p analizatorlar birgalikda ishtirok etsa, tasavvur va tushuncha shunchalik aniq, boy va ma’noli bo‘ladi. Demak, bolalarni tabiat bilan tanishtirish asosiga birinchi navbatda ko‘rgazmalilikni qo‘yish kerak, ya’ni narsa va hodisalar ularaing sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etishi, bolalar narsalarni ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko‘rishlari, eshitib, hidlab ko‘rishlari, ta’mini tatib ko‘rishlari, ya’ni ularning xususiyatlarini seza bilish imkoniyatlariga ega bo‘lishlari shart.
Uyda, sayrda, o‘yinlarda va mehnatda, tabiatdagi narsa va hodisatarni bolalarga ta’sir etishi natijasida ularda seza bilish tajribalari to‘planib boradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bog‘chaga ketayotganlarida ko‘chadagi ob-havo sharoiti (sovuq, issiq, iliq va namlik)ni seza oladilar. Qo‘llarini yuvganlarida, cho‘milish vaktida, o‘yinlarda suvning xususiyatlarini (sovuqligi, iliqligi, sachrashi, toshlarning suvda cho‘kishi yoki yog‘ochning suzib yurishi)ni payqay oladilar. Xayvonlarni parvarish qilishda esa ularning harakatlarini, odatlarini bilib oladilar.
Bola tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lishi natijasida, undagi narsa va hodisalarni yaqqol ko‘rib, idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin ko‘pincha bola narsalarni payqamay qolishi yoki muhim bo‘lmagan tomonlarga diqqat qilib, idrok qilgan narsalarini noto‘g‘ri tasvirlashi mumkin. 3-4 yoshdagi bola uchayotgan qushlarni hamma vaqt ham sezmasligi mumkin. Xayvonlarni uchratganda u birinchi navbatda uning kattaligiga e’tibor beradi, akvariumda suzib yurgan baliqni ko‘rsaiib uni «yuryapti» yoki «qanotlarini silkityapti», - deb aytadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bolani tabiat bilan tanishtirishda unga hodisa yoki narsani ko‘rsatishning o‘zigina kifoya qilmaydi. O‘rgatish jarayonida maqsadga muvofiq rahbarlik qilinishi zarur. Bu esa tarbiyachining bolaning idrokini yo‘lga soladigan, diqqatini ko‘rish va eshitishi muhim bo‘lgan narsa va hodisalarga to‘g‘ri yo‘naltiruvchi so‘zlarida ifodalanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshida tabiatni o‘rganish ko‘proq ona tilini bilish bilan yaqindan bog‘liqdir. Bu yoshda sezib idrok qilishdan ko‘ra so‘z bilan aytib idrok qilish mustahkam o‘zlashtiriladi. Sezib idrok qilishda tabiat haqidagi hamma bilimlarni boshlang‘ich manbai ekanligini doimo nazarda tutish kerak, aniqroq qilib aytganda, bolalar ongida haqiqatni aks etti mumkin.
Tushuncha - bu miyaning analitik-sintetik faoliyatining natijasidir. Tabiatdagi narsa va hodisalarning bir necha marta sezib idrok qilinishi, ularning boshqalari bilan taqqoslab ko‘rilishi, ulardagi eng muhim belgilarning so‘zlarda aks ettirilishi natijasida tushuncha hosil bo‘ladi. Tushuncha bolalar faoliyatida o‘yin va mehnatda o‘zlashtiriladi va tekshirib ko‘riladi.
Yoshlarga estetik tarbiya berishdan maqsad — shaxsning estetik didi va idealini tarkib toptirish, tevarak-atrofdagi narsalarni to‘g‘ri qabul qilish qobiliyatlarini har tomonlama o‘stirishdir. Estetik tarbiya bolaga did bilan kiyinish, yurish-turish, mehnat qilish, omma orasida o‘zini to‘g‘ri tuta bilish kabi hislatlarni singdiradi. Ayniqsa, ona tabiatni sevish va undan zavq olish, ya’ni go‘zallikni his qilishni o‘rgatadi. Gul va mevalarning hidi, shakli va ranglari, qushlarning sayrashi, ariqlarda suvning jildirab oqishi, qishda qorning g‘ichirlashi - bularning hammasi bolalarda tabiatdagi narsa va hodisalarni tasavvur etishga imkon beradi va ularda estetik hissiyoini tarbiyalashda va o‘stirishda boy material bo‘lib xizmat qiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda bunday estetik tuyg‘ularning o‘sishi esa, o‘z navbatida san’atni, hayotni, tabiatni sevish, uni tushunish va o‘rganish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
Avval tabiat go‘zalligini, so‘ngra san’at go‘zalligini his etish kerak. Tabiatdagi va san’atdagi go‘zallik bilan tanishish bolaning aql-idroki va his-tuyg‘ularini tarbiyalabgina qolmay, balki uning axloqini, aqliy xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi.
Bog‘cha yoshidagi bolani tabiat bilan tanishtirishda uni zavqlantirish, estetik his-tuyg‘ularni hosil qilish oson ish emas. Uning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, ulardan baxramand bo‘lishi, qalbida havas, qiziqish, hayajonlanish hislarining uyg‘onishi uchun oylar, yillar kerak bo‘ladi. Bolani estetik tarbiyalashni tabiatga sayohat, sayrlar yoki bog‘cha hovlisidagi hushmanzara gullarni, chiroyli bog‘ hovlilarini kuzatish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tabiat orqali estetik ruxda tarbiyatashni tabiatning istagan faslida amalga oshirish mumkin.
Axloqiy tarbiya deganda, yosh avlodni Vatanga, insonlarga muhabbat, ularning mehnatiga hurmat tuyg‘ulari, intizomlilik, xulq-atvor madaniyati, tengdoshlar orasidagi do‘stlik, tinchlik, inson xarakterining irodaviy xislatlari hamda shaxsning ijobiy, axloqiy sifatlari, poklik, to‘g‘rilik, kamtarlik, xullas barcha oliyjanob xislatlarni mujassamlashtirish ruhida tarbiyalash tushuniladi.
Yosh avlodda bu xislatlarni kamol toptirish uchun tabiat vositasidan keng foydalanish kerak. Bu murakkab jarayon bo‘lib, uzoq vaqt, kerak bo‘lsa yillar davomida qilinadigan mehnatning mahsuli hisoblanadi.
Tabiat vositasida axloqiy tarbiya berish uchun bog‘cha hovlilariga ekilgan gullarni parvarish qilish jarayonida har bir gulni, niholni asrash, uni parvarish qilish, gullarning tagini yumshatish, sug‘orish, begona o‘tlardan tozalash, shakl berish, o‘g‘it yoki go‘ng solish kabi ishlarni bajarish jarayonlarini amalga oshirish mumkin. Bu yerda tarbiyachining ahamiyati katta. Masalan, tarbiyachi bolalarga gullarni parvarish qilayotganda ularning ham jonli organizm ekanligini, biz qanday nafas olsak, ular ham nafas olishini, biz qanday ovqatlansak, ular ham bizdek «ovqatni yaxshi ko‘rishini», o‘simlikning ovqati go‘ng, o‘g‘it ekanligini, biz yuvinish, taranishni qanday yaxshi ko‘rsak, gullar ham «yuvinishni», «taranishni» yaxshi ko‘rishini va buning uchun gullarni tagini vaqti-vaqti bilan yumshatib, suv berib turish kerakligini, barglariga chang yuqtirmasdan yuvib, artib turish kerakligini o‘rgatishi zarur. Shuningdek tarbiyachi bolalarga odamlar yorug‘likni, quyoshni qanday yaxshi ko‘rsa, gullar ham yorug‘likni, quyoshni shunchalik yaxshi ko‘rishini, shuning uchun ham ularni soya yoki qorong‘i yerga saqlash mumkin emasligini ularga uqtirishi zarur.
Tabiat vositasida bolalarga axloqiy tarbiya berishning yo‘llari juda ko‘p va xilma-xildir. Biz yuqorida faqat uning ba’zi birlarini eslatdik, xolos. Uni har bir tarbiyachi o‘z sharoiti, o‘z milliy urf-odatlari asosida amalga oshirsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. Bolalarning o‘simliklar o‘stirish va xayvonlarni parvarish qilishda ishtirok etishlari ularda har bir ishda javobgarlikni his qilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatadi.
Insonning ma’naviy shakllanishida, mazmunli hayot kechirishida jismonan sog‘lom bo‘lishining ahamiyati beqiyos kattadir. Xalqimiz «tani sog‘lik — tuman boylik», «to‘rt muchaling sog‘ bo‘lsin» deb bekorga aytmagan. Bu naqllarning tuman-tuman ma’nosi bor.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning organizmi juda tez rivojlanadi. Bolalar anatomiyasi va ilziologiyasidan ma’lumki, bolalar 7—8 yoshgacha bo‘yiga har yili 5 sm gacha o‘sib, tana og‘irligi 2-2,5 kg ga ortib boradi. Kevin esa biroz sekinlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bolaning jismonan sog‘lom o‘sishini yoshlikdan ta’minlash kerak. Bog‘cha yoshidagi bolalarni jismonan sogMom tarbiyalash uchun nimalarga s’tibor berish zarur? Bunda qanday tarbiya vositalaridan foydalanish kerak, degan haqli savollar tug‘ilishi mumkin.
-gigiyenik ko‘nikmalar hosil qilib tarbiyalash (bino, hovli, jihozlar, kiyim-bosh, poyafzal gigiyenasi);
tibbiyot xodimlariniiig doimiy nazoratida (soglig‘i, antro-politrik ma’lumotlari, fiziologik holati) bo‘lish;
bog‘chadagi bolalarning kun tartibini tuzish (ovqatlanish, uyqu, o‘yin, mashg‘ulot, sayrlar, organizmni chiniqtirisli).
Bog‘cha yoshidagi bolaiarga tabiat vositasida jismoniy tarbiya bsrishda ochiq havoda sayr qildirish, tog‘ etaklari, daryo bolylariga sayohatga chiqish, shahar ichidagi istirohat boglarida bo‘lish, ular bilan bog‘cha hovlisida ishlash, harakatli o‘yinlar tashkil qilish, o‘simliklar va xayvonot dunyosi bilan tanishish, xayvonot boglarida bo‘lish kabilar bolani jismoniy tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Bogcha hovlisidagi gullarni parvarish qilish, tagini yumshatish, sug‘orish, gulzorni begona o‘tlardan tozalash, gullarga mineral va madaniy o‘g‘itlar solish kabi ishlar bolalarni ham mehnaisevarlikka, ham jismonan soglom bo‘lib o‘sishlariga yordam beradi.
Yosh avlodni jismoniy tarbiyalashda yer maydonchasi, bog‘cha hovlisining mavjudligi ahamiyatga ega. Bola ochiq havoda sayr etar ekan, nafas olish organlarining rivojlanishi bilan birga tanasining boshqa a’zolari mustahkamlanadi, sog‘lom o‘sishi uchun sharoit yaratiladi. Tabiat vositasida jismoniy tarbiya berinshing turiari juda ko‘p bo‘lib, ulardan oqilona foydiilanish kerak.
Bolalarning ekologik tarbiyasi-pedagogikaning bolalarni tabiat bilan tanishtirish dasturlarida o‘z ifodasini topgan ana’naviy yondoshish, keyingi yillarda yuzaga kelgan yangi bir yo‘nalishdir.
Voyaga yetayotgan avlodni ekologik tarbiya muammosi avvalambor hozirgi zamon olimlarining tabiat va jamiyatdagi o‘zaro bog‘liqliklarini diqqat bilan kuzatishlari natijasida kelib chiqdi. Hozirgi kunda inson va tabiatning o‘zaro munosabatlar xarakteri yer sharida hayotni saqlab qolish bilan bog‘liqdir. Ushbu muammolarning dolzarbligi, ekologik va biologik qonuniyatlarni hisobga olmagan holda tabiiy resurslardan foydalanish,sanoat ishlab chiqarishning tez sura’tlar bilan o‘sib borishi va nihoyat,tabiatda inson faoliyati orqali yuzaga kelgan aniq ekologik xavf vujudga kelganligi bilan asoslanadi.
Olimlar tabiat jamiyat bir-biriga ta’sirning o‘ziga xosligini tahlil qilish orqali,hozirgi zamon sharoitida tabiat va jamiyatning yangi turiga o‘tishni ta’minlash kerak degan xulosaga keldilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyasi muhim ahamiyatga ega,chunki xuddi mana shu yoshda informatsiyalarning 70%ni qabul qiladilar,ma’naviy madaniyatning bir qismi hisoblangan shaxsiy ekologik madaniyatning poydevor asoslari shakllanadi.Bolalarning ekologik tarbiyasi maqsad sari yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.Shaxsni ekologik tarbiyalash,tabiatni muhofaza qilish munosabatlariga ijobiy yondogshish,tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishda ekologik muhofaza nuqtai nazaridan yo‘naltirilgan intizom,ekologik ongning yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.
Shaxsning ekologik madaniyati ekologik tarbiyaning natijasi bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshda bolaning shaxsiy ekologik madaniyatining tarkibiy qismi – tabiatni bilish bo‘yicha bilim va uning ekologiya nuqtai nazaridan yo‘naltirilganligi, kundalik turmush, turli-tuman faoliyatlarda: (uy sharoiti,mehnat jarayoni va turli xil o‘yinlarda) foydalanishni tashkil qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonda shaxsni ekologik tarbiyalash quyidagi faoliyat turlarini ochib berish orqali amalga oshirilishi mumkin.
1.Bolalarda ekologik ong elementlarini shakllantirish. Bola ekologik ong elementlarini tushunish va tasavvur etish, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarning xarakteri va mazmuni bilan aniqlanadi.Ularda,tabiiy hodisalarning o‘zaro bog‘liqligini namoyon qiluvchi ekologik mazmunga ega bo‘lgan bilimlar bo‘lishi kerak.
2.Bolalarda tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil bilim va malakalarni shakllantirish,faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar tabiatni saqlash xarakteriga ega bo‘lishi kerak.Tabiat bilan bog‘liq holda olib borilayotgan aniq faoliyat davomida(dala hovli va tabiat burchaklarida o‘simlikva hayvonlarga qarash,tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda faol qatnashish )bolalar tirik organizmlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda,o‘simlik va hayvonlar uchun tabiiy sharoitga yaqin bo‘lgan sharoitlarni tashkil qilishni o‘zlashtiradilar. Bunda, salbiy ishlarning oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish, tabiatda o‘zini qanday tutishni bilish, alohida olingan tturkumlar vatirik organizmlarning butunligini saqlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayolgan tarbiyachilar oldida bolalarda tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchalar hosil qilish, ularga ekologik ta’limtarbiya berishdek muhim vazifa turadi. Tarbiyachi eng avvalo o‘zi tabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo‘lmog‘i lozim.
Tarbiyachi bolalarni tabiat bilan tanishtirish uchun «Bolajaon» tayanch dasturida berilgan tabiatga oid bilimlar bilan tanishib chiqqan va har bir yosh guruh uchun berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi zarur. Tarbiyachi har bir faslda olib boradigan tabiat haqidagi bilimlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, yer maydonchasidagi o‘simliklar, tirik burchakdagi xona o‘simliklari, akvariumda, terrariumda yashovchilarni parvarish qilish ko‘nikmalarini, qafasdagi qushlar va mayda sutemizuvchiiar bilan tanishtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi zarur. Tarbiyachi bolalarni yuqoridagilar bilan tanishtirar ekan, ularning dunyoqarashini shakllantirib, jonli va jonsiz tabiatning xususiyatlarini o‘rganib, - ular haqida dastlabki tushunchalar beradi.