“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 183
hal etishga imkon beruvchi quo pending ya’ni mavjud vaziyatni boricha saqlab
qolish, “b” bandiga ko‘ra arbitraj protsessiga halaqit beruvchi, to‘sqinlik qiluvchi
oldini olib bo‘lmas ziyon yoki zararlarni keltirib chiqaradigan xatti-harakatlardan
o‘zini tiyishga qaratilgan bo‘ladi, “c” bandiga ko‘ra, arbitraj sudi chiqargan hal qiluv
qarori asosida undirilishi mumkin bo‘lgan aktivlar(bankdagi hisob-raqam, mol-mulk,
binolar, tovarlar, yuridik hujjatlar) ni saqlab qolishga hamda “d” bandiga ko‘ra ishni
hal etishga ko‘maklashuvchi dalillar va zaruriy materiallarni saqlab qolishga
qaratilgan bo‘ladi. Buni sodda qilib tushuntirsak, muayyan chet el MCHJ
O‘zbekistondagi MCHJ bilan tovarlar oldi-sotdi bo‘yicha shartnoma tuzgan bo‘lsa,
ular o‘rtasidani nizo uchinchi davlat hududidagi arbitrajda yoki ikkala tarfning biri
hududidagi arbitrajda ko‘rilishidan qat’iy nazar vakolatli sudga iltimosnoma shaklida
murojaat qilib interim “measures” ni qo‘llashlari bu arbitrajning taraflardan birini
ikkinchisidan zararini undirishini osonlashtiradi, bankdagi pullarini ishlatib
yuborishini oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasida arbitraj sudlari 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro
tijorat arbitraji to‘g‘risida” gi 674-son O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-32-
moddalariga asosan vaqtinchalik ta’minlash choralarini qo‘llashlari mumkin, ammo
uning ijrosi arbitraj sudi joyidan qat’iy nazar davlat sudiga murojaat qilish orqali tan
olinadi va ijroga qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy-protsessual
kodeksining 232
4
-moddasiga asosan ta’minlash choralarini ko‘rish, tan olish va ijroga
qaratish bilan bog‘liq barcha ishlar shu haqida ariza kelib tushgan kunning keyingi
kunidan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va bu bo‘yicha sud ajrim chiqaradi. Endi
yuqorida milliy qonunchilikka taqqoslab tahlil qilish asosida xalqaro tarjriba bo‘yicha
huquqiy normalar va mashhur bir keysni ta’kidlab o‘tsak, 2003-yildagi AQSH
Arbitraj qoidalari to‘grisidagi federal Aktning 1-16-moddalari va 201-208-
moddalariga asosan AQSH hududida arbitraj sudlari vaqtinchalik choralarni qo‘llashi
mumkin, 1996-yilgi Angliya Arbitraji to‘grisidagi Akt 38-bobi normalariga asosan
Buyuk Britaniya hududida ham bu vakolat arbitraj sudlarida mavjud, ammo
Argentina Fuqarolik-protsessual kodeksi 753-moddasiga ko‘ra, hamda Italiya
Fuqarolik-protsessual kodeksi 818-moddasiga ko‘ra ushbu ikki davlat hududida