“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 182
borishni ma’qul ko‘rishmoqda. Chunki, chet elllik tadbirkorlar va O‘zbekistondagi
yuridik shaxslar o‘rtasida tijoriy bitim, savdo munosabatidan kelib chiquvchi har
qanday masalalar institutsional yoki ad hoc arbitraj sudlarida ko‘rib chiqilishi
mumkin. Institutsional arbitraj deganda doimiy faoliyat olib boruvchi arbitraj
tushunilib, O‘zbekistonda Savdo-sanoat palatasi huzurida TIAC (Tashkent
International Arbitration Chamber) tashkil etilgan. Dunyodagi eng mashhur doimiy
Arbitraj sudi – bu London Arbitraj sudi LCIA bo‘lib, 1892-yilda asos solingan. Endi
2021-yilda o‘zgartirishlar bilan yangi tahrirda qabul qilingan TIAC Qoidalari asosida
Toshkentdagi arbitraj ham chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi tijoriy bitimlar,
savdo munosabatlaridan, tashqi iqtisodiy bitimlar, oldi-sotdi shartnomalaridan kelib
chiquvchi nizolarni ko‘rib chiqishi mumkin. Ishni ko‘rish uchun yuridik shaxslar
o‘rtasidagi asosiy shartnomaning bir qismida belgilangan arbitraj kelishuvi yoki
alohida tartibda tuzilgan arbitraj kelishuvi asos bo‘ladi. Endi har qanday sud ariza
kelib tushgandan so‘ng uni o‘ziga tegishliligi, da’voda so‘ralayotgan qarzni yoki
yetrkazilgan zararni undirish uchun vaqtinchalik ta’minlash choralarini ko‘rishi kerak
bo‘ladi. Xususan, 2006-yilda yangi tahrirda qabul qilingan UNCITRAL
Qoidalarining 26-moddasiga ko‘ra, arbitraj sudi taraflardan birining iltimosnomasiga
asosan yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra, nizoni hal etishga qaratilgan yakuniy qaror
chiqqunga qadar taraflarga muayyan xatti-harakatlarni cheklab turuvchi chora-
tadbirlar ko‘rishi – vaqtinchalik ta’minlash choralari (interim measures) deb
nomlanadi. 2021-yil 1-yanvarda kuchga kirgan ICC Qoidalarining 28-moddasida ham
bu tushunchaga ta’rif berilgan bo‘lib, ad hoc yoki institutsional arbitraj sudining
qaror shaklida rasmiylashtiriladigan hujjati sifatida ifodalangan. Ushbu choralarni
qo‘llay olish yoki olmaslik bo‘yicha AQSHdagi Kanzas huquq universiteti professori
Kristofer Drahozal shunday fikr bildiradi: “Huquqiy rejimlar sudning joylashgan
yeriga, arbitrga vaqtinchalik choralarni qo‘llash huquqini berishi yoki bermasligiga
qarab farqlanadi, ba’zi arbitraj haqidagi davlat qonunchiligi ikkala organga bu
choralarni qo‘llash huquqini bersa ba’zi Lotin Amerikasi davlatlari huquqiy rejimlari
faqatgina milliy sudlarga beradi” Aslida bu protsedura nima uchun zarur hisoblanadi?
UNCITRAL Namunaviy Qoidalarining 26-moddasi 2-qismi “a” bandiga ko‘ra, nizoni