“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 186
organizmdagi namlikni saqlashga xizmat qiladi. Shilimshiqning xususiyati –
sovuqlik. U organizmni sovutishga xizmat qiladi. Ilk bora temperament
xususiyatlarining psixologik tavsifi nemis faylasufi I. Kant gumoral nazariya
asoschilariga suyangan holda, temperament va xarakter sifatlarini aralashib ketishi
fikrini namoyon qildi. Buyuk fiziolog, oliy nerv faoliyatining asoschisi
I.P.Pavlovning bergan ta’rifi ko‘ra: temperament – har bir insonning alohida umumiy
tavsifi bo‘lib, nerv tizimining asosiy tavsifidir va u individning faoliyatigi alohida tus
beradi.
Shaxs uchun xarakterli bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida kishining
temperamenti qandayligi haqidagi tasavvur vujudga keladi. Temperament tiplarining
psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi haqida
mashhur psixolog V.S.Merlin temperamentning psixologik tastig‘ini keltirib o‘tgan:
senzitivlik – tashqi ta’sirlarga ma’lum miqdordagi psixik javob berish kuchi;
reaktivlik – emotsional reaksiya kuchi, emotsionallik, ta’sirchanlik, taassurotga
berilish; faollik – tashqi olamga ta’sir etish; reaktivlik va faollik munosabati; ta’sirga
javob tempi psixik jarayonlar va ta’sirlar kechishi tezligi; plastiklik – egiluvchanlik,
beriluvchanlik; rigidlik – interlik, xulq -atvor ikkiluvchanligi; ekstravertlik - inson
reaksiyasini tashqi ta’sirga bog‘liqligi; introvertlik – inson reaksiyasini ichki obrazlar,
fikrlar o‘tmish va kelajakka bog‘liqligi; emotsional qo‘zg‘aluvchanlik – emotsional
jarayonlarning kechishi va tashqi ifodalanishi bilan harakterlanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat
temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg‘ularga ham bevosita
bogliqdir. Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini ko‘rib chiqamiz.
Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo‘lib, atrog‘dagi narsalar, insonlar diqqatini tez
jalb etadi. U imo-ishoralarni ko‘p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg‘iyatini anglab
olish qiyin emas. Juda sezgir bo‘lishiga qaramay, kuchsiz ta’sirni seza olmaydi,
serg‘ayrat, ishchan, toliqmas.
Holerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega bo‘lib, juda faol va reaktivdir.
Ko‘pincha reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik, serzardalik va
giperaktivlikni kutilmaganda portlovchi, qiziqqon, betoqatlikni namoyon qiladi.