“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
200
PSIXODIAGNOSTIKANING ZAMONAVIY USULLARI
Yoqubjonova Mashxura Ikromjon qizi
Namangan viloyati To‘raqo‘rgon tumani 42-maktab psixologi
Annotatasiya:
Ushbu maqola shaxsning o‘ziga xos xususiyatlarini zamonaviy
psixologik usullar yordamida diagnoz qilishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
Zamonaviy psixologiya, diagnostika, psixodiagnostika, fakt,
kayfiyat, muloqot, optimist, pessimist, erkinlik, ishonch, depressiya, agressiv,
xushmuomala,
Ma’lumki psixologiyada insonlar harakterini o‘rganishning ko‘plab usullari
mavjud, zamonaviy psixologiya esa insonning tug‘ilgan vaqti, qanday predmetlarni
yoqtirishi va nimalarga qiziqishiga qarab uning xarakterni ochib berishga xarakat
qiladi. Quyida biz shunday zamonaviy psixologiyaning qiziqarli faktlaridan keltirib
o‘tamiz.
Bir guruh olimlar insonlarning qaysi faslda, oyda, kunda tug‘ilganiga qarab
uning xxxarakterini tavsiflashga uriadilar masalan: yoz va kuzda tugʼilgan
odamlarning barqaror koʼtarinki kayfiyatga moyil boʼlishini aniqladi. Baxor faslida
tugʼilganlar optimist, hayotning yaxshi tomonlarini koʼrishga harakat qiladigan va
muloqotga oson kirishuvchan boʼlishadi. Lekin shu bilan birga, ular koʼpincha klinik
depressiyadan aziyat chekishar ekan. Yozda tugʼilgan odamlar esa qiyin vaziyatlarda
sabr-matonat koʼrsata oladi. Shuningdek, ularning kayfiyati tez-tez oʼzgarib turadi.
Kuzda tugʼilganlar depressiyaga kam yoʼliqadi, lekin ular qaysar va jizzaki boʼladi.
Qishda tugʼilgan odamlar depressiyadan aziyat chekishi bilan birga, ruhiy
kasalliklarga ham moyil boʼladi, hayotdagi muvaffaqiyatsizliklardan qattiq qaygʼuga
tushadi. Shuni ham taʼkidlash kerakki, qish faslida tugʼilgan odamlar orasida, ijtimoiy
jihatdan yuqori choʼqqilarga erishgan odamlar ham talaygina. Olimlar inson hayotiga
uning tarbiyasi va atrofdagi muhit koʼproq taʼsir qilishini taʼkidlashmoqda.
|