“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 208
BOLALARDAGI KRIZIS DAVRLARIDA OTA-ONALARGA TAVSIYALAR Ergasheva Yulduzxon Sobitovna Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani 38-MTT metodisti
Annotatsiya: Maqolada olalardagi krizis davrlari xos xususiyatlari va ota-
onalarga psixologik maslaxat va tavsiyalar haqida fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: 3 yoshli krizis, 7 yoshli krizis.
Bola o‘sishi davomida bir davrdan boshqasiga o‘tayotganda krizis bosqichini
boshidan kechiradi. psixologlarning fikriga ko‘ra, bu tabiiy holat va bolaning ruhiy
rivojlanishi uchun juda ham zarurdir. Bolada krizis 1 yoshda, 3 yoshda, 7 yoshda va
o‘smirlikda bo‘ladi. 3 yoshli bolalardagi krizis paytida nima qilish kerakligini hamma
ota-onalar ham bilavermaydi. Agar 3 yoshdan oshgan farzandingiz injiq, hamma
takliflarga rad javobini berayotgan bo‘lsa, u 3 yosh krizis davrini boshidan
kechirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu davrda bola o‘zini onasining bir qismi emas,
shaxs sifatida qabul qila boshlaydi. O‘zining xohishlari, fikrlari borligini tushunib
yetadi. Lekin, u hozircha o‘zini qanday tutsa hammasi yaxshi bo‘lishini bilmaydi,
tushunmaydi. Shuning uchun ham jim turmaslik uchun hamma narsa qilishi mumkin
– tortishishi, yig‘lashi, g‘alva qilishi.
Xo‘sh, bu krizisning belgilari qanday?
1. Negativizm. Ya’ni farzandingiz hamma narsaga negativ reaksiya
qiladi,hattoki o‘zi yaxshi ko‘rgan taomni taklif qilsangiz ham rad javobini
eshitishingiz mumkin.
2. O‘jarlik. Farzandingiz o‘z aytganida oxirigacha turib oladi. Salqin kunda
yupqa kiyim kiyish uchun yoki siz xohlamagan biror ishni qilish uchun jon-jahdi
bilan kurashishi mumkin. Bu o‘jarlikni qat’iylik bilan aralashtirmasligimiz kerak.
Qat’iylik yaxshi xulq, ya’ni qat’iyatli bola o‘z xohlaganini talab qilishi bilan birga
kattalarning fikrini inobatga oladi. O‘jarlik esa shunchaki o‘zi xohlagan narsa
bo‘lishini talab qilishdir, tushuntirishlar befoyda.