“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 209
3. O‘zboshimchalik. Bola hamma narsani o‘zi bajarishga, o‘zi hal qilishga
mustaqil bo‘lishga intiladi.
4. Agressivlik. Agar farzandingiz bog‘chaga borsa, bolalar bilan urishishi, ularni
xafa qilishi mumkin. Agar farzandingizni aka-opalari bo‘lsa, ularni boshqarishga,
aytganini qildirishga urinishi mumkin.
Krizisni boshidan kechirayotgan bola o‘z harakatlaridan o‘zi aziyat chekadi,
lekin o‘zini boshqara olmaydi.
Mutaxassislarning aytishicha, bu davr uzoq davom etmaydi. Psixologlarning
aksari bu bola rivojlanishi uchun zarur davr deb ta’kidlashadi. Chunki bu davrda
bolalar o‘z fikrlarini o‘tkazishni o‘rganishadi. Uzoq davom etmaydigan ushbu
davrdan asablarimizni asragan holda, bola ruhiyatiga zarar bermasdan o‘tib olishimiz
uchun quyidagilarga amal qilishni tavsiya etamiz:
1. Bu krizis aksar bolalarda uchraydigan tabiiy holat ekanini tushuning. Ya’ni,
muloyim farzandingizning tarbiyasizligi yuragingizni g‘ash qilmasin, farzandingizni
to‘g‘ri yo‘lga solaman deb juda ham qattiq qo‘l bo‘lmang, asabiylashmang, ularni
qattiq jazolamang.
2. Farzandingiz mustaqil nimadir qilishini qo‘llab-quvvatlang va bu ishi uchun
uni maqtab qo‘ying. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, bu davrda bola mustaqillikka
o‘rganadi. Shuning uchun farzandingiz qilmoqchi bo‘lgan ishlarda imkon boricha,
xavfsiz sharoit yaratib bering. Natija siz xohlagandek bo‘lmasa ham, ishiga
aralashmaslikka harakat qiling. Qayerdir ifloslanar, balki idishlar sinar, eng asosiysi,
bola sog‘ligi va xavfsizligidir.
3. O‘zingizni xotirjam tutishga harakat qiling. Halovatingizni yo‘qotganingizni
ko‘rgan farzandingiz sizga yoqmagan ishida davom etadi, agar siz imkoni boricha,
uning qilgan ishlariga xotirjam munosabat bildirsangiz, bola ishini takrorlashga
qiziqmaydi ham.
4. Bolaga tanlash imkonini bering. Bu davrda farzandingiz o‘zi xohlaganini
qilishga harakat qiladi, ba’zida qilmoqchi bo‘lgan ishi imkonsiz bo‘lishi ham
mumkin. Bunday hollarda tanlovni oldindan tayyorlab qo‘yishingiz mumkin.
Masalan, qizingiz sovuq kunda bog‘chaga yupqa ko‘ylakchasini kiyishni xohlab