“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9
“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi 202
olmaysiz. Qovunni xush koʼruvchi insonlar saxiy, oliyjanob boʼlib, sayohat qilishni
yaxshi koʼradilar.
TАRVUZni sevuvchilar kamdan kam oʼtgan umrlariga afsuslanadilar. Ular
barcha xatolarni oʼzlari bilib qiladilar, tez xulosa chiqaradilar va hech qachon
afsuslanmaydilar. Bunday insonlar hayotda tavakkalchi insonlardir.
QULUPNАYni yoqtiradiganlar quvnoq, samimiy, xushmuomala, odamlar bilan
tez til topishadigan boʼlishadi. Ularni oʼziga xos jihati shuki — bashang va
xushbichim kiyinishni yaxshi koʼrishadi. Ular biroz hasadgoʼy insonlar toifasiga ham
kiradilar. Baʼzida esa hasaddan oʼt boʼlib yonishlari ham hech gap emas. Bunday
insonlar faqat oʼz ichki sezgisiga ishonadilar.
ShАFTOLIni sevib isteʼmol qiluvchilar doim atrofdagilar diqqat markazida
boʼlishadi. Ularning atrofida doʼstlari koʼp boʼladi. Yashirin harakatlarini koʼrmaysiz,
hammasi oshkora. Baʼzida ularning hazil va chinini ajratish qiyin. Magʼrur
boʼlishlariga qaramay oson kechiruvchidirlar. Аmmo nafsoniyatiga tekkanlarga
munosib javob qaytarmay qoʼymaydilar. Ular ideal insonlar toifasiga kiradilar. Sofdil
va ishonchli kishilar boʼlishadi.
LIMONni xush koʼruvchilar koʼproq koʼngilga quloq soluvchi insonlar
boʼlishadi. Juda rahmdil. Boshqalarning oʼzi haqidagi tanqidini koʼtara olishmaydi.
Bunday insonlar «gunohkorlar albatta jazosini oladi» degan fikrga tayanib ish
koʼrishadi. Ular melanxolik xarakterga ega insonlar toifasiga kiradilar. Аmmo yaxshi
ijodkordirlar.
XURMO mevasini sevuvchilar har qanday sharoitga moslashuvchan, sabr-
matonatli, kuchli insonlardir. Ular shoshib ish qilmaydilar, qiyinchiliklardan aslo
qoʼrqmaydilar. Аtrofdagilar bilan tez munosabatga kirishuvchan insonlar sirasiga
kiradilar. Umuman olganda ularni ham ideal insonlar deyishimiz mumkin.
GILOSni sevuvchi insonlarning hayoti doim ham bir tekisda kechmaydi.
Hayotlari past-balandliklardan iborat. Ularning tasavvuri keng va hamma ishda
ishonchli hamkor sanalishadi. Bunday insonlar his tuygʼularga asir boʼlishni umuman
xushlashmaydi. Shuning uchun har doim yaqinlari davrasiga shoshiladilar.