Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida


“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”



Yüklə 4,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/202
tarix20.11.2023
ölçüsü4,85 Mb.
#165006
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202
“Ilm fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi 9

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” 
mavzusidagi 9-sonli respublika ilmiy konferensiyasi
 
208 
BOLALARDAGI KRIZIS DAVRLARIDA OTA-ONALARGA TAVSIYALAR 
 
Ergasheva Yulduzxon Sobitovna 
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani 38-MTT metodisti 
 
Annotatsiya:
Maqolada olalardagi krizis davrlari xos xususiyatlari va ota-
onalarga psixologik maslaxat va tavsiyalar haqida fikrlar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar:
3 yoshli krizis, 7 yoshli krizis. 
Bola o‘sishi davomida bir davrdan boshqasiga o‘tayotganda krizis bosqichini 
boshidan kechiradi. psixologlarning fikriga ko‘ra, bu tabiiy holat va bolaning ruhiy 
rivojlanishi uchun juda ham zarurdir. Bolada krizis 1 yoshda, 3 yoshda, 7 yoshda va 
o‘smirlikda bo‘ladi. 3 yoshli bolalardagi krizis paytida nima qilish kerakligini hamma 
ota-onalar ham bilavermaydi. Agar 3 yoshdan oshgan farzandingiz injiq, hamma 
takliflarga rad javobini berayotgan bo‘lsa, u 3 yosh krizis davrini boshidan 
kechirayotgan bo‘lishi mumkin. Bu davrda bola o‘zini onasining bir qismi emas
shaxs sifatida qabul qila boshlaydi. O‘zining xohishlari, fikrlari borligini tushunib 
yetadi. Lekin, u hozircha o‘zini qanday tutsa hammasi yaxshi bo‘lishini bilmaydi, 
tushunmaydi. Shuning uchun ham jim turmaslik uchun hamma narsa qilishi mumkin 
– tortishishi, yig‘lashi, g‘alva qilishi. 
Xo‘sh, bu krizisning belgilari qanday? 
1. Negativizm. Ya’ni farzandingiz hamma narsaga negativ reaksiya 
qiladi,hattoki o‘zi yaxshi ko‘rgan taomni taklif qilsangiz ham rad javobini 
eshitishingiz mumkin. 
2. O‘jarlik. Farzandingiz o‘z aytganida oxirigacha turib oladi. Salqin kunda 
yupqa kiyim kiyish uchun yoki siz xohlamagan biror ishni qilish uchun jon-jahdi 
bilan kurashishi mumkin. Bu o‘jarlikni qat’iylik bilan aralashtirmasligimiz kerak. 
Qat’iylik yaxshi xulq, ya’ni qat’iyatli bola o‘z xohlaganini talab qilishi bilan birga 
kattalarning fikrini inobatga oladi. O‘jarlik esa shunchaki o‘zi xohlagan narsa 
bo‘lishini talab qilishdir, tushuntirishlar befoyda. 



Yüklə 4,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin