ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
209
Qashqadaryo Qo'ng'iroti urug'ining urug'idanmiz .Asl ota bobolarimiz Surxandaryo Sherobod
Qo'ng'irotlaridan bo'lgan.Biz polvonlar urug'idan nasl nasabidan bo'lib ,
bobomning bobosi
Murod polvon bo'lgan ( 1900 - 1960 ) . Murod polvonning 2 ta o'g'illari bo'lib , Bekmurod (
1918 - 1973 ) , Do'stmurod ( 1920 - 1974 ) farzandlari bo'lgan. Bekmurod polvonni
farzandlari Abdurayim ( 1948 ) . Bobomning bobolari Do'stmurod polvonni o'g'illari 6 ta
bo'lgan . Shundan 2 farzand bo'lib , bobjonim Namoz polvon dunyoga keladi. Namoz polvon
1932 yil 1 yanvarda hozirgi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqartma qishlog'iga
to'g'ri keladi.( 1932 - 2016) . Qo'ng'irot elidan bo'lgan. Polvon bo'lib , kurash tushib yurgan.
Yelkasi yer kurmagan polvonlardan bo'lgan. 1987 - yilgacha kurashgan . Namoz polvonni otasi
chorvachilik bilan shug'ullangani tufayli Turkmanistonga borib qoladi.
Hozirda
Turkmanistonni Libaq viloyati Xo'jabutli qishlog'iga to'g'ri keladi. Muqaddam oilasi bilan
1963- yil borib qoladi. 1978 - yana o'z Vatani O'zbekistonga qaytadi .Mustaqillikka erishmay
turib , ikki davlat o'rtasida chegara bo'lmaydi. Ikki davlat o'rtasida katta yuk mashinasi tovar
tashib haydovchi bo'lib yuradi. O'zbekistonga qaytib Qashqadaryo viloyati Talimarjon GIS da
zashtexnik lavozimida ham ishlaydi . Bobojonim 23 yil mobaynida mahalla raislik qilganlar.
Ilk marotaba OVOZOV mahallasiga 1990 - 1991 yillar boshlab 2003 yilgacha
mahalla raislik
qilgan va keyinchalik Obod mahallaga non berib ( 2004 ) yil shu yerda muqaddam saylanib
qoladi. Bobojonin chorvachilik bilan ham , fermerlik bilan ham shug'ullangan .
Asosan ota
meros deb chorvachilik bilan shug'ullangan keyinchalik fermerlik ham qilgan. Bobomning
tegirmonlari ham bo'lgan. Bobojonimning ukalariga keladigan bo'lsak , hozirda 3 ta hayotlar
ular Surxandaryo viloyati Angarda o'z oilalari bilan yashaydilar.
Ularning asosiy
mashg'ulotlari dehqonchilik bo'lgan.Farzandlari esa 6 aka - uka bo'lib ular hozirda
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Talimarjon shahrida Obod mahallada yashab kelmoqda
.Xulosa o'rinda shuni aytishim lozimki Qo'ng'iroq eli dastavvalo
Xorazmda keyinchalik
Surxandaryoda vaqti vaqti bilan Qashqadaryoda shakllanib borgan degan fikrlarni aytishdi
suhbat jarayonida bobom .O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov:
"Ma'lumki o'zlikni
anglash , milliy ong va tafakkurning ifodasi , avlodlari o'rtasidagi
ruhiy -
ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi " .
Prezidentimizni bu gaplarini bekorga aytmadim sababi, inson qanchalik nasl nasabini bilsa ,
Vatanga nisbatan kuchliroq his uyg'onadi . Qayerdan kelganligini Ota-bobosi kimligini biladi.
Dostları ilə paylaş: