ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
207
O'Z URUG'IM TARIXI
Namazova Dilfuza Abdixalim
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat
Universiteti " Tarix " fakulteti 2- bosqich talabasi
Ilmiy rahbar:
R. Berdiyev
"Tarix " fakulteti kafederasi o'qituvchis
https://doi.org/10.5281/zenodo.7901931
Anotatsiya:
Ushbu maqolada O'zbek xalqining qo'ng'iroq urug'ining etnik shakillanishi ,
bo'linishi , joylashuvi o'rni va etnik tarixi haqida hamda etnograf , turkolog B.X.Karmisheva
tadqiqotlari misolida ko'rsatib berildi.O'zbek xalqining etnik tarixi qadimdan hamda turfa
xillik hisoblanadi. Qo'ng'irot qabilasi katta urug' hisoblanadi . Jumladan, bu urug' Xuroson,
Janubiy Turkiston , Xorazm , Surxon-Sherobod vodiysida XIV - XVI asrlarda kelib o'rnashadi.
Bu urug' Xorazm - Surxandaryo- Qashqadaryo vohalari bilan chambarchas bog'liqlihi ochib
berilgan . Hamda bu maqolada " O'z urug'im tarixi " mavzusida so'rovnoma asosida keng
yoritib berilgan.
Kalit so'zlar:
Qo'ng'irot qabilasi, B.X. Karmisheva, Vaxtamg'ali , Qo'shtamg'ali, Qonjig'ali,
Oyinli,Tortuvli , O'zbek xalqi, Oltoy, Mo'g'uliston, Turkmaniston, Xorazm , Surxandaryo ,
Qashqadaryo , fikrlash doirasi , madaniy va ma'naviy meros , asosiy mashg'uloti.
Inson o'zligini anglagani , nasl - nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat
tuyg'usi ildiz otib , ulg'aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo'lsa , tug'ilib o'sgan yurtga
muhabbat ham shu qadar yuksak bo'ladi.
I. A . Karimov.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Men NAMAZOVA DILFUZA ABDIXALIM qizi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat
Universiteti Tarix fakulteti 2 kurs talabasi.
Ma'lumki mamlakatimiz mustaqillikka erishgach ,mustaqil davlat hamda tili, madaniyati urf -
odatlari xalqimizning kelib chiqishi , qadriyatlari tarixini bilishga o'zligini anglashga " O'zbek
xalqining etnogenezi va etnik tarixi "fanidan bilib olsak bo'ladi. Men shuni aytishim lozimki ,
men bu fanga juda qiziqdim va bobojonimning menga aytib bergan gaplari xalqimizning
madaniyati , nimalar bilan shug'ullanganligi ,kelib chiqishi urug'lari menga turtk bo'ladi.
Hamda maqolamni " O'Z URUG'IM TARIXI " deb nomlayman . O'zbeklarni 92 urug'dan iborat
bo'lgan urug'idan bizni Qo'ng'irot urug'ini yozmoqchiman .Qo'ng'irot urug'i haqida ozroq
tushuncha beradigan bo'lsam, ilk o'rta asrlarda bu urug' Oltoy , Mo'g'ulistonning shimoliy
qismida yashagan. XVI asrda Qo'ng'irotlar o'zbek, qoraqalpoq, qozoq va boshqa xalqlar
tarkibiga kirgan.XIV–XVI asrlar davomida Qo'ng'irotlarning guruhlari Xuroson, Janubiy
Turkiston va Hisor- Sherobod vodiysiga kelib o'rnashganlar. XIX asr boshlarida Xorazmni
o'zbeklarini Qo'ng'irot sulolasi boshqargan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Qo'ng'irot
urug'ining asosiy xo'jaligi o'troq holda yashab , xo'jaligi chorvachilik muhim ro'l
o'ynagan.Qo'ng'irot urug'i haqida uni urug'larga bo'lgan Etnograf B.X. Karmisheva
qo'ng'irotlarni 5 ta katta urug'ga bo'ladi: Vaxtamg'ali , Qo'shtamg'ali , Qonjig'ali , Oyinli va
Tortuvli iborat ekanligini aytadi. Bulardan eng kattasi: Vaxtamg'ali , u 18 ta katta urug'ga
bo'linadi: ochamayli , boymoqli, taroqli, chan-chiqli, qozoyoqli, cho'michli, qaychili, ishqili,
qiyg'ochli, jilontamg'ali , bolg'ali, qoraqo'ng'irot bug'ajili, uyuvli, xandaqli, irg'oqli, aboqli
kesovli.
Dostları ilə paylaş: |