“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 128 ~
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANI MAZMUN MOHIYATI VA TA’LIMDAGI
AHAMIYATI
G’anixo’jayeva Guliruxsor Xakimjonovna
Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani
27-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’lim samaradorligini oshirishda psixologik
bilimlarning o’rni va ahamiyati borasidagi fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
psixologiya, ta’limiy jarayon, ta’lim samaradorligi, takt, psixologik
ta’sir, pedagogik jarayonlar, bilimlar pedagogik psixologiya.
Har bir ota-ona farzandining baxti kelajagi ertangi kunini o’ylab hamisha yaxshi
tilaklar, orzu intilishlar va maqsadlar bilan yashaydi. Shunday ekan oilada farzandlarni
ma’naviy-ma’rifiy,yuksak barkamol etib voyaga yetkazishida kelajakda yaxshi bir
kasbning egasi bo’lishida barchamiz birdek mas’ulmiz. Aynan shining uchun xam
hozirgi kunda maktablarda kasbga yo’naltirish ishlari psixologik xizmat soxasining bir
qismi sifatida ifoda etilmoqda va jadal rivojlanib kelmoqda. Bola tug’ilib, o’sish
davomida ota-onadan quvvat oladi. Atrof muhit bilan muloqot qila boshlaydi. qachonki
jamiyatda yoshlarni kasbiy kamolotga to’g’ri yetaklansa
shu davlat ravnaqi uchun
kurashuvchi, xar soxada o’zining bilmli egalari mavjud bo’ladi. Shiddat bilan
rivojlanayotgan zamon insonlarning bilimli, aql-idrokli bo’lishini va bilimlarni puxta
egallashi kerakligini talab qilmoqda. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan
pedagogic jarayonlarning samarali kechishi uchun ta’limning psixologik asoslarini
bilish muhim ahamiyatga ega. Shu o’rinda pedagogic psixlogiya atamasiga murojaat
qilamiz. Xo’sh pedagogic psixologiya nima o’zi?
Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini
tadqiq qiladigan
psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining
va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini
oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shart-sharoit va boshqa psixologik
omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini
kuchaytirish. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek,
pedagogika bilan uzviy bogʻliq. Pedagogik psixologiya, asosan, taʼlim psixologiyasi
va tarbiya psixologiyasiga boʻlinadi. Taʼlim psixologiyasida oʻquv jarayonida xotira,
tafakkur, nutq, xayol,
irodaning roli, shuningdek, oʻquvchilarning individual
xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), oʻquv predmetlarining oʻziga xos
tomonlari, taʼlim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa
oʻrganiladi.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 129 ~
Hozirgi zamon taʼlim psixologiyasida oʻquvchilarga doimiy yangilanib turadigan
axborotlarni
mustaqil
oʻzlashtirish
imkoniyatini beradigan, ilmiy-texnika
yangiliklaridan orqada qolmaslikni taʼminlaydigan tafakkur sifatlarini oʻrganish
muhim masaladir. Tarbiya psixologiyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy
ishlar jarayonida shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning
axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya
tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv
dasturlari, darsliklar tuzish,
taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim
ahamiyatga ega.
Ta’lim-tarbiyaning shaxsni kamol toptirish ishiga bog`liqligi milliy g`oyani
shakllantiruvchi, takomillashtiruvchi va uni ommaga yetkazuvchi kuchlarga
bog`liqdir. Pedagogik - psixologiya fani ham jahon fani taraqqiyoti hamda va uning
takomillashib borish jarayonini, fanga kirib kelishi kutilgan yangiliklarni yanada aks
ettiradi, albatta.
Pedagogik psixologiyaning amaliy vazifasi esa yoshlarni o`zlashtirishning
psixologik
shart-sharoitlari, tarbiyaning psixologik masalalari, bolaga ta’lim-tarbiya
berishda ularni yoshlik va individual xususiyatlarini hisobga olish, yoshlarda bilim,
ko`nikma
va malakalarini shakllanishi, mustaqil fikrlashga o`rgatish, ilmiy
tushunchalar hosil qilish, o`z ustida ishlash, o`z-o`zini tarbiyalash, yosh o`qituvchilarni
psixologik faoliyatga mehr-muhabbatini shakllantirish psixologiya fanining
yutuqlarini, psixologik bilimlarni keng jamoat-chilik e’tiboriga havola qilinishi, ota-
onalar, tarbiyachi va o`qituv-chilarni bulardan bahramand qilishdan iboratdir. Amaliy
vazifalar radio va tele ko`rsatuvlarda, jurnallarda, ma’ruza va maxsus ko`rsatuvlar
orqali chiqish, mahalla, maktab va
ota-onalar bilan suhbatlashish orqali amalga oshiriladi.
Biz shu narsaga
erishishimiz kerakki, keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga doyir psixologik
bilimlardan bahramand bo`lsin. Ana shundagina biz yoshlarga haqiqiy ta’lim-tarbiya
bera olamiz va uni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz. Pedagogik psixologiya o`z
predmetining mazmuniga qarab umumiy psixologiyada amal qiladigan ko`pgina
metodlardan foydalanadi. Chunki zarur bo`lgan dalillarni qidirish, ularni sodir bo`lish
sabablarini aniqlash va isbotlash turli xil metodlar vositasida bajariladi. Qaysi
metoddan foydalanishdan qa’ti nazar, bu metodlar faqat xususiy ilmiy tadqiqot ishlari
uchungina emas, balki amaliy ta’limtarbiya maqsadlarida bolani chuqurroq o`rganishni
tashkil qilish uchun muhimdir. Ta’lim-tarbiya ishlarini to`g`ri tashkil etish uchun
pedagogik psixologiyada qo`llanadigan tadqiqot metodlari o`quvchilarning individual
psixologik
xususiyatlarini, tarbiyaviy ta’sir ko`rsatishda maqsadga muvofiq va eng
samarali metodlarni tanlashga asos bo`ladigan o`quvchilar shaxsining o`ziga xosligini
yaxshi bilish lozim. Pedagogik psixologiyada qo`llanadigan metodlar ham psixologiya
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 130 ~
fanining tamoyillari va usullariga qo`yilgan talablarga rioya qilishi maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: