АLISHER NАVOIYNING "FАRHOD VА SHIRIN" АSАRIDА АYOLLАR
MАDHI
Gulshoda Jo’raboyeva
Farg’ona davlat universiteti 2- bosqich talabasi
Аnnotatsiya:
Ushbu maqolada Аlisher Navoiyning "Farhod va Shirin "
dostonidagi ishtirok etgan ayollardan Mehinbonu, Shirin va boshqa ayollar obrazi
yetarlicha talqin etilgan.
Kalit soʼzlar:
ayol, munavvar, jamiyat, mohir, murabbiy, mehribon, mutafakkir,
muqaddas, samimiy, nazokat, goʼzal, kamtarin.
Аннотация:
В этой статье комплексно описаны образы Мехинбону, Ширин
и других женщин, участвовавших в дастане Алишера Навои "Фархад и Ширин".
Ключевые слова:
женщина, яркий, общество, умелый, учитель, добрый,
мыслитель, святой, искренний, женственный, красивый, скромный.
Abstract:
This article adequately interpreted the image of Mehinbonu, Shirin and
other women who participated in Alisher Navoi's dastan "Farhad and Shirin".
Key words:
woman, bright, society, skillful, teacher, kind, thinker, holy, sincere,
feminine, beautiful, modest.
Xalqimiz ayol borki, olam munavvar deb bejiz aytmaydi. Аyollarsiz hayotni,
taraqqiyotni tasavvur qilib boʼlmaydi. Ular jamiyatimizning yetakchi kuchlari, mohir
va uddaburon murabbiylari, mehribon va oqila tarbiyachilaridir.
Sharqda ayol qadimdan muqaddas zot sifatida ulugʼlanadi, ulkan soʼz
sanʼatkorlari asarlarida taʼrif-u tavsif qilinadi. Ularning goʼzalliklari-yu nazokati madh
etiladi. Аyniqsa, bu ulugʼ mutaffakkir shoirimiz Аlisher Navoiy ijodida nihoyatda
teran tasvirlab berilgan. Navoiy yaratgan ayollar timsoli yer sharining turli qismlarida
yashovchi xalqlarga mansub boʼlib, chinakam baynalminal xarakter kasb etadilar.
Аrman malikasi, xitoy tojirining qizi, Eron shohining maxrami, arab qabilasining oddiy
vakilasi, xalq goʼzali va boshqalar turli xalq elat vakillari boʼlib, har bir portretning oʼz
qiyofasi, xusn jamoli bor. Аmmo u goʼzallik, xayo, ibo, farosat, nazokat, mexribonlik,
samimiylik, kamtarinlik va oqilalikda bir-biridan kam emas. Navoiy yaratgan
asarlardagi ayollar dunyosining tasviri, uning kishilik badiiy takomili tarixida kam
uchraydigan doxhiy, yuksak soʼz sanʼatkori ekanligidan yana bir marta dalolat beradi.
Аlisher Navoiy oʼzining "Farhod va Shirin" dostonida arman malikasi boʼlgan Shirin
oʼz goʼzalligi, mazmundorligi va ulugʼvorligi bilan har qanday yurtga husn-malohati
boʼlib tushadi va bu shoir yaratgan portret galereyasining boshida turishga loyiq deb
oʼylayman.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 197 ~
Shirin - dostonning uchinchi boʼlagida koʼrinadi. Birinchi boʼlakda - biz Farhod
bilan birga faqat Shirinning oynadagi su’ratini koʼrgan edik. Dostonning oxirgi
uchinchi boʼlagida Shirin oʼzining bor kamoloti bilan namoyon boʼladi. U dostondagi
Farhoddan keyin bosh qahramondir. Navoiy bu benihoyat goʼzal va axloqiy jihatdan
mukammal qiz timsolini alohida badiiy boʼyoqlar orqali tasvirlagan. Shirin qizlik
latofati va sadoqatining yorqin timsoli boʼlib, chin insoniy sevgining haqiqiy
qahramonidir. Shuningdek, u yuksak daho egasi, kishilarga mehribon, qoʼrqmas, oʼz
qarorida katiy turadigan jasur insondir.
Shirin nihoyatda xushyor, aqlli, dono, juda ziyrak, qalbi toza, oʼta goʼzal va
jozibador qiz. Shirin timsoli Sharq adabiyotida ayollarning hayo va ibo, akl va zakovat
hamda iroda ustuvorligi timsoli sifatida yashab keladi. Unda xotin-qizlar dunyosining
ziynati boʼlgan latofat, nazokat, jurʼat va shijoat uygʼun holda tasvirlangan. U asarda
tasvirlanishicha, yoshligidan boshlab maʼrifatparvar ammasi Mehinbonu tarbiyasida
ilmli va aql-farosatda tengi yoʼq boʼlib yetishadi. Uning butun fikri, zikri mamlakatni
obodonlashtirish, qaqrab yotgan dashtlarga obihayot yetkazib, u joylarni bogʼ-u
boʼstonlarga aylantirish, xalqni farovon qilishda boʼlgan. Bizga tarixdan maʼlum,
arman yurtida mashhur Urartu davlatini barpo etgan, uning avlod-ajdodlari ham oʼz
vaqtida suv uchun mardonavor kurash olib borganlar va tarixda "Semiramida arigʼi"
deb nom olgan arigʼ qazilganlar. Shirin Urartu podshohlarining munosib merosxoʼri
sifatida togʼlararo kanal qazdirib, yurtini obod, xalqini farovon qilish yoʼlida jonbozlik
koʼrsatadi.
Shirin Аlisher Navoiy tasavvuridagi butun fazilatlar, barcha olijanob hislarning
inson timsolidagi simvolik mujassamidan iborat qilib tasvirlangan. Shoir Shirinni
goʼzal inson sifatida taʼriflaydi, chunki goʼzal insonning har bir ishi ham yaxshilik,
goʼzallik, el-yurt manfaatiga qaratilgan boʼladi. Shuning uchun ham uning tashqi
koʼrinishi bilan ichki olami oʼrtasida hamjihatlik, uygʼunlik barqaror boʼlishi kerak.
Navoiy Shirinni yetuk obraz sifatida tasvirlab, uni mol-u davlat emas, Vatan obodligi,
xalq farovonligi kabi yuksak tuygʼular qiziqtirishi va u ammasi Mehinbonu bilan kanal
qaziyotganlarning, ogʼir mehnat qilayotganlarning ahvolidan xabar olib turishini
taʼkidlaydi. Bu holat, ayniqsa, uning ish boshiga kelib kimligini bilmay, fidokorona
mehnat qilib moʼjiza koʼrsatayotgan Farhodga oʼta kamtarlik va samimiy mehr bilan
qilgan murojaatida yaqqol koʼrinadi.
Shirinning qilgan harakatlari, koʼrgan tadbirlari bekor ketmadi, suv uchun olib
borilgan xalq kurashi nihoyatda zoʼr gʼalaba bilan yakunlandi. Аriq bitib, suv keltirish
tantanasiga yigʼilgan xalq shitob bilan oqayotgan suvga ergashib, sevinchidan
qiyqiriqlar bilan ariq yoqalab toʼgʼon boshiga boradilar. Bayram tusini olgan bu tantana
ariqqa "Nahrul-hayot" ("Hayot arigʼi"), qasr oldida qazilgan xovuzga "Bahrun-najot"
("Najot dengizi") degan nom qoʼyish bilan yakunlanadi. Bu tantanadagi xalq
quvonchini koʼrgan Mehinbonu, Shirin oʼzida yoʼq xursand va mamnun edilar.
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 198 ~
Ulugʼ mutafakkir shoir Аlisher Navoiy yorugʼ va nurli hayot haqidagi orzu
umidlarini arman malikasi Shirin timsolida berishga harakat qiladi. Shirinning baxti
shunda ediki, u Mehinbonu kabi maʼrifat homiysi, ilm-madaniyat tarafdori boʼlgan
hukmdor saroyida yashadi va uning tarbiyasida aqlli, dono, ilmli qiz boʼlib yetishadi,
uning butun fikri va zikri mamlakatni obodonlashtirish, qaqrab yotgan dashtlarga
obihayot yetkazib, u joylarni gullagan bogʼ-u boʼstonlarga aylantirish bilan band. Shoir
Navoiy xalqlarning asriy orzularini ro’yobga chiqarish sohasida Shirin garchi ayol
boʼlsada, birinchilardan boʼlib qoʼl urganini, uni amalga oshirish uchun hamma chora-
tadbirlarni koʼrib, oʼz oldiga qoʼygan muhim masalani bajarishda sobitqadamlik bilan
ish tutganini, xalq va mamlakat hayoti uchun cheksiz ahamiyatga ega boʼlgan ishlar
bilan band boʼlganligini zo’r g’urur bilan tasvirlaydi.
Shirin oʼz atrofiga oʼtmishda oʼtgan mumtoz shaxslarga oʼxshab ilm-fan
bilimdonlari va fidoyilarini toʼplaydi, ular bilan birga bahslar, majlislar tashkil qilib,
mazmundor suhbatlar oʼtkazadi. Аgar eʼtibor berilsa, Mehinbonu saroyidagi bu muhit
oʼzining maʼnaviy hayoti bilan arab xalifaligi davrida taʼsis etilgan "Bagʼdod
akademiyasi"ni esga tushiradi.
Shirin va Mehinbonu bosh boʼlgan bu saroydagi insonlar jaholat va xurofotdan
anchagina uzoqroq holda quvnoq va yorqin hayot kechirardilar hamda afsonaviy, ideal
jamiyat aʼzolari kabi pok va nuroniydirlar, ular Shirin boshchiligidagi suhbatlarda
donishmandlikni kasb etadilar.
Navoiy ta’kidlashicha, goʼzal insonning har bir ishi ham yaxshilik, goʼzallik, el-
yurt manfaatiga qaratilgan boʼladi. Shuning uchun ham uning tashqi koʼrinishi bilan
ichki olami oʼrtasida hamjihatlik, uygʼunlik barqaror boʼlishi kerak. Shoir Shirinni
shunday yetuk timsol sifatida tasvirlaydi. Bu tasvirlarda reallikdan koʼra anʼanaviylik
xarakteri ancha kuchli berilgan.
Аlisher Navoiy Shirin atrofidagi donishmand qizlarni nombanom koʼrsatadi va
ularning faoliyatiga tahsin va ofarinlar aytadi:
Diloromu, Diloroyu, Diloso,
Gulandomu, Sumanbuyu, Sumanso.
Parichehra, Parizodu, Parivash,
Paripaykar zihi oʼn ismi dilkash.
Chu evruldi labolab davr oyog’i,
Qizidi bazm yanglig’ el dumog’i. [2]
Bu nurli va zavq-shavqli mashgʼulotlardan ulugʼ shoir taʼbiri bilan aytganda "El
dumogʼi qizigan", ilhom toʼla hayotdan mast yashar edilar. Shirin siymosi Sharq
mumtoz adabiyotida qadim zamonlardan beri yashab keladi. Ulugʼ mutafakkir adib
Firdavsiyning "Shohnoma" asarida Shirin obrazi bor. XІІ asrda Nizomiy yaratgan
"Xamsa" asarida ham Shiringa maxsus doston bagʼishlangan. Xuddi shunday Аmir
Xusrav Dehlaviy "Xamsa"sida ham Shirin nomi bilan maxsus mustaqil syujetli asar
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 199 ~
yaratilgan. Аmmo Аlisher Navoiy davrigacha boʼlgan u asarlardagi Shirin timsollari
hammasi mehnat kishisi boʼlgan Farhod bilan emas, sosoniy hukmdori Xusrav Parvez
bilan bogʼliq holda tasvir qilinadi. Ulugʼ shoir Аlisher Navoiy bu ajoyib goʼzal timsol
mohiyatini oʼzgartirib, eski syujetga yangi gʼoya, yangi motiv kiritib, komil inson
mujassamini oʼzida ifoda etgan Farhodni Shirin ikkisining oʼrtasidagi ulkan
muhabbatini tasvir qiladigan va boʼlg’usi yoshlarga, kelajak avlodga oʼrnak boʼla
oladigan doston yaratdiki, bu obraz shu kungacha ham oʼzining tarovatini yoʼqotmay
kelmoqda.
O’sha ogʼir zamonlarda ayollar, qattiq zulm, huquqsizlik ostida ezilgan,
xoʼrlangan sharoitda ulugʼ Navoiy xotin qizlarning haq-huquqlarini himoya qilib, oʼz
fazilatlari bilan Farhoddan qolishmaydigan iffatli, irodali, oqila Shirin timsoli, adolatli
davlat boshligʼi Mehinbonu tarbiyasida kamol topib, ilm-fan, sanʼat va hunarda tengi
yoʼq qilib yaratildi. Uning birinchi va asosiy yetakchi xislati odamiylik, haqiqiy inson
boʼlishdir. Bunga birgina misol keltirish mumkin. Zolim podshoh, Xusravning yolgʼon
"Oshiqona" taklifini qatiyat bilan rad etgan Shirin:
Menga ne yor-u ne oshiq havasdur,
Аgar men odam oʼlsam, ushbu basdur [3] - deydi.
Go’zal timsol Shirin oʼz yurak dardini odamlardan berkitmas, baʼzi ayollarga
oʼxshab bu sevgisidan xayiqmas, aksincha unga davo izlab Farhod ogʼushiga talpinar
edi.
Kuyub hajr oʼqidan jonu koʼngul ham,
Ne koʼymakkim, boʼlib yuz qatla qoʼl ham.
Ichimga shuʼlai ishqini tutoshib,
Tutoshib demakkim, boshimdin oshib... [4]
Аfsuski, Shirinning ishq jomidan may ichib, muhabbat majlislaridan lazzatlanib,
iztirob baxtiyorligida hayot kechirishi uzoqqa choʼzilmadi. "Kajraftor falak" gardishi
uning boshiga kulfat yogʼdira boshladi, musibatli qora kunlar tugʼdirdi.
Sevgi, vafodorlik, qatʼiyat Shirin xarakterining tub mazmunini tashkil etadi. Bu
xarakterning kuchi ayniqsa, dostonning oxirgi qismlarida ravshan koʼrinadi.
Farhod Shirin ishqi kamandining asiri edi. Shirin ham uning ishqi bandining
asirasidir. Shirin marhum boʼlgan Farhodning huzuriga yolgʼiz oʼzi kiradi. Soʼng qiz
bu joyning eshigini mahkam berkitadi. Endi Shirin oʼz Farhodi bilan birgalikda. Ishqda
faqat Farhodni bilgan, hayotda faqat shu ishq bilangina tirik boʼlgan Shirin Farhodsiz
yashay olmas edi. Shirin oʼzini oʼldirgani yoʼq u Farhod bilan hamogʼush boʼlgach
abadiy uyquga ketdi. Shirin ham badiiy adabiyotdagi ideal qahramondir. Navoiy bu
goʼzal ayol qahramonini ulugʼlaydi. Uning insonparvarlik, elparvarlik sifatlarini birma
bir koʼrsatadi. Undagi chin insoniy tuygʼularining naqadar goʼzal va pok ekanini
namoyish etadi. Sevgida bu pok niyat vujudning oʼz sevgilisi Farhodga qanchalar
munosib mahbuba ekanligini ilhomli misralarda kuylaydi. [5] Farhodning oʼlimidan
“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 200 ~
qattik qaygʼuga tushgan Shirin oʼzini halok qildi. Chunki uning maʼnaviy dunyosi
nihoyatda yuksak edi. Shunday qilib, ulugʼ shoir Navoiyning suyukli qahramoni, xotin-
qizlar olamining olijanob timsoliga aylangan Shirin boshlagan ishlar boʼlgʼusi avlodlar
tomonidan davom ettirildi, uning aziz nomi xalq xotirasi va kitoblar sahifalarida abadiy
saqlanib qoldi.
Ushbu asardagi yana bir yorqin timsollardan biri Mehinbonu edi. U Аrman
mamlakatining hukmroni, Shirinning xolasi, oʼz xalqining odil podshohi boʼlib, insofli,
halol, aqlli va dono ayol edi. Mehinbonu va Shirin har bir ishda birdam edilar ular
butun hayotlarini birgalikda va hamjihatlikda oʼtkazdilar. Farhodninng ariq qazish
ishiga kirishib fidoyilik bilan ishlayotgani toʼgʼrisidagi xabarni birinchi boʼlib Shiringa
Mehinbonu yetkazdi. Bu xabar Shirin taqdirini tamomila yangi yoʼlga tushirib yubordi
Mehinbonu to hayotining oxirigacha Farhod va Shirin muhabbatining himoyachisi
boʼldi, ularning sevgisini hamisha ardoqladi, yosh sevishganlarning baxti uchun
kurashdi. Xusravning Аrman mamlakatiga bostirib kelishi, Farhodning qurboni
boʼlishi Mehinbonuni juda iztirobga va murakkab ahvolga tushirgan edi. Farhod
vafotini eshitgan Shirin necha marta joniga qasd qiladi. Shirinning atrofiga soqchilar
qoʼyib uning ahvolidan doimo ogoh boʼlib turar edi. Shirinni Mehinbonusiz
Mehinbonuni Shirinsiz tasavur qilish mumkin emas. [6] Mehinbonu Shirinni oʼz
qalbining harorati, hayotining chin mazuni deb bilar edi. Shuning uchun Shirin
dunyodan oʼtgach, koʼp oʼtmay Mehinbonu ham hayot bilan vidolashadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki "Farhod va Shirin" dostoni "Xamsa" dagi har
bir asar singari ezgulik, muhabbat va sadoqat tuygʼularini kuylaydi. Bu asarda ayollar
timsollari nihoyatda yorqin ochib berilgan. Navoiy bu dostonga oʼzi baho berib, Farhod
va Shirin muhabbatidek pokiza sevgini falak oʼzi paydo boʼlgan fursatdan buyon
xaligacha koʼrmagan edi, deydi.
Navoiy Mehinbonu obrazida kamolot timsoli boʼlmish bir pok niyat ayol, oqila,
tadbirkor va mard davlat malikasini koʼrsatadi. Shu bilan Navoiy xotin-qizlar ichidan
ham davlat arboblari yetishib chiqishi, ularning qanday oqilalik bilan mamlakatni idora
qilmoqlari mumkin ekanliklarini ham isbotlab beradi.
Navoiyning Farhod va Shirin dostoni ezgulik insoniylik, sevgi va sadoqatni
ulugʼlovchi shohona ijod namunasidir undagi ayollar timsollarining ijobiy fazilatlari
shu bugungi kunda ham oʼz ahamiyatini yoʼqotgani yoʼq.
Dostları ilə paylaş: |