Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 47
2022 ko‘rinishidagi har bir ishlab chiqarish obyekti ichidagi barcha jarayonlar va
munosabatlarni ishonchli tavsiflovchi yagona modeli. Shunday qilib, jismoniy
dunyoning virtual nusxasi yaratiladi. Haqiqiy aktivning aniq nusxasi bo‘lgan
raqamli egizakdan foydalanish ma’lum sharoitlar va omillarga bog‘liq holda
voqealarning rivojlanishini tezda modellashtirishga, ishning eng samarali usullarini
topishga, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni aniqlashga, yangi
texnologiyalarni mavjud ishlab chiqarish tarmoqlariga qo‘shishga va loyihani
amalga oshirish vaqti va narxini kamaytirishga yordam beradi. Bundan tashqari,
raqamli egizak xavfsizlikni ta’minlash uchun qadamlarni aniqlashga yordam beradi.
Zamonaviy texnologiyalar neftni qayta ishlash zavodi yoki logistika
kompaniyasi bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday ishlab chiqarish aktivlarining
raqamli egizaklarini yaratishga imkon beradi. Kelgusida ushbu texnologiyalar real
vaqt rejimida butun ishlab chiqarish jarayonini masofadan boshqarishga imkon
beradi. Raqamli egizak asosida ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va
boshqarish uchun ishlatiladigan barcha tizimlar va modellarni birlashtirish mumkin,
bu jarayonlarning shaffofligini, qarorlarni qabul qilishning aniqligi va tezligini
oshiradi.
“Gartner” tadqiqot va konsalting kompaniyasi tomonidan olib borilgan
tahlillar natijasida 2021 yilga kelib yirik sanoat kompaniyalarining yarmi raqamli
egizaklardan foydalanadi, bu esa ularning samaradorligini 10 foizga oshiradi deb
taxmin qilmoqda. Raqamli egizaklar bozori 2024 yilga kelib 16 milliard dollarga
yetishi kutilmoqda
.
Kompaniyalar ushbu texnologiyaga sarmoya kiritishdan oldin, ular qanday
biznes foyda keltirishi va undan qanday foyda ko‘rishlari mumkinligini tushunishlari
kerak. Yaqin vaqtgacha raqamli egizakni yaratish juda qimmatga tushadi va ko‘p
foyda keltirmadi. Ammo, hozirda katta ma’lumotni saqlash uchun ko‘proq
imkoniyatlar mavjud va hisoblash texnikasi narxi tushganligi sababli, ushbu
texnologiyadan foydalanish natijasida katta tijorat imtiyozlariga ega bo‘lishingiz
mumkin. Raqamli egizakning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, u eskirmaydi yoki
to‘xtab qolmaydi. Ushbu texnologiya har doim o‘rganish jarayonida va o‘zi
modellashtirgan obyektlar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilishni amalga oshiradi va
bu yangi biznes imkoniyatlarini paydo bo‘lishiga olib keladi [4].
Bizning Respublikamizda ham barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunga misol
sifatida Prezidentimizning 2020 yil 28 aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga
ko‘ra, 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi
ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda
ularning eksportini 100 million AQSH dollariga yetkazish nazarda tutilgan [1].
«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga
oshirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi PF-6079-sonli Farmonining eng asosiy vazifa
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z
ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga