Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 46 2022 ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda «raqamli egizak»


Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar



Yüklə 440,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix06.02.2023
ölçüsü440,65 Kb.
#83141
1   2   3   4
ishlab-chiqarishni-avtomatlashtirishda-raqamli-egizak-texnologiyasining-o-rni

Ilm-fan va ta’limda innovatsion yondashuvlar, muammolar, takliflar va yechimlar 
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
48 
 2022 
oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, 
raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi [2]. 
Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining Respublika iqtisodiyoti 
va aholisining energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, neft-gaz 
tarmog‘i korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash, qabul qilingan 
xalqaro amaliyot asosida sog‘lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni va ilg‘or boshqaruv 
usullarini joriy etish maqsadida “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan 
barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning 
boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388-sonli Qarori tasdiqlandi. 
Ushbu Qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining neft-gaz tarmog‘ini 2030 
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Xorijiy tajribani hisobga olgan 
holda, shu jumladan, "Raqamli kon" konsepsiyasini amalga oshirish asosida ish 
faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish 
masalalari muhim vazifa sifatida belgilab olindi [3].
Barcha sohalarga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish uchun axborot 
texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni talab etadi. Bu esa IT-mutaxassislarning 
xizmatiga bo‘lgan talabning ortib borayotganidan darakdir. Respublikamizda bu 
bora qator ishlar olib borilmoqda masalan aholini axborot texnologiyalari bo‘yicha 
savodxonligini oshirish, yosh dasturchilarni qo‘llab quvvatlash, axborot 
texnologiyalari 
bo‘yicha 
mutaxassislarni 
ko‘paytirish 
maqsadida 
Respublikamizning barcha shaharlarida IT parklar va IT markazlar o‘z faoliyatini 
boshladi. Bu esa Respublikamizda axborot texnologiyalari sohasining rivojlanishiga 
olib keladi. 
Jahonda raqamli transformatsiya hali davom etmoqda. Hatto ilg‘or 
mamlakatlarda ham bu jarayon tugallanmagan va raqamlashtirish darajasi 
tarmoqdan tarmoqqa qadar juda kuchli o‘zgarib boradi. Ba’zi sohalar allaqachon 
ATning anchagina ta’siriga uchragan (moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiya
reteyl (chakana savdo), media sektori), boshqalari esa bu yo‘lning boshida turibdi 
va raqamli texnologiyalarni ayrim jarayonlargagina (neft-gaz va tog‘-kon tarmog‘i, 
qishloq xo‘jaligi, mudofaa sanoati) joriy etmoqda. Bu bilan birinchilardan bo‘lib 
jadal transformatsiyalash ular uchun raqobatbardoshlilikning garovi bo‘lgan 
korxonalar shug‘ullana boshladilar [5-7]. 
O‘zbekistonda banklar, telekommunikatsiya va sug‘urta kompaniyalari 
boshqalarga qaraganda ancha faolroq raqamli transformatsiyaga o‘tmoqda, chunki 
ularda daromadlilikning muhim ko‘rsatkichlari texnologiyalarni muvaffaqiyatli 
joriy etishga bog‘liq.

Yüklə 440,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin