Ilm-fanning hozirgi holati Fan sohasidagi asosiy muammolar Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 48,14 Kb.
səhifə2/5
tarix05.12.2023
ölçüsü48,14 Kb.
#173725
1   2   3   4   5
10.Ilm-fan yutuqlari va ularning falsafada aks etishi

Fan sohasidagi asosiy muammolar
Birinchidan, dissertatsiya himoyasi va ilmiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirish muammolari. Zamonaviy ilmiy-pedagogik kadr – bu o‘z ishi bilan dolzarb muammoni tahlil qiladigan va ushbu muammoning samarali yechimlarini ilgari suradigan tadqiqotchi. Bunday ta’rif olimning o‘zidan halollik va mehnatsevarlikni talab qiladi. Ilm-fanning zamonaviy rivojlanishi sharoitida ushbu ta’rifning dolzarbligiga shubha qoldirmaydi.
Bugungi kunda ilmiy va pedagogik faoliyatni amalga oshirishda bo‘lajak tadqiqotchi bir qator muammolarga duch kelmoqda. Ulardan birinchisi – dolzarb tadqiqot mavzusini tanlashdir. Afsuski, hamma ham bunga e’tibor bermaydi. Ba’zan tadqiqot mavzusining to‘g‘ri tanlangani muvaffaqiyatning kaliti hisoblanadi. Tanlangan tadqiqot mavzularining tahlili asosan eskirgan yoki ahamiyatsiz bo‘lgan tadqiqot mavzularining hali hamon mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ba’zi mavzular ko‘proq referatlar mavzusiga o‘xshaydi. Ba’zida tadqiqotchilar mavzu nomiga tuzatishlar kiritishga majbur bo‘lishadi. Jumladan, tadqiqot mavzulari chop etilishi lozim bo‘lgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining byulletenlarida tadqiqot mavzusi nomidagi o‘zgarishlarni chop etish uchun alohida sahifalar ajratiladi. Ba’zi mavzularning nomlari uch-to‘rt marta o‘zgaradi. Bunday holda, tabiiy savol tug‘iladi – bunday o‘zgarishlarning sababi nima? Nima uchun tadqiqotni amalga oshirish bosqichida mavzuni o‘zgartirishga ehtiyoj vujudga keladi? Bu savollarga javoblar turlicha bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi muammo – ilmiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonlarda ortiqcha rasmiyatchiliklarning mavjudligi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tadqiqot mavzulari maxsus byulletenda e’lon qilinishi kerak. Aks holda, mavzu rasman tadqiqotchiga biriktirilmagan hisoblanadi. Har qanday o‘zgarish, hatto tahririy o‘zgarishlar ham ushbu byulletenda aks etishi lozim. Xuddi shunday dissertatsiyani himoya qilish uchun rejalashtirilgan himoya haqidagi xabar ham Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining veb-saytida e’lon qilinishi kerak. Ba’zi tadqiqotchilar dissertatsiyani himoya qilish to‘g‘risidagi xabarni nashr etish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqdalar (dissertatsiya matni va avtoreferatni belgilangan talablarga muvofiq to‘g‘ri rasmiylashtirish talab etiladi).
Rasmiyatchilik jarayoni ayrim hollarda Ilmiy kengashlar va talabgorlar orasidagi munosabatlarda ham kuzatilmoqda. Qoida tariqasida, Kengashga talabgorning hujjatlarini taqdim etish an’anaviy usulda amalga oshiriladi. Ilmiy bahs-munozara maydoni bo‘lgan Ilmiy kengashlar faoliyati, xususan bayonnoma yuritilishi va turli rasmiyatchilikka rioya qilinishi bilan bog‘liq holatlar ham raqamlashtirish orqali soddalashtirilishi mumkin.
Uchinchi muammo – ilmiy kengashlarning nisbatan zaif o‘rni. Ishning asosiy qismi mazkur kengashlar faoliyat ko‘rsatayotgan universitet yoki ilmiy tashkilotda tekshirilsa-da, dissertatsiya himoyasi bo‘yicha yakuniy qaror Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Shu o‘rinda universitetlar yoki ilmiy tashkilotlarning mustaqilligini oshirish, ularning tadqiqot sifati uchun javobgarligini mustahkamlash masalasini o‘ylab ko‘rish kerak. Albatta, bunda Ilmiy kengashlar faoliyati ustidan monitoring olib borish mexanizmlari yaratilishi, ochiqlik va shaffoflik ta’minlanishi lozim.
Ilmiy kengash faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish ham muhim vazifa sanaladi. Ayniqsa, taqrizchi yoki rasmiy opponentlarni belgilash, ilmiy tadqiqot ishini muhokama qilish va himoyaning keyingi bosqichlariga tavsiya qilish masalalarida axborot texnologiyalarini joriy etish orqali manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadga muvofiqdir.
Dissertatsiyani himoya qilish uchun tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish dolzarb muammolardan biri sanaladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, dissertatsiyani himoya qilish uchun ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish talab etiladi. Ilmiy natijalarni joriy etish to‘g‘risidagi hujjatsiz falsafa doktori va fan doktori bo‘lish mumkin emas. Ba’zan tadqiqot natijalari kelajakda (uzoq vaqt davomida) amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin, bu esa bajarilgan dissertatsiya ishi uning natijalari amaliyotga joriy etilgani to‘g‘risidagi hujjat yo‘qligi sababli himoya qilinmasligiga olib keladi. Bu ba’zi tadqiqotchilarni natijalarini tezda amaliyotga joriy etish yo‘llarini topishga undaydi, bunga esa har doim ham erishishning iloji yo‘q.
Fikrimizcha, eng katta muammo ilmiy nashrlar muammosidir. Xalqaro va milliy reytinglarga kirish zamonaviy tadqiqotchi oldida tadqiqot natijalarini xalqaro ma’lumotlar bazalari (Scopus, Web of Science va boshqalar) tomonidan indekslangan jurnallarda nashr etish vazifasini qo‘yadi. Bunday jurnallarda maqola nashr etish tajribasiga ega bo‘lmagan tadqiqotchilar o‘zlarining nashrlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqdalar – jurnal tahririyati ularning maqolalarini nashr etishdan bosh tortadi yoki maqolalar tahrirlash va kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi (nufuzli ilmiy jurnallar) yohud nashr uchun to‘lov talab qilinadi. Maqolani yakunlash va tuzatish har kim ham hal qila olmaydigan qiyin vazifadir. Shuning uchun, nashr uchun to‘lovni amalga oshirish ko‘pchilik uchun ma’qul yo‘l, deb topiladi. Bunday usulni tanlashda muallif haqiqatan ham jurnalning sifati va obro‘siga e’tibor bermaydi. Ba’zilar shubhali obro‘ga ega bo‘lgan bunday jurnallarda ularning maqolalari darhol, hech qanday e’tiroz va taqrizlarsiz, faqat nashr uchun to‘lovni amalga oshirish sharti bilan qabul qilinishiga hayron bo‘lmaydilar. Shuning uchun ko‘pchilik “yirtqich” jurnallar, deb nomlangan jurnallarning qurboniga aylanadi. Maqolalarning tezkor nashr etilishiga bo‘lgan talab tobora ko‘proq tadqiqotchilarni bunday “yirtqich” jurnallarga murojaat qilishga majbur qilmoqda. Publons tomonidan 2020-yilda o‘tkazilgan tadqiqot Internetdagi 1000 dan ortiq “yirtqich” jurnallar uchun kamida 6000 “soxta” taqrizlar taqdim etilganini aniqladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, keng qo‘llaniladigan Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasida shubhali nashr etish amaliyotiga ega bo‘lgan 300 dan ortiq “yirtqich” jurnallardagi maqolalar saqlanadi. Birgalikda ushbu jurnallarda uch yil ichida 160 mingdan ortiq maqola chop etildi – bu ushbu davrda Scopusda indekslangan tadqiqotlarning deyarli 3 foizni tashkil etadi.
2019 va 2020-yillar uchun Scopus tizimidan chiqarib tashlangan maqolalarning yuqori ulushi (mos ravishda 32,5 foiz va 59,7 foiz) o‘zbekistonlik mualliflarga tegishli ekanligi tufayli O‘zbekiston dunyoda sifatsiz ilmiy maqolalar chop etuvchi “yetakchi” davlatga aylanib bormoqda. “Yirtqich” jurnallarda maqolalar nashr etilishining oldini olish uchun Scopus, Science va boshqa nufuzli ma’lumotlar bazasiga kiritilgan jurnallar sifatini kuzatish va baholashning aniq va ravshan mexanizmlari, mualliflar uchun ilmiy maqolalarni nashrga tayyorlash va loyihalash bo‘yicha maqolalar sifatini aniqlash tartibi va uslubiy tavsiyalarning yo‘qligi ushbu muammoning tobora keskin tus olishiga olib kelmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish uchun xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritilgan va tavsiya etilgan jurnallar ro‘yxatini rasman tasdiqlash va muntazam yangilab borish hamda “yirtqich” jurnallar ro‘yxatini e’lon qilib borish lozim. O‘z navbatida, insofli va halol olim obrazini shakllantirish, yosh olimlarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. E’tibor miqdorga emas, sifatga qaratilishi kerak.

Yüklə 48,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin