Ilm-fanning hozirgi holati Fan sohasidagi asosiy muammolar Foydalanilgan adabiyotlar


Ikkinchidan, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yagona kompleks yondashuvni qo‘llash bilan bog‘liq muammolar



Yüklə 48,14 Kb.
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü48,14 Kb.
#173725
1   2   3   4   5
10.Ilm-fan yutuqlari va ularning falsafada aks etishi

Ikkinchidan, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yagona kompleks yondashuvni qo‘llash bilan bog‘liq muammolar. O‘zbekiston Respublikasida ilm-fan va innovatsiyalarni boshqarishning o‘rnatilgan tizimi ko‘p vektorli yondashuv mavjudligidan dalolat beradi. Ushbu sohada davlat boshqaruvi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Xususan, Innovatsion rivojlanish vazirligi O‘zbekiston Respublikasining innovatsion va ilmiy-texnik rivojlanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini olib boradi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy ta’lim muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, ularda ilmiy-tadqiqot ishlarini hamda belgilangan tartibda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etadi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha vakolatli davlat organi esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hisoblanadi.
Ushbu tizim ilm-fan va innovatsiyalarning tarmoq sifatida rivojlanishiga qaratilgan edi. Biroq ushbu mexanizm ta’lim, fan va ishlab chiqarishning to‘liq integratsiyasiga imkon bermaydi. Ushbu yondashuv muammosi ilmiy kadrlar tayyorlash masalalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Misol uchun, Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy darajaga ega kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtiradi, shu jumladan, doktoranturaga qabul kvotalarini ajratadi. Ilmiy kadrlarni tayyorlash, qoida tariqasida, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ilmiy-uslubiy rahbarlik amalga oshiriladigan oliy ta’lim muassasalarining o‘zida amalga oshiriladi. Ilmiy kengashlar faoliyatini muvofiqlashtirish, xususan, fan doktori yoki falsafa fanlari doktori diplomini berish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Mohiyatan yaxlit bo‘lgan ushbu tizimdagi davlat boshqaruviga nisbatan bunday yondashuvni samarali va kompleks, deb atash qiyin.
Bu qismda Fanlar akademiyasining ilmiy hamjamiyatning yetakchi tashkiloti sifatidagi o‘rni va ahamiyati ham oshirilishi lozim. Fan va texnologiyalarni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etishning uslubiy asoslarini yaratishda Fanlar akademiyasi tashabbuskor bo‘lishi lozim. Fanlar akademiyasi yetakchi davlat ilmiy muassasasi sifatida milliy ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga nisbatan yagona yondashuvni ishlab chiqishi kerak.

Yüklə 48,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin