Ilm-fanning hozirgi holati Fan sohasidagi asosiy muammolar Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 48,14 Kb.
səhifə1/5
tarix05.12.2023
ölçüsü48,14 Kb.
#173725
  1   2   3   4   5
10.Ilm-fan yutuqlari va ularning falsafada aks etishi


Ilm-fan yutuqlari va ularning falsafada aks etishi
Reja:

  1. Ilm-fanning hozirgi holati

  2. Fan sohasidagi asosiy muammolar

  3. Foydalanilgan adabiyotlar

Ilm-fan — har qanday davlatni rivojlanishga yetaklovchi asosiy kuch hisoblanadi. Davlatning rivojlanishini fan taraqqiyoti orqali baholash juda ham o‘rinli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu bois O‘zbekiston uchun ilm-fan taraqqiyoti farovonlik va barqarorlik yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Konstitutsiyamizda davlat jamiyatning ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishi bejiz qayd etilmagan. Tarixdan o‘zbek jamiyatida ilmga hurmat va ehtirom an’ana sifatida saqlanib kelgan. Buyuk bobokalonimiz Imom Buxoriy aytganlaridek, "dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay".


Ilm-fanning hozirgi holati
Bugungi kunda O‘zbekistonda 30 mingdan ortiq shaxs ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi, ularning 27 mingdan ortig‘i oliy ma’lumotga ega.
Har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining salmoqli qismi ijtimoiy xarajatlarga, shu jumladan, ta’lim va ilm-fanga sarflanadi. 2021-yilda mamlakat budjetidan faqat innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun 239 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 671 milliard so‘mdan ortiqni yoki davlat budjeti xarajatlarining 0,39 foizini tashkil etadi.
O‘tgan to‘rt yil davomida 28 ta ilmiy tashkilot va 4 ta innovatsion texnopark tashkil etildi. Olimlarning maoshlari uch baravarga ko‘paydi. Soha tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yangilashga katta mablag‘lar sarflandi. Davlat ilmiy-tadqiqot siyosatining muhim ishtirokchisi sifatida 28 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi va 4 ta davlat muzeyini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining faoliyati takomillashtirildi.
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish sohasida muhim qadam bo‘lib, ushbu yo‘nalishda salmoqli ishlarni amalga oshirishga xizmat qildi. Xususan, vazirlikning bevosita ko‘magi bilan 2018-2021-yillarda 342 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirildi. Natijada 151,2 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, 128,7 milliard so‘mlik mahsulotlar sotildi.
Umuman olganda, so‘nggi yillarda ilm-fan va innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Jumladan, 2018-2021-yillarda ilmiy-innovatsion faoliyat sohasida 2 ta qonunPrezidentning 5 ta Farmoni va 26 ta qaroriVazirlar Mahkamasining 35 ta qarori va 7 ta farmoyishi qabul qilindi.
Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha erishilgan yutuqlarga qaramay, hali hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, bugungi kunda globallashuv va raqamlashtirish davrida aynan innovatsion yondashuv mamlakat muvaffaqiyatiga zamin yaratadi. Bunday yondashuvni faqat ilm-fan yutuqlari tufayli qo‘llash mumkin, shuning uchun ilm-fan taraqqiyoti davlatning innovatsion rivojlanishining muhim tarkibiy qismidir.
Ilm-fan muammolari iqtisodiy o‘sishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga, ijtimoiy sohaning dolzarb muammolarini hal qilishga bevosita ta’sir qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi PF–6097-son Farmoni bilan tasdiqlangan Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilm-fanni rivojlantirish yo‘lidagi 19 ta muammo alohida belgilandi. Iqtisodiyot real sektori korxonalarining ilm-fanga e’tibori yuqori emasligi, ilmiy-tadqiqot o‘tkazadigan jamoalar o‘rtacha yoshining kattaligi, ilm-fan va ilmiy faoliyatga moliyaviy resurlarning yetarli darajada yo‘naltirilmayotgani shular jumlasidandir. Ushbu muammolarni hal qilish muhim bo‘lib, har tomonlama va chuqur o‘ylangan choralar ko‘rishni talab qiladi.


Yüklə 48,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin