Ilm va fan nashr


Tomonlarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 17,26 Kb.
səhifə2/3
tarix03.03.2023
ölçüsü17,26 Kb.
#86512
1   2   3
ISBN-C-44708

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. “Buyurtmachi” tomonidan shartnomaning 2.1. bandi bajarilmagan holda “Bajaruvchi” ushbu shartnomani bekor qilish huquqiga ega.


4.2. “Buyurtmachi” tomonidan shartnomaning 2.2. bandi bajarilmagan holda kechiktirilgan har bir kun uchun to'lanmagan summaning 0,4 % miqdorida jarima to'laydi. Umumiy jarima summasi shartnoma umumiy summasining 50 % idan oshmasligi shart.
4.3. “Bajaruvchi” tomonidan shartnomaning 3.1. bandi bajarilmagan, kechiktirilgan har bir kun uchun shartnoma umumiy summasining 0,4 % miqdorida jarima to'laydi. Umumiy jarima summasi shartnoma umumiy summasining 50 % idan oshmasligi shart.
4.4. Tomonlar mazkur shartnomani tuzish va ijrosi davomida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida ish yuritadilar.


5. Fors-major

5.1. Agar shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik yengib bo'lmas kuch oqibatida (“fors-major” holatlarida), shartnoma tuzilgandan so'ng yuzaga kelgan favqulodda hodisalar natijasida (tabiiy ofatlar, hukumat qarorlari v.x.) vujudga kelgan bo'lsa, Tomonlar shartnoma bo'yicha majburiyatlari qisman yoki to'liq bajarilmagani uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.




6. Qo'shimcha shartlar

6.1. Nizolar tomonlarning o'zaro muzokaralari orqali, o'zaro muzokaralar orqali hal etilmagan holatda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida hal etiladi.




7. Shartnomaning amal qilish muddati

7.1. Shartnoma imzolagan kundan boshlab qonuniy kuchga kiradi va 2023 yil “31” dekabrgacha amal qiladi.


7.2. Shartnoma ikki nusxada tuzildi va har bir tomonda bittadan saqlanadi.



Yüklə 17,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin