ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
81
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING SHAKLLARI, TURLARI VA USULLARI
Ochilova Zilola Joxan qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti
Moliyaviy-huquqiy monitoring fakulteti Magistranti
ochilovazilola13@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10223957
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar
moliyaviy nazorat organlari faoliyatini ham takomillashtirishni taqozo etmoqda. Davlat
boshqaruvi va moliyaviy tizimining samarali nazorati bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir.
Moliyaviy nazorat davlatning iqtisodiy ko‘rsatgichlarini o‘sishida muhim o‘ringa ega
hisoblanadi. Moliyaviy nazoratni samarali tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun nazorat ostiga olingan moliyaviy nazorat obyektiga mos bo‘lgan moliyaviy nazoratning
shakllaridan, usullaridan va turlaridan foydalanish lozim.
A.V. Vahobov, T.S. Malikovlar amalga oshirish reglamentiga ko‘ra: majburiy (tashqi) va
tashabbuskorli (ichki) turlarga bo‘ladilar. Majburiy moliyaviy
nazorat jismoniy va yuridik
shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan mustaqil nazoratchilar tomonidan qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy tarzda soliqlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri
to‘lanayotganligini, budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanayotganligi, korxona
va tashkilotlarning buxgalteriya va boshqa hisobotlari ustidan asosan auditorlik firmalari
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi.
Tashabbuskorli moliyaviy nazorat esa moliyaviy nazorat sohasidagi qonunchilik hujjatlarida
belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa-da, strategik hamda taktik maqsadlarga
erishish va moliyaviy
boshqaruvni samarali tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan moliyaviy nazorat turidir.
Shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, moliyaviy nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik
hujjatlarida, ya’ni Budjet kodeksida moliyaviy nazoratning usullari sifatida taftish, tekshirish
(budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilish
hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish
shaklida
1
amalga
oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Davlat moliyaviy nazoratining ushbu shakllarining tahliliga ham qisqacha to‘xtalib ketadigan
bo‘lsak, tekshirish – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik
hujjatlariga ularning qanchalik rioya qilayotganligini va qonunchilik hujjatlarini
bajarayotganini nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir martalik nazorat qilishidir. Moliyaviy
nazorat shakli sifatida taftish moliyaviy nazoratninf muhim ahamiyatli shakli bo‘lib, o‘zining
maqsadi va obyektlari hamda moliyaviy nazoratni samarali ta’minlay olishi jihatidan eng
muhim nazorat shakli deyishimiz mumkin. Taftish – nazorat qiluvchi organ tomonidan taftish
qilinayotgan moliyaviy nazorat subyektining xo‘jalik operatsiyalarining
qonuniyligini va
asosliligini, ushbu subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika,
bank hamda boshqa
hujjatalrini, hisobotlarini o‘rganish, ularda aks ettirilganlarni tekshirish va taqqoslashdan
iborat bo‘lgan moliyaviy nazorat harakatlari majmuidir. Tekshirish va taftishni
qiyoslaydigann bo‘lsak, biri nazoratning torroq ko‘rinishi bo‘lsa,
ikkinchisi nazoratning
kengroq olib borilishini anglatuvchi tushunchadir.
Moliyaviy nazoratning shakllarini ko‘rib chiqishdan oldin, bu tushunchaning o‘ziga ta’rif berib
o‘tsak. Moliyaviy nazoratning shakllari – nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga
1
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 173-modda.