ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si
76
marketingning tarkibiy elementlarida uz aksini topadi, ya’ni «Marketing – Miks» dasturi
tarzida: boshqacha qilib aytganda turt «P»., ingl. «R» tovar, baho, manzil va tovarlarni talabga
moslashtirish bo’yicha kelgusi amaliy tadbirlarda oydinlashtiriladi. Demak, marketing
faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim kurol sifatida
shakllanadi.
Marketing axborot tizimi (MAT) – insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan
tashkil topib, muhim vat ugri axborotni tuplash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida
marketing sohasida qaror kabul kiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi.
Marketing axborot tizimi o’zaro mushtarak, boglangan elumentlar va munosabatlar majmuini
tashkil etadi.
Marketing axborot tizimi marketingli rejalashtirishning takomillashtirish, marketing
tadbirlarini amalga oshirish va tadbirlar ijrosi ustidan nazorat maqsadlarida foydalanish
yuzasidan aniq qarorlar kabul qilish uchun zamonda axborotlarni to’plash, qayta ishlash,
tahlil qilish, baholash va tarkatish yuzasidan uzluksiz va o’zaro bog’liq kishilar, asbob-
uskunalar va jarayonlar yig’indisidir.
Marketingni boshqarish ishini amalga oshirishda bizning bilimlarimizni kupaytiradigan
ma’lumot va axborotlarning barcha turlari axborotga kiradi. Bular yangi mashinalar, yangi
texnologik jarayonlar ishlab chiqarishni tashkil qilish, tovarlarni sotish, raqobatdoshlar,
ularning holati, kelajagi va xokazolar to’g’risidagi axborotlardir. Har bir korxona, tashkilot
yoki marketing bo’limi guruhligidan qat’iy nazar axborotning statistika, operativ reja –
iqtisodiy, buxgalteriya axborotlarini, moliyaviy axborot, moddiy texnika ta’minotiga oid
axborot, kadrlarga oid axborot, texnologiya, konstruktorlik, spravka kabi turlari bo’ladi.
Axborotlarni olish manbalariga kura ichki va tashki axborotga bulish mumkin.